Reja: Davlat byudjetining mohiyati, funktsiyalari va ahamiyati


Davlat byudjetining xarajatlari



Yüklə 87 Kb.
səhifə3/4
tarix18.06.2023
ölçüsü87 Kb.
#132280
1   2   3   4
2-MAVZU. DAVLAT BYUDJETINING MOHIYATI VA AHAMIYATI

3. Davlat byudjetining xarajatlari


Davlat byudjetining xarajatlari umumiy moliyaviy kategoriya bo’lgan byudjetning ko’rinishlaridan biri bo’lib, unga tegishli bo’lgan umumiy xususiyatlarga egadir. Davlat byudjetining xarajatlari xarajatlarning konkret turlari orqali namoyon bo’ladi. Byudjet xarajatlari konkret turlarining xilma-xilligi esa, o’z navbatida, quyidagi omillarning mavjudligi bilan belgilanadi: davlatning iqtisodiy tabiati va funktsiyalari; mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot darajasi; byudjetning milliy iqtisodiyot bilan bog’langanligi; iqtisodiy munosabatlarning rivojlanganlik darajasi; byudjet mablag’larining namoyon bo’lish shakllari va h.k.
Davlat byudjetining barcha xarajatlarini quyidagi guruhlarga bo’lish mumkin:
— ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo’llab-quvvatlash xarajatlari;
— milliy iqtisodiyotga xarajatlar;
mudofaa xarajatlari;
— boshqaruv xarajatlari.
Ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo’llab-quvvatlash xarajatlari o’z tarkibiga maorif, sog’liqni saqlash, madaniyat va sport, fan, ijtimoiy ta’minot, aholi uchun ijtimoiy ahamiyat kasb etgan xizmatlar baholaridagi farqlarni byudjetdan qoplash va oilalarga ijtimoiy nafaqalarni oladi. Davlatning ijtimoiy funktsiyasini o’zida aks ettirib, bu guruhdagi byudjetning xarajatlari xalq ta’limi tizimini rivojlantirish va takomillashtirishga, fan va madaniyatni moliyalashtirishga, aholining tibbiy xizmatga bo’lgan talabini qondirishga, ijtimoiy sug’urta va ijtimoiy ta’minotni amalga oshirishga keng yo’l ochib beradi.
Milliy iqtisodiyotga byudjetdan xarajat qilinishi davlatning xo’jalik yurituvchi asosiy sub’ektlardan biri ekanligidan darak beradi. Aynan bu xarajatlar keng miqyoslarda yangi sanoat korxonalarini qurish, zamonaviy industriya asosida qishloq xo’jaligida ishlab chiqarishni rivojlantirish, transport, aloqa va iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarini texnika vositalari bilan qayta ta’minlashga imkon yaratadi. Shuning uchun ham davlat byudjetining bu xarajatlari orasida iqtisodiyot va markazlashtirilgan investitsiyalarni moliyalashtirish xarajatlari alohida o’rin egallaydi. Davlat byudjetining mudofaa xarajatlari ham davlatning funksiyalaridan kelib chiqadi. Ular har bir davlatning o’z mudofaa qobiliyatini mustahkamlashi zarurligi bilan bog’liqdir. Qurolli kuchlarning barcha turlari byudjet mablag’lari hisobidan moliyalashtiriladi.


XULOSA
Boshqaruv shaklidagi faoliyat turining davlat tomonidan amalga oshirilishi, uning xo’jalik-tashkilotchilik funktsiyasi davlat byudjetidan boshqaruv xarajatlari deb nomlangan alohida xarajatlar ajratilishini taqozo etadi. Boshqaruv (davlat hokimiyati organlari, sud va prokuratura fuqarolarning o’zini-o’zi boshqaruv organlari) xarajatlari davlat organlari faoliyatining moliyaviy asosini tashkil etib, jamiyat hayotining barcha sohalariga rahbarlik qilishga imkon yaratadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida Davlat byudjetining xarajatlari uning daromadlari bilan uzviy bog’langandir. Bunday o’zaro bog’liqlik xarajatlarning miqdoriy jihatdan daromadlarga muvofiq kelishi va ularning bir-biriga o’zaro ta ‘sir ko’rsatishi orqali ifodalanadi. Bir tomondan, aksariyat hollarda, byudjet xarajatlarining hajmi byudjet daromadlarining hajmi bilan cheklanadi. O’z navbatida, byudjet daromadlarining hajmi esa davlatning iqtisodiy imkoniyatlari bilan aniqlanadi. Shuning uchun ham bu erda byudjet xarajatlarining shunday hajmini va milliy xo’jalikda pul fondlarini shakllantirishda byudjet mablag’laridan foydalanishning shunday muddatlarini o’rnatish kerakki, ular minimal xarajatlar qilib maksimal samaraga erishish orqali davlat oldidagi ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarni muvaffaqiyatli bajarilishini ta’minlash, boshqa tomondan esa, ishlab chiqarishning o’sishiga ijobiy ta’sir qilish, ilmiy-texnika taraqqiyotini tezlashtirish va milliy xo’jalikdagi proportsiyalarni optimallashtirish orqali davlat byudjetining xarajatlari uning daromadlari darajasining ortishiga o’z ta’sirini ko’rsatadi.
Davlat byudjeti xarajatlari hajmining yildan-yilga ortib borishi ularni milliy xo’jalikning samaradorligi nuqtai nazaridan baholashni dolzarb muammoga aylantirib qo’yadi. Bunda milliy xo’jalikning yakuniy natijasini baholab, faqat unga tegishli bo’lgan daromadlarning qo’shimcha ravishda o’sganligiga e’tibor berish bilan cheklanish maqsadga muvofiq emas. Bunda, bir vaqtning o’zida, jamiyatning ijtimoiy taraqqiyot darajasi, ijtimoiy muammolarning qay darajada hal etilganligi ham nazardan chetda qolmasligi kerak.

Davlat byudjeti xarajatlarining tarkibi va uning tuzilmasi davlatning tabiatiga, u tomonidan bajarilayotgan funktsiyalarga, milliy xo’jalikning ehtiyojlariga bog’liq hamda byudjet mexanizmi orqali ishlab chiqarish va iste’molning ba’zi bir omillariga davlatning ta’sirchanligini ta’minlash kabilar bilan belgilanadi. Davlat byudjetining xarajatlaridan foydalanish byudjetdan moliyalashtirish orqali amalga oshiriladi. Shu munosabat bilan, byudjetdan moliyalashtirish deyilganda rejada ko’zda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish uchun sub’ektlarga byudjetdan mablag’larni taqdim eish tizimi tushuniladi.


O’zbekiston Moliya vazirligi 2013 yilgi Davlat byudjetining ijrosi bo’yicha e’lon qilgan dastlabki ma’lumotlarga ko’ra, 2013 yilda O’zbekiston byudjetining xarajatlar qismi 25 trillion 833,7 milliard so’mga teng bo’lgan.
2013 yili O’zbekistonda ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo’llab-quvvatlash xarajatlari 15 trillion 167,8 milliard so’mni tashkil qilgan. Shundan 8,8 trillion so’m maorif sohasiga, 3,8 trillion so’m sog’liqni saqlashga, 287,4 milliard so’m madaniyat va sportga, 164,7 milliard so’m fanga, 106,4 milliard so’m ijtimoiy ta’minotga, 1,6 trillion so’m bolali oilalarni hisobga olgan holda ijtimoiy nafaqalarga, 374,7 milliard so’m esa qishloq joylarda yakka tartibdagi uy-joylar qurish dasturini birgalikda moliyalashtirish kredit liniyasi xarajatlari uchun sarflangan.
2013 yilda O’zbekiston davlat byudjeti hisobidan NNT, NST va fuqarolik jamiyatlari institutlarini rivojlantirish uchun mablag’ va grantlar 7 milliard so’mni tashkil qilgan bo’lsa, iqtisodiyot xarajatlari 2,75 trillion so’mga teng bo’ldi.
Markazlashtirilgan investitsiyalarni moliyalashtirish xarajatlari 1,439 trillion so’mni, davlat hokimiyati, boshqaruv organlari va sud organlari, fuqarolarni o’zini o’zi boshqarish organlarining saqlash xarajatlari 1,15 trillion so’mni tashkil etdi. 5,3 trillion so’m davlat byudjetining boshqa xarajatlari uchun sarf etilgan.
2013 yilda O’zbekiston davlat byudjeti daromadlari 26,2 trillion so’mni tashkil etgan edi. Dastlabki ma’lumotlarga ko’ra, O’zbekistonning 2013 yilgi davlat byudjeti 389,5 milliard so’m profitsit bilan bajarilgan.

Yüklə 87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin