Reja: Boshqaruv mehnati: ta’rifi, xususiyatlari, turlari


Kunning asosiy qismlarining qoidalari



Yüklə 40,73 Kb.
səhifə8/12
tarix07.01.2024
ölçüsü40,73 Kb.
#204224
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Boshqaruv mehnatini tashkil etish

Kunning asosiy qismlarining qoidalari:
1. Ishga va rejalashtirishga tayyorlanish yoʻli bilan oʻzingizning shaxsiy ish vaqtingizni tejang.
2. Vazifani bajarish uchun qulay muddatlarni belgilang, hamda muqobil variantlarni toping.
3.Toʻsatdan paydo boʻlgan shoshilinch muammolarni hal qilishga chalgʻimang. Har bir tashkilotda koʻzda tutilmagan vaziyatlar vujudga keladi, ammo ularga chalgʻib ketish rejalashtirilgan muhim vazifalarni ba’zi bir vaqtga chetga surib qoʻyishga va buning oqibatida, vaqt va mablagʻlarni qoʻshimcha sarflanishiga olib keladi.
4.Rejalashtirilmagan beixtiyor harakatlardan qoching. Agar siz ish vaqtida qandaydir boshqa narsani qilishni istab qolsangiz, masalan, kimgadir qoʻngʻiroq qilishni, bu narsa sizni joriy ishingizga halaqit beradimi yoki yoʻqmi, oʻylab koʻring. Agar vazifalarni bajarishda sizda shoʻ’baiqarli gʻoya yoki muhim axborot paydo boʻlsa, uni qisqacha yozib qoʻying va unga keyinroq murojaat qiling.
5. Muntazam ravishda (1 soat ishlagandan keyin) qisqacha (10 daqiqadan koʻp boʻlmagan) tanaffuslar kiling. Tanaffusga dam olish vaqtidagi energiyani toʻplash sifatida qarang.
6. Kichikroq bir turli vazifalarni ishchi bloklariga birlashtiring. Jarayonning uzliksizligi tufayli vaqt tejaladi.
7.Boshlangan ishni oxirigacha etkazishga harakat qiling. Asosiy ishdan chalgʻishga ancha vaqt sarflanadi, chunki unga qaytishda bir marta qilib boʻlganlarni yana takrorlashga toʻgʻri keladi.
8.Kutishlar va “boʻsh yurishlar”dan tashkil boʻlgan vaqtning rejalashtirilmagan oraliqlari, hamda tushlik tanaffus va ish kuni oxiridan oldingi soʻnggi daqiqalardan tayyorgarlik, rejaviy yoki qoʻldagi mashaqqatli faoliyat uchun foydalaning.
9.Davrga qarshi ishlang. Eng muhim rejalashtirilgan vazifalarni tinchroq tushlikkacha boʻlgan vaqtda, ya’ni boshqa xodimlarda faoliyat avjiga chiqqan va ishdagi keskinlik choʻqqiga etgan davrga qadar bajaring. Bunda “notinch” davrdan B-kotegoriyali vazifalarni bajarish uchun foydalaning.
10.Muhim ishlarni bajarish uchun sizga hech kim halaqit bera olmaydigan bir tinch yoki aniq soatni zaxira qilib qoldiring.
11.Oʻzingiz uchun vaqt (1 soat)ni belgilang, undan oʻzingizning kunlik rejangizga kiritilgan va uzoq muddatli xarakterga ega muhim, ammo shoshilinch boʻlmagan ishlar, masalan malakani oshirish uchun foydalaning.
12.Vaqt va rejalarni nazorat qiling, hamda oʻzingizning kunlik rejalaringizni ularni bajarilishi, yangi ustivorliklarni belgilanishi nuqtai nazaridan koʻp martalab qaytadan tekshiring.
Ish kuning yakunlash qoidalari :
    • 1. Ishning natijalarini nazorat qiling, ya’ni koʻplik rejada moʻljallanganni haqiqiy bajarilgan bilan qoʻyilgan maqsadlar va ulardan chetga chiqishlarni hisobga olish bilan solishtiring.
    • 2. Keyingi kunga rejani vaqt kundaligidan foydalanish bilan oldingi kuni kechqurun tuzing.
    • 3. Uyingizga yaxshi kayfiyat bilan joʻnang. Hayotning ijobiy tarzdagi ma’nosida har bir kun qanday sifat boylikka egaligini his qilish muhimdir.
    • Bu qoidalar kunlik rejani tuzish uchun ishga undovchi boʻlib xizmat qilishlari kerak.Yana shuni hisobga olish kerakki, odamning ishlash qobiliyati ma’lum oʻzgarishlarga moyildir.

Yüklə 40,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin