Reja: Adabiy janrlar xaqida ma'lumot


Ertakni o'qish metodikasi



Yüklə 151,5 Kb.
səhifə2/11
tarix21.05.2023
ölçüsü151,5 Kb.
#118494
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Muztazod janrining o\'ziga xos xususiyatlarini o\'rganish

Ertakni o'qish metodikasi. Xalq og'zaki ijodida ertak janrining bolalar tomonidan yaxshi qabul qilinib, qiziqib o'qilishining sabablaridan biri ertak tilining ta'sirchanligi, o'tkirligi, ma'nodorligi va xalq tiliga yaqinligidir. Ertaklarning ko'pchiligida real hayot tasviri sarguzasht elementlar bilan qo'shilib ketadi.
Ertakning o'tkir, maroqli sujeti, voqea rivojidagi favqulodda ajoyib vaziyat bolalarni maftun qiladi, undagi mard, kuchli, topqir, dovyurak, chaqqon qahramonlar, ertakning g'oyaviy yo'nalishi, unda ezgulik kuchining — yaxshilikning doimo g'alaba qilishi bolalarni o'ziga tortadi. Ertakda qabul qilingan hikoya qilish shakli bir xil so'z va iboralarning qayta-qayta takrorlanib turishi, ohangdorligi, tilining ta'sirchanligi, ifoda vositalariningjonliligi, bolalar uchunjuda qiziqarliligidir. Ertakda qatnashuvchilar ko'pincha rahmdil, saxiy, adolatli hamda ularning aksi bo'lgan yovuz, baxil, ochko'z kishilar timsoli boiadi.
Ertakning pedagogik qiymati shundan iboratki, o'quvchilar unda to'g'rilik, halollik g'alaba qilganidan, kambag'al kishilar qiyinchilikdan qutilganidan, ya'ni yaxshilik, ezgulik ro'yobga chiqqanidan va yomonlik, yovuzlik mahkumlikka uchraganidan quvonadilar. Ular hayotda ham doimo shunday bo'lishini istaydilar. Masalan, „Halol­lik" ertagida (3-sinf) asosiy fikr kambag'allarga yordam ko'rsatish, o'z mehnati bilan hayot kechirish bo'lib, bu hatto butun xalq istagi ekanligi g'oyasi ilgari surilgan bo'lsa, “Hiylagarning jazosi" ertagida (4-sinf) soddadilning to'g'riligi hiylagarning makri ustidan g'olib kelishi, xiyonat jazosiz qolmasligi g'oyasi ilgari surilgan. Har ikki ertak ham to'g'riso'zlilikning g'alabasi bilan yakunlanadi. Bunday g'alaba maishiy ertaklardan tashqari, sehrli ertaklarda ham ifodalangan.
Ertak bolalarda qahramonlarning xatti-harakatini muhokama qilib, baholash ko'nikmasini o'stirishi bilan birga yaxshilikning doimo g'alaba qozonishiga ishonch uyg'otadi. O'quvchilar ertakiii tahlil qilish jarayonida „ Kishilardagi qanday sifatlar sizga yoqdi? (yoki yoqmadi?)", “Nima uchun?", nima uchun jazolandi? (yoki rag'batlantirildi?)", “Nima uchun ertakdagi ba'zi qahramonlarga hatto tabiat kuchlari ham yordain beradi? (yoki ba'zilaridan yuz o'giradi?)" kabi savollarga javob topish jarayonida mushohada qiladilar, muhokama qilib, xulosaga keladilar.
Boshlang'ich sinflarda hayvonlar haqidagi ertaklar ko'proq o'qitiladi. ,,Bo`rining tabib bo'lgani haqida ertak" (Anvar Obidjon), ,,Ko'zacha bilan tulki" kabi ertaklar aniq hayotiy hikoyalar tarzida o'qitiiadi va tahlil qilinadi.
Ertak matni ustida ishlashda tanlab o'qish, savollarga javob berish, o'quvchilarning o'zlari ertak mazmuniga oid savollar tuzib, javob berishlari, reja tuzish, qayta hikoyalash, ijodiy davom ettirish, ertak aytish, qahramonlarni grafik tasvirlash kabi ish turlaridan foydalaniladi. Bunday ertaklarda hayvoniarning odatlari tahlil qilinadi, ammo ularni kishilar xarakteriga taqqoslash tavsiya qilinmaydi.
Maktab tajribasidan ma'lumki, kichik yoshdagi o'quvchilar ertakdagi hayvonlar gapirmasligini, tulki va turna bir-birinikiga mehmonga bormasligini yaxshi biladilar, ammo ertaklar dunyosini hayotiy hikoya kabi qabul qiladilar. Ertakni o'qib tahlil qilganda, barcha ishlar uning mazmunini yaxshi idrok etishga, sujet rivojini, qatnashuvchi personajlarning xatti-harakati, o'zaro munosabatlarini to'g'ri tasavvur etishga yo'naltiriladi. Bunda tanlab o'qish va qayta hikoyalashning ahamiyati katta. Masalan, “Odobli bo'lish osonmi?" (A. Obidjon) ertagining mazmunini o'zlashtirish uchun quyidagi topshiriqlardan foydalanish mumkin:

  1. Sichqonchaning onasi bilan qilgan suhbatini o'qing. Sichqon-
    chaning ,,Odobli bo'lish uchun nimalar qilish kerak?" degan savoliga
    onasi qanday javob qaytarganligini so'zlab bering.

  2. Sichqonchaning Mushuk bilan uchrashgan holati aks ettirilgan
    o'rinni topib o'qing. Nima uchun ,,Shum Baroq" ko'zidagi yovuzlik
    birdaniga so'nadi?

  3. Ecliki nima uchun Sichqonchani ,,Kam bo'lma" deb duo qiladi?
    Shu o'rinni topib o'qing.

Ertakni tahlil qiiishning oxirgi bosqichida ,,Ertakning sizga juda yoqqan joyini topib o'qing", ,,Nima uchun aynan shu joyi yoqqanini ayting", ,,Hayotingizda ertakdagi voqealarga o'xshash voqealar bo'lganmi?" kabi savol-topshiriqlar yordamida o'quvchilarning ertak xulosasini tushunislilariga erishiladi.
Boshlang'ich sinf o'quvchilari hayvonlar haqidagi ertaklardan tashqari, ,,Davlat", ,,Ilm afzal", ,,Hiylagamingjazosi", ,,Hunarsiz kishi o'limga yaqin"kabi maishiy ertaklarni ham o'qiydilar. Bunday ertaklarda xalq o'z hayotini hikoya qiladi, shu sababli o'quvchilar ertakni o'qigach, o'tmishdagi xalq hayotini, o'y-fikrlari va orzu-istaklarini bilib oladilar.
Bunday ertaklarni tahlil qilish badiiy hikoya tarzida uyushtiriladi. Bolalar o'qituvchi rahbarligida ertakda qatnashuvchilarning hulq-atvori, ayrim xatti-harakatlarini baholaydilar, ularning bir-birlariga bo'lgan munosabatlarini aytadilar va shular asosida ayrim obrazlar haqida xulosalar chiqaradilar, ertak rejasini tuzadilar, ertakni rollarga bo'lib o'qiydilar.

Yüklə 151,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin