Reja: Bolalar psixologiyasi fanining predmeti, maqsadi, vazifalari Bolalar psixologiyasi fanining boshqa fanlar bilan aloqasi. Bolalar psixologiyasi fanining metodlari. Bolalar psixologiyasi fanining predmeti, maqsadi, vazifalari


Ontogenez – bu organizmning individual rivojlanishidir



Yüklə 40,41 Kb.
səhifə2/3
tarix26.12.2023
ölçüsü40,41 Kb.
#198266
1   2   3
Bola psixologiyasini o\'rganishdagi ta\'limotlar

Ontogenez – bu organizmning individual rivojlanishidir.
Bolalar psixologiyasi bola psixikasining taraqqiyoti hamda shaxsiy xususiyatlarining yuzaga kelishiga ta’sir qiluvchi omillarni ham o‘rganadi.
Bugungi kunda bolalar psixologiyasi fanining oldida bir qancha muhim nazariy va amaliy vazifalari turadi, uning nazariy vazifalariga quyidagilar kiradi:

  1. Turli yoshdagi bolalarga xos bo‘lgan psixologik xususiyatlarni, ya’ni bolalarning idrokiga, sezgi-tuyg‘ulariga, diqqatiga va xotirasiga, nutqi va tafakkuriga, xayoliga, irodasiga xos xususiyatlarni o‘rganish;

  2. Bolaning psixik taraqqiyotiga faol ta’sir qiluvchi omillarni aniqlab berish;

  3. Turli yoshdagi bolalarning rivojlanishiga xos bo‘lgan qonuniyatlarni o‘rganish;

  4. Bola shaxsi va shaxsiga xos bo‘lgan psixologik xususiyatlarni o‘rganish;

  5. Bolani maktab ta’limiga tayyorlash;

  6. Maktabda muvaffaqiyatli o‘qish uchun bolaning aqliy jarayonlarini faollashtirish;

  7. Ta’lim jarayonida bolaning mustaqil, ijodiy, faol tafakkurini shakllantirish;

  8. Ta’lim-tarbiya jarayonida bolaning maxsus qobiliyatlarini shakllantirish;

  9. Ta’lim-tarbiya ishlarining psixologik mazmunini ochib berishdan iboratdir.

Uning amaliy vazifalariga turli yoshdagi bolalarning psixik taraqqiyoti xususiyatlariga doir bilimlarni tarbiyachilar, o‘qituvchilar, ota-onalar ya’ni jamoatchilar o‘rtasida keng yoyishdan iborat. Bolalar психологиясининг амалий vazifasi – bola ruhiy taraqqiyotiga, yoshlik xususiyatlari orasidagi farqlar va ularga individual munosabatda bo‘lish yo‘llariga oid, ruhiy taraqqiyot qonunlariga doir psixologik bilimlardan bahramand bo‘lishlarini ta’minlashdan iborat. Bunday vazifalarni amalga oshirish komil insonni shakllantirishda muhim rol o‘ynaydi.
Bolalar psixologiyasi fanining boshqa fanlar bilan aloqasi.
Bolalar psixologiyasi predmetining muhim tomonlaridan biri - turli yoshdagi bolalarda sezgi, idrok, diqqat, xotira, nutq, tafakkur, hissiyot, xayol va iroda kabi psixik jarayonlarining namoyon bo‘lishi, taraqqiy etishi hamda takomillashuvining qonuniyatlarini o‘rganishdan iboratdir. Bolalar psixologiyasi bola shaxsiy psixologik xususiyatlarini qanday tarkib toptirishni chuqur tahlil qiladi. Bunda bolalar psixologiyasini bolalar shaxsining tarkib topishiga faol ta’sir etuvchi omillar qiziqtiradi.
Ma’lumki, bola shaxsi va uning psixologik xususiyatlari qandaydir tasodifiy omillarning tartibsiz ta’sir etishi natijasida emas, balki muayyan aniq omilning qonuniy ta’sir etishida tarkib toptiradi. Ana shu muhim qonuniy tarzda ta’sir qiladigan omillarni ochish va isbotlash bilan bolalar psixologiyasi shug‘ullanadi.
Bolalar psixologiyasi o‘zining murakkab predmetini o‘rganishda falsafaga tayanadi. Ma’lumki, tabiat va jamiyatdagi narsa hamda hodisalar taraqqiyotining eng umumiy qonuniyatlarini o‘rganadi, hamda inson ongining ijtimoiy hayotga bog‘liqligini isbotlab beradi.
Tabiat va jamiyat taraqqiyotining umumiy qonuniyatlaridan xabardor bo‘lish bolalar psixologiyasiga bolalar psixik taraqqiyotini o‘rganishda va «tabiiy zot» bo‘lib tug‘ilgan bolaning inson ijtimoiy tajribasini egallab, shaxs bo‘lib yetishini o‘rganish to‘g‘ri yo‘l topishga yordam beradi.
Bolalar psixologiyasi o‘z predmetini o‘rganishda umumiy psixologiyaning inson psixikasi xaqida qo‘lga kiritilgan yutuqlariga asoslanadi. Masalan, umumiy psixologiyaning psixik jarayonlar, psixologik xolatlar, inson shaxsi va uning faoliyati xaqidagi ta’limotlardan to‘g‘ridan-to‘g‘ri foydalanadi. O‘z navbatida, umumiy psixik holat ham bolalar psixologiyasining yutuqlariga asoslanadi.
Bolalar psixologiyasi anatomiya va fiziologiya fanlari tomonidan qo‘lga kiritilgan yutuqlardan ham keng foydalanadi. Bunda bolalar psixologiyasi, xususan bolalar nerv sistemasi va oliy nerv faoliyatining ma’lumotlaridan foydalanadi. Bolalar nerv sistemasining normal taraqqiyoti va normal ishlashi bola psixikasi rivojlanishining muhim shartlaridandir. Shuning uchun psixolog mutaxassislar bola nerv sistemasining taraqqiyoti masalalari bilan bevosita tanish bo‘lishlari lozim.
Bolalar psixologiyasi pedagogika fani bilan xam yaqin alokadadir. Pedagogika fani yoshlarga ta’lim-tarbiya berish va ularni har tomonlama barkamol tarzda rivojlantirish haqidagi fandir. Bolalar psixologiyasi ta’lim-tarbiyaning maqsadi, yo‘l-yo‘riqlari va vazifalariga doir fikrlarni pedagogika fanidan oladi, hamda unga yaqindan yordam beradi.
Bolaning aqliy taraqqiyoti qonunlaridan xabardor bo‘lish turli yoshdagi bolalar bilan ta’lim-tarbiya ishlarini to‘g‘ri tashkil qilish imkoniyatini beradi.
Bolalar psixologiyasi bolalar gigiyenasi, bolalardagi kasalliklarni o‘rganuvchi pediatriya bilan ham bog‘liqdir. Bu fan bolalar psixologiyasi namoyondalariga bolalar psixik taraqqiyotining normal borayotganini chuqurroq bilish va normal taraqqiyotda burilish sabablarini aniqlash imkonini beradi. Bolalar psixologiyasi esa, o‘z navbatida, bolalarning normal psixik taraqqiyotini aniqlab berish bilan birga shifokorlarning bola psixologiyasini yanada yaxshiroq tushunib olishlariga yordam beradi.
Bolalar psixologiyasi bola shaxsi va shaxsiy psixologik xususiyatlarning tarkib topishini o‘rganishda (bir qator) bolalar adabiyotidan, xususan, avtobiografik asarlardan keng foydalanadi. Shunday qilib, bolalar psixologiyasi bolalarning murakkab psixik jarayonlari va shaxsiy psixologik xususiyatlarini o‘rganishda bir qator fanlarning qo‘lga kiritgan yutuqlaridan foydalanadi va ularga yordam beradi.

Yüklə 40,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin