Reja; 1 Hamshiralik ishi faniga kirish



Yüklə 283 Kb.
səhifə48/57
tarix10.03.2023
ölçüsü283 Kb.
#87299
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   57
Reja; 1 Hamshiralik ishi faniga kirish (2)

Estetik belgilar esa hamshiradagi oddiylik, kamtarinlik, ochiq chehralik, shifoxonada yaxshi kayfiyat yarata olishlik deb qaraladi.
Albatta aholi bilan ish olib borish va davolash-diagnostika muola- jalari hamda parvarish ishlarini bajarish jarayonida hamshiraning intellektual belgilarining ahamiyati juda katta bo‘lib, bilimdonlik, kuzatuvchanlik, fahm-farosatlilik, o‘z kasbining ustasi (professionali) bo‘lishlik shular jumlasidandir.
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda tibbiyot hamshirasi faoliyatida turli tushunchalar muammosi paydo bo‘ladi. Ularning mohiyatini tushunish va tegishli xulosalar chiqarish bemorlar sog‘ayishiga katta hissa qo‘shadi.
Zamonaviy tibbiyot sohasida etika masalalari doirasi turli atamalar bilan belgilanmoqda: «shifokor etikasi», «tibbiyot etikasi», «tibbiyot deontologiyasi», «bioetika», «biotibbiyot etikasi». Bu atamalarning mohiyatini tushunish uchun ularning qisqacha tarixi bilan tanishish lozim. Eramizdan 1500 yil oldin qadimiy hind shifokorlari kasbiy qasamyod qabul qilishgan. Yevropa tibbiyotida hozirgacha o‘z kuchiga ega bo‘lib kelayotgan qadimiy yunon shifokori Gippokrat etikasi, ayniqsa, uning mashhur qasamyodi muhim ahamiyat kasb etadi. Gippokrat tibbiyot etikasining asosiy mutaxassislik yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:

  1. Hayotga hurmat.

  2. Bemorga zarar yetkazmaslik.

  3. Bemor shaxsini hurmatlash.

  4. Shifokor siri.

  5. Kasbga hurmat.

Mustaqil hamshiralik kasb etikasini yaratishida rus olimi N.I. Piro- govning o‘rni katta. Uning fikricha, hamshiraning asosiy vazifalaridan biri bemor parvarishini, kuzatuvini tashkil qilish, amalga oshirish va sog‘ayishiga ishontirish. Tibbiyot deontologiyasi - burch haqidagi ta’limot bo‘lib, tibbiyot etikasining bir qismini tashkil qiladi. Hozirgi vaqtda bu ikki atama - «tibbiyot etikasi» va «tibbiyot deontologiyasi» yonma-yon qo‘llaniladi. Bioetika - zamonaviy tibbiyotning muammoli masalalarini yetik yo‘nalishda o‘rganib, bular quyidagi tushunchalarni tashkil qiladi:
sun’iy urug‘lantirish, abort, sterilizatsiya (urug‘sizlantirish), inson o‘limining yangi tushunchasi (miya o‘limi), evtanaziya (oson, yengil o‘lim), a’zolarning transplantatsiyasi (biror a’zoni bir odamdan ikkinchi odamga ko‘chirib o‘tkazish), tibbiy genetik maslahat va boshqalar.
Bioetik tekshiruvlarda tibbiyot xodimlaridan tashqari faylasuflar, huquqshunoslar va boshqa kasb egalari ishtirok etadilar. Bioetika - zamonaviy ilmiy tekshirishlarning fanlararo bog‘langan sohasidir. Bioetika bu zamonaviy tibbiyotda inson muammolari va huquqlarini o‘rganuvchi fandir. Insonlar huquqini kafolatlash faqat nazariy masala bo‘libgina qolmay, amaliy hamdir. Bioetikaning rivojlanishida ko‘pgina maxsus davlat korxonalari ham ishtirok etmoqda. Ular zamonaviy tibbiyot sharoitida insonlar huquqini himoyalashni kafolatlaydi. Biotibbiyot etikasining asosiy yo‘nalishlari quyida­gilardan iborat:

Tibbiyot xodimlari va bemorlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar
Hozirgi zamon biotibbiyot etikasi negizida bemor va tibbiy xodim- lar o‘zaro munosabatlarining bir qancha modellari aniqlangan.

  1. Paternalistik modeli bu tibbiyot xodimining bemorga ota o‘z farzandiga kabi munosabatda bo‘lishidir.

  2. Injenerlik modeli — bunda shifokor yoki hamshira o‘z bemori organizmidagi ma’lum faoliyatlarni aniqlab, qayta tiklashga yoki qiyinchiliklarni bartaraf etishga yordam berishidir.

  3. Kontrakt modeli bu tibbiyot xodimi va bemor orasida to‘liq munosabat hosil bo‘lishidir. Umumiy maqsadga intilgan holda shifokor va hamshira bemorning «o‘rtog‘i» bo‘lib qoladilar. Albatta, bu modelning ham ijobiy, ham qarama-qarshi tomonlari bor.

Masalan, ma’lum surunkali kechuvchi kasalliklar bilan shikastlangan bemorlar o‘z ahvoliga baho bera olishlari kerak (bosim darajasi, qonda, siydikda qand miqdori va shu bilan birgalikda huruj paytida o‘zlariga yordam olishda tayyor bo‘lishlari lozim).
Kasbiy sir
Gippokrat qasamyodiga binoan tibbiy xodim bemor ishongan sirni saqlamog‘i lozim. O‘rta asrda yashab ijod qilgan buyuk sharq tabibi Abu Ali ibn Sino: «Barcha so‘rab-surishtiruvchilardan siring saqla, siring sening asirang, agar sen uni saqlay olsang va sen uning asirisan, agar u fosh bo‘lsa», degan edi.
Kasbiy sir etik nuqtayi nazardan birinchidan: bemorga nisbatan hurmat, insoniy fazilatlarini ulug‘lash, qonuniy huquqlarini himoya- lash; ikkinchidan: hayot faoliyati davomida o‘zgalarga zarar yetkaz- maslik va bemor tuzalishida muvaffaqiyatlarga erishish hisoblanadi. Agar tibbiy xodim kasbiy sirni saqlay olsa, bemorning soglig‘iga naf keltirish mumkin. Baxtga qarshi kasbiy sirni saqlay bilmaslik tibbiy xodimlar faoliyatida ko‘p uchraydi. Buning oldini olish maqsadida o‘zaro munosabatga, kasbiy sirni saqlay bilishlikka o‘rgatish lozim. Kasbiy sirni saqlash muammosi etik muammo bo‘libgina qolmay, huquqiy hamdir.

Yüklə 283 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin