Reja; 1 Hamshiralik ishi faniga kirish



Yüklə 283 Kb.
səhifə47/57
tarix10.03.2023
ölçüsü283 Kb.
#87299
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   57
Reja; 1 Hamshiralik ishi faniga kirish (2)

«Baxt», «baxtli hayot» tushunchasi sog‘lomlik tushunchasidan ajralmasdir. Sog‘liq yaxshi bo‘lmasa, to‘liq baxtning bo‘lishi mumkin emas.
Tibbiyot xodimlarining xulq-atvori, axloqi muammolarini ko‘rib chiqish vaqtida asosiy va umumiy masalalarni alohida ajratib ko‘rsatish muhim, tibbiyot xodimi qayerda ishlashidan qat’i nazar, bu masala- larga amal qilishi, shuningdek, poliklinika (dispanser) yoki kasalxonaning o‘ziga xos shart-sharoitlariga muvofiq ravishda xususiy masalalarga ham rioya qilishi zarur.
Umumiy masalalardan shartli ravishda ikkitasini ajratib ko‘rsatish mumkin:

  • ichki madaniyat qoidalariga — mehnatga to‘g‘ri munosabat, inti- zomga, jamoat mulkiga ehtiyotkorlik bilan qarash, bamaslahat ish ko‘rish va hamjihatlik tuyg‘ulari kiradi;

  • tashqi xulq-atvor qoidalari — odob, xushmuomalalik va tegishli tashqi ko‘rinish qoidalariga rioya qilishdan iborat (tozalik, o‘z badani, kiyim-boshlari, poyabzalining tozaligi, ortiqcha bezaklar va pardoz- ning bo‘lmasligi, oq xalat, qalpoq yoki peshonabog‘i va boshqalarning bo‘lishi). Tashqi madaniyat qoidalariga hamkasblar, bemorlar o‘rtasida o‘zini tuta bilishi, vazifaga hamda shart-sharoitga qarab suhbat olib borishni bilishi va hokazolar kiradi.

Odob-axloq qoidalari tibbiyotning ko‘p asrlik tarixi davomida ishlab chiqilgan. Jamiyatimizning asosiy birligi mehnat jamoasidir. Jamoadagi barcha a’zolarning jipsligi, o‘zaro do‘stona munosabatlari, har bir kishining mehnatini hurmat qilish, sof oshkora tanqid muayyan «ruhiy iqlim»ni vujudga keltiradi, ish sifatiga yaxshi ta’sir ko‘rsatadi.
Tibbiyot hamshirasi aholi orasida va DPM larda ish olib borar ekan, o‘zida axloqiy, estetik va intellektual belgilarni shakllantira olishi va ana shu belgilar egasi sifatida obro‘-e’tibor topishga va xalq olqishiga sazovor bo‘lishga harakat qilishi zarur.
Hamshiraning axloqiy belgilariga bosiqlik, chidamlilik, rostgo‘ylik, noziklik, xushmuomalalik, ochiq ko‘ngillilik, yoqimtoylik va mehribonlik kabi belgilarni kiritish mumkin.

Yüklə 283 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin