Kundalik maxsus papka – tez taqqichdan tashkil topadi, unga foydalanuvchining istagi boʻyicha maxsus varaqachalar, grafiklar, jadvallar va moliyaviy hisobatlar solib qoʻyilishi mumkin.Varaqachalarda yillik rejalar (uzok muddatli rejalar haftalar boʻyicha kiritilgan kataklarga ajratilgan setka) va barcha ishlar yarim saotgacha aniqlik bilan taqsimlangan kunlik rejalar mavjud boʻladi. Shunday qilib, kundalik dasturning har bir bandini kengroq vaqtli vazafalar bilan solishtirish mumkin. Avval tegishli kataklarni toʻldirish va kerakli ishlarning roʻyxatini tuzish uchun qat’iyat va intizom talab qilinadi. Ammo bu roʻyxatni tuzish, oldinda turgan vazifalar va faoliyat turlarini ranjirovkalash mehnatni tashkil qilishni yaxshilash va vaqtdan foydalanishni ratsionallashtirishga yordam beradi.

Vaqtning kundaligi shaxsiy ishchi kartotekasidan iborat boʻlib, unga alohida varaqlar tikilgan va u oʻzining koʻrgazmaliligi bilan qulaydir.U bir vaqtda stol kalendari, shaxsiy kundalik, yon daftarga, rajalashtirish va nazorat qilish quroli, manzillar roʻyxati, ma’lumotnoma va gʻoyalar kartotekasi boʻladi.
Vaqtning kundaligi - bu shaxsiy maqsadlarga erishish, vaqtdan samarali foydalanish uchun qoʻshimcha vositadir. Uning yordamida nafaqat barcha qisqa va uzoq muddatli vazifalar haqidagi, balki barcha rejalar va loyihalar haqidagi toʻliq tassavvurni olish mumkin.

Vaqtning kundaligi quyidagi tuzilishga ega. Kalendar qismida oylik, haftalik va kunlik rejalar uchun har xil ishchi daftarchalar joylashadi. Kunlik rejaga alohida ahamiyat beriladi: bir kunga bir varaq. Bu erda yana tegishli oylar va xaftalar boʻyicha mulohazalar uchun varaqlar ham boʻladi, ular muddatlarni boshqa davrlarga kuchirishni engillashtiradilar. Bu varaqlarni foydalangandan keyin tikish mumkin.
Yangi “kiruvchi” kundalik varaqlarda haftalik va oylik varaqlardan barcha muddatlar koʻrsatilishi kerak.Ularga tegishli varaqlardan sanalar-toʻlovlar, ta’tilga ketish kunlari, tugʻilgan kunlar, shu jumladan qoʻl ostidagilarniki ham koʻchiriladi. Shunday qilib, kundalik muntazam ravishda toʻldirilgan holda hech nima yoʻqolmaydi va esdan chiqmaydi.