Reja: Adabiy janrlar xaqida ma'lumot



Yüklə 151,5 Kb.
səhifə3/11
tarix21.05.2023
ölçüsü151,5 Kb.
#118494
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Muztazod janrining o\'ziga xos xususiyatlarini o\'rganish

,,Davlat" ertagi (4-sinf) oddiy turmushga tegishli hodisalarni tasvirlovchi ertakdir. Ertakni o'qishga tayyorlash uchun ota-bobolarimiz atrofimizdagi tabiatni, borliqni qanday tasavvur etishlari haqida suhbat o'tkaziladi. Bunday suhbat ertakdagi badiiy obrazlarni, ularning o'zaro munosabatlarini, xulq-atvorlari, xarakterlarini to'g'ri tushunishga yordam beradi. „Davlat" ertagi matni ustida ishlash jarayonida o'quvchilar ,,Dehqonning xonadoni qanday hayot kechirar ekan?", ,,Nima uchun Davlat dehqonning xonadonidan ketishni istamaydi?" kabi savollarga javob topish orqali ertak qahramonlarini baholaydilar, ahil va inoq bo'lib, halol mehnat qilish lozim degan xulosaga keladilar.
Ertak ustida ishlashda bolalarni ertakni o'qishgagina emas, balki uni aytib berishga o'rgatish ham muhimdir. Ertak aytish og'zaki nutqni o'stiradi, bolalar nutqini yangi so'z va iboralar bilan boyitadi.
O'quvchilarni 1-sinfdayoq ertak tilidan erkin foydalanishga o'r­gatish uchun ertak bilan birinchi tanishtirishda uni o'qituvchi aytib berishi mumkin.
O'quvchi ertak mazmunini o'zlashtirib olgandan so'ng, lining tili ustida ishlashga alohida ahamiyat qaratilishi zarur. Ertak mazmunini qayta hikoyalashda, qahramonlarga tavsif berishda o'quvchilarning o'z nutqida til vositalaridan o'rinli foydalanish talab qilinadi. Til vositalaridan foydalanish uchun talab va vaziyat, ehtiyoj yaratish zarur.
Ertak tilida shunday so'z va iboralar borki, ular bolaga o'zgacha ta'sir ko'rsatadi. Masalan, ,,Yo'lbars, Tulki va Bo'ri" ertagida ,,Tog' echkisi siz ulug'imizniki bo'lsin", ,,Quyon siz podshohimizning ertalabki nonushtangiz bo'lsin", ,,Kiyik kechqurungi taomingiz, qo'y kunduzgi xo'ragingiz bo'lsin" kabi gaplar tarkibidagi ajratib ko'rsatilgan so'zlarga o'quvchilar diqqati qaratilib, ertakni so'zlab berayotganda ulardan nutqda foydalanishlariga erishish zarur.
Ertaklarda keltirilgan maqol'ar ustida ishlash, ularda ilgari surilayotgan g'oyalarni bolalar ongiga yetkazish, yod oldirish yo'li bilan bog'lanislili nutqni o'stirish, nutqning ta'sirchanligini oshirish lozim. Masalan, ,,Rostgo'y tola" (1-sinf) ertagida bola o'z rostgo'yligi bilan podshoga ma'qul bo'lganligi hikoya qilingan. Ertak g'oyasiga mos xulosa esa ,,Boshingga qilich kelsa ham to'g'ri gapir" maqoli bilan ifodalangan. O'quvchilar ushbu maqol mazmunini tushunib olishsa, o'zlari ham ynqoridagi kabi ertak tuzib, hikoya qilib berishlari mumkin.
So'z ma'nolari ustida ishlashda boshlang'ich sinf o'quvchiiariga mos bo'lgan usullardan biri rasmdan foydalanishdir. Masalan, 2-sinfda ,,Ko'ngilchan o'tinchi" ertagida qayin, eman, shumtol, zarang, zirk, tog'terak, qarag'ay, qayrag'och, chinor kabi daraxt nomlari keltirilgan. Ularni bola ko'z oldiga keltira ohnaydi, Ertakni o'qishdan oldin shu daraxt rasmlarini ko'rsatib, lining o'ziga xos xususiyatlarini izohlash va nomlarini aytish lozim. Shundan so'ng didaktik o'yin o'tkaziladi. Bunda daraxt rasmlari bolalarga bo'lib beriladi. Har bir o'quvchi o'ziga berilgan rasmdagi daraxtning nomini aytishi va ertakdagi shu daraxtning so'zini o'z so'zlari bilan aytib berishi kerak bo'ladi.
Shu ertakni o'qib, mazmuni bilan tanishtirilgach, o'quvchilardan shaylcmib, ro'parasida, sharbat, xayrli ish, xivchin, muhayyo so'zlarining ma'nosi so'raladi. Javoblar to'ldiriladi, umumiashtiriladi.
Ertak matni bilan ishlash jarayonida unda qo'llangan badiiy vositalar: jonlantirish, metafora, mubolag'alar ustida ishlash ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Yuqoridagi barcha fikrlarni hisobga olganda, ertakni o'rganish darslarining qurilishi quyidagicha bo'lishi mumkin:
1. Ertak bilan tanishtirish:
a) o'quvchilarni ertakni idrok etishga tayyorlash;
b) o'qituvchining ertakni ifodali o'qishi, yod aytib berishi va hokazo.

  1. Ertakni o'quvchilar qay darajada idrok etganiiklarini aniqiash
    maqsadida qisqacha suhbat o'tkazish;

  2. Ertakni qismlarga bo'lib o'qish va tahlil qilish; undagi ayrim
    tasviriy vositalar, ma'nodosh so'zlarni topish, lug'at ishi (ayrim so'zlar
    ma' nosini tushuntirish);

  1. Ertakni aytib berishga tayyorlanish (ichda o'qish);

  2. Ertakni so'zlab berish;

  3. Umumlashtiruvchi suhbat (ertak g'oyasini ochish);

  1. Ma'lum topshiriq asosida ertakni qayta o'qish (ijodiy va mustaqil
    ishlar);

  1. Vazifani tekshirish va yakunlash;

  2. Uyda ertakni o'qib (yoki aytib) berishga tayyorlanish.

Hikoyani o'qish metodikasi. Hikoya kichik hajmli badiiy asar bo'iib, unda kishi hayotidagi ma'lum bir voqea, hayotning muhim tomoniari umumlashtirib tasvirlanadi.
,,Hikoya ko'pincha kishi hayotida bo'lgan bir epizodni tasvir etadi. Uning mazmuni ertakdagidan ortiqroq hayotiydir"1.
Hikoya mazmunan boshlang'ich sinf o'quvchilari uchun mos janr hisoblanadi. Kichik yoshdagi o'quvchilarni qahramonlarning xattiharakati, tashqi ko'rinishi,
portret tasviri, voqea-hodisalar haqidagi hikoyalar ko'proq qiziqtiradi. Shuning uchun bolalarni hikoya bilan tanishtirish uning sujetini tushuntirishga bog'lab olib boriladi.
Boshlang'ich sinflarda hikoyani o'qishga bag'ishlangan izohli o'qish darslarida o'qilgan hikoya mazmunini ochish, lug'at ustida ishlash, o'qilgan matnni qayta hikoyalash kabilar asosiy ish turlaridan hisoblanadi. Hikoya mazmuni odatda savollar asosida tahlil qilinadi. So'roqlardan ikki maqsadda: hikoya mazmunini tahlil qilish hamda dalillar, mulohazalar, xulosalarni taqqoslash, voqea-hodisalar, xatti-harakat o'rtasidagi bog'lanishlarni aniqlash va umumlashtirish uchun foydalaniladi.
Hikoyani o'qish darsida o'quvchilar tushunmaydigan so'z va iboralar ma'nosini tushuntirish ham muhim, aks holda ular hikoya mazmunini tushuna olmaydilar.
Hikoyani o'qishda uning mazmunini tahlil qilish va shu asosda o'quvchilar nutqini o'stirish markaziy o'rin egallaydi. Hikoya o'qib bo'lingach, o'quvchilar o'ylashi, o'z mulohazalarini aytishi uchun tayyorlanishga vaqt berish kerak. O'qilgan
asar yuzasidan beriladigan dastlabki savollardan maqsad hikoya bolalarga yoqqan-yoqmaganligi, undagi qaysi qahramonning xarakteri bolaga ta'sir etganini bilishdan iborat. Shundan keyingina hikoya sujeti, voqeaning yo'nalishini ochishga, personajlar xarakterini tushunishga, nihoyat, asarning asosiy g'oyasini bilib olishga yordam beradigan savollardan foydalaniladi.
Badiiy asarni tahlil qilishda sujetni to'liq tushuntirishga berilib ketib, qahramonlarga tavsif berish, asar qurilishi va tilini tahlil qilish kabi ish turlari e'tibordan chetda qolmasligi lozim.
Ertak janriga xos matnlar jozibadorligi bilan bolani o'ziga tortadi. Lekin hikoya janri ham hayotiyligi bilan o'ziga xos. Hikoyada voqealar tez rivojlanib boradi. Unda inson hayoti, u bilan bog'liq hayotiy lavhalar bayon etiladi. O'quvchilar qahramonlarning xarak­teri, ulardagi xususiyatlar bilan qiziqadilar. qiziqarli hikoyalar berilgan. Ular mavzu jihatdan xilma-xil boiib, qahramonlarining
xarakter-xususiyatlari bilan ham farq qiladi.
Masalan, 3-sinf ,,O'qish kitobi"dagi ,,Dadam qurgan dengiz" (Hakim Nazir), „Olma" (Malik Murodov), ,,Ilmli ming yashar" (Nurmat Maqsudiy), ,,Xazonchinak" (O'.Hoshimov), ,,Qo'shterak" (A. Irisov), ,,Mehnatkash qiz"(Oybek) va boshqa hikoya biror bir davr bilan bog'liq bo'ladi. O'quvchilar qahramonlarning ma'naviyatiga bo'lgan qiziqishlari tufayli hayotning nurli va qorong'i tomonlari xususida muayyan tushunchaga ega bo'la boshlaydilar. Ularda go'zallik va nafosatga muhabbat, yovuzlikka nisbatan nafrat tuyg'usi hikoyalar bilan tanishish va uni tahlil qilish davomida shakllanib boradi. Masalan, 3-sinfda ,,Jaloliddin Manguberdi'" hikoyasida Chingizxon va uning qo'shinlariga nisbatan nafrat uyg'otilsa, Jaloliddin Manguberdining xatti-harakati misolida ona-Vatanga mehr-muhabbat uyg'otiladi, uning taqdiri orqali o'z ajdodlaridan faxrlanish tuyg'usi paydo boiadi.
Hikoya tahlili adabiy tur sifatida o'ziga xos xususiyatlari va vazi-fasidan kelib chiqib ish ko'rishni taqozo etadi. Undagi har bir so'z, ibora, gap yozuvchining fikrini ifodalashga xizmat qiladi.
Hikoya matni uning mazmunini yoki badiiy xususiyatlarini o'rganishdagina emas, tahlilning ifodali, adabiy, shartli yoki ijodiy o'qish, muammoli usullardan foydalanish uchun ham manba bo'lishi lozim.
Boshlang'ich sinflarda hikoya sujeti, kompozitsiyasi, qahramonlarini o'rganish bo'yicha turli tahlillar matn ustida ishlash asosida olib boriladi. Bunda o'quvchining ijodiy faolligi ortadi, ijodiy fikrlash doirasi kengayadi.

Yüklə 151,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin