,,Jaloliddin Manguberdi" hikoyasi qahramonlarini, ularning xatti-harakatlarini o'rganish va tahlil qilishni matnga tayangan holda quyidagi reja asosida amalga oshirish mumkin:
Chingizxonning hiyla ishlatgan o'rnini matndan topish. Uning
o'quvchilarda qanday taassurot qoldirganligini aniqlash.
Jaloliddin Manguberdining Eron va Afg'onistonda mo'g'ullarga
qarshi kurashib, erishgan g'alabasi tasvirlangan o'rinni topib o'qish.
Lashkarboshilaning o'lja taqsimlashi oqibatida nima yuz berga-
nini aniqlash. Bu o'rinni matndan topish.
Jaloliddin Manguberdining jasorati yana qaysi o'rinda ko'rin-
ganini aniqlash.
Chingizxon Jaloliddin Manguberdiga nima uchun tan berganini
aytish.
Shundan so'ng o'quvchilar Jaloliddin Manguberdi haqida ongli fikr yuritadilar. Chingizxon bilan Jaloliddin Manguberdining xatti-harakatlarini taqqoslab, farqlaydilar.
Hikoya mazmunini o'zlashtirish bo'yicha matn asosida quyidagicha ishlar amalga oshiriladi:
Matn mazmuni yuzasidan o'qituvchi savollariga javob berish.
Hikoya matni asosidagi savol-topshiriqlarni bajarish.
Hikoya mazmuni yuzasidan o'quvchilarning savollar tuzishi.
Hikoya mazmuniga mos rasmlar chizish.
Hikoya matnini qismlarga bo'lish.
Har bir qismga sarlavha topish.
Hikoyaga reja tuzish.
Reja asosida qayta hikoyalash (to'liq, qisqartirib va ijodiy qayta
hikoyalash).
Reja asosida bayon yozish.
Tahlilda o'qilayotgan hikoya matnining tushunarliligi hal qiluvchi ahamiyatga ega. Tushunarlilikdeganda yozuvchi yaratgan badiiy olamning o'ziga xosligi, obrazli tasvirning o'quvchi hayotiy tajribasi, bilim darajasiga muvofiqligi nazarda tutiladi.
Hikoyani o'rganishda savollarni, odatda, o'qituvchi beradi, ammo asar mazmuni, qatnashuvchi shaxslarning xulq-atvorini ochish yuzasidan o'quvchilarga ham savol tuzdirish juda foydali. Bu usul bolalarga juda yoqadi va ishni jonlantiradi, asar mazmunini yaxshi tushunish, o'z fikrini izchil bayon qiiish malakasini egallash, mazmun va voqealar orasidagi bog'lanishni toliq esda saqlab qolishda o'quvchilarga yordam beradi.