Reja; 1 Hamshiralik ishi faniga kirish


Bemorlarni ko‘zdan kcchirish



Yüklə 283 Kb.
səhifə45/57
tarix10.03.2023
ölçüsü283 Kb.
#87299
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   57
Reja; 1 Hamshiralik ishi faniga kirish (2)

Bemorlarni ko‘zdan kcchirish. Bemorni ko‘zdan kechirish bemor­ning umumiy ahvoliga e’tibor berishdan boshlanadi. Me’da va o‘n ikki barmoq ichak yara kasalligi, me’da rakida bemor ozib ketayotgani, qon ketishi, rangi oqarganligi aniqlanadi. Ovqat hazm qilish a’zolari kasalliklarida tilni tekshirish muhim ahamiyatga ega. Surunkali gastrit kasalligida til usti karash bilan qoplangan bo‘ladi. Jigar kasalliklarida. til malina rangida bo‘ladi. Qorin sohasini ko‘zdan kechirishda uning shakli va katta-kichikligi e’tiborga olinadi.
Palpatsiyada qorin sohasi yuza va chuqur holatda tekshirib chiqiladi. Yuza palpatsiya qorin devori muskullari, chuqur pal’pasiya esa ichaklar, o‘t pufagi, jigar holatini aniqlashga yordam beradi. Pal’pasiyada og‘riq, ichak qisqarishlari va jigar hajmi aniqlanadi.
Perkussiya yordamida hazm a’zolari chegarasi tekshiriladi. Bu usulda jigar va taloq, o‘pka va yurak chegaralari, qorin bo‘shlig‘ida to‘plana-

digan suyukdik va gaz, yuza joylashgan o‘smalar bor-yo‘qligi aniq- lanadi. Hazm a’zolari chegarasini tekshirishda timpanik tovushli joydan a’zo tomonga qarab sekinlik bilan urib chiqiladi. Hazm a’zolari chegarasida tovush pasayadi.
Auskultatsiya usuli hazm a’zolari kasalliklarida qisman, ya’ni me’da chegarasini aniqlashda, ichak peristaltikasini eshitishda qo‘llaniladi.
Hazm a’zolari kasalliklarini laboratoriyada tekshirish. Laborato- riyada me’da shirasi, o‘n ikki barmoq ichak shirasi va o‘t suyuqligi, qusuq massalari, axlat (najas) tekshiriladi. Me’da shirasi zondli va zondsiz usulda tekshiriladi. Zondli usulda ingichka va yo‘g‘on zondlar ishlatiladi.
Asbob-uskunalar yordamida tekshirish. Bunda rentgenoskopiya, rentgenografiya, xolesistografiya, kolonoskopiya, gastrofibroskopiya va boshqalar qo‘llaniladi.

Mavzu: Xamshiralik jarayoni va uning axamiyati.


REJA;
1 Hamshiralik etikasi va deontologiyasi.
2 Hamshiraning roli va vazifalari

«Etika» so‘zi yunoncha aethos so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, u yurish-turish, axloq degan ma’nolarni bildiradi.
Axloq deganda kishilarning bir-biriga munosabati, shuningdek, jamiyatga, davlatga, vatanga, oilaga va hokazolarga bo‘lgan munosabatini tartibga solib turadigan va shaxsiy e’tiqodi, an’analari, tarbiyasi hamda xulq-atvor normalari majmui tushuniladi.
Tibbiyot etikasining uzoq asrlardan bizgacha yetib kelgan dastlabki konsepsiyalari qadimgi hind kitobi «Ayuveda» («Hayot bilimi», «Hayot ilmi»)da qayd qilingan bo‘lib, unda shifokorga rahmdil, xayrixoh, adolatli, sabr-toqatli, og‘ir-bosiq bo‘lish va har qanday sharoitda ham o‘zini yo‘qotib qo‘ymaslik tavsiya etilgan. Shifokorning vazifasi kishilarning sihat-salomatligini yaxshilash to‘g‘risida doimo g‘amxo‘rlik qilishdan iborat. Tibbiyot xodimi qanday bo‘lmasin, bemorning hayoti va sog‘lig‘ini saqlab qolishi lozim.
Tibbiy axloq qadimgi Yunonistonda katta taraqqiyotga erishdi va Gippokrat (Buqrot) qasamyodida namoyon bo‘ldi. Gippokrat qasamyodi umuman tibbiy axloqning rivojlanishiga katta ta’sir ko‘rsatdi. Keyinchalik tibbiyot o‘quv yurtlarini bitirib chiqqan o‘quvchilar ham qasamyod qabul qila boshladilar, unga Buqrotning axloqiy nasihatlari asos qilib olingan.
Tibbiy axloqning asosiy vazifalari jamiyat va bemor kishi salomatligi yo‘lida halol mehnat qilish, hamisha va har qanday sharoitda ham tibbiy yordam ko‘rsatish, bemorga diqqat-e’tibor va g‘amxo‘rlik bilan munosabatda bo‘lish, o‘zining barcha xatti-harakatlarida yuksak insoniy qoidalarga rioya qilish, tibbiyot xodimining mas’uliyatini anglash, o‘z Vataniga, hukumatiga mehr-muhabbat va sadoqatni, internatsional burchga sodiqlikni tarbiyalash, yuksak insonparvar kasbning oliyjanob an’analarini saqlash hamda, tibbiyot xodimini mehnatsevarlik ruhida tarbiyalashning mavjud vositalarini umumlashtirish va yangilarini ishlab chiqishdan iboratdir.

Yüklə 283 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin