BAKTERIYALARNING SPORALARI VA ULARNING XOSIL BULISHI
Bakteriyalarning Bacilius, Clostridium, Desulfotomaculum avlodlariga
kiruvchilari, ayrim kokkilar, spirillalar endosporalar xosil kiladi. Sporalarning
shakli yumalok yoki ellipsimon. Ular tashki muxitga chidamli buladi.
Sporalar
mikroskop ostida kuzatilganda nur sindiradi va shuning uchun yaltirab kurinadi.
Odatda bakteriya xujayrasi bitta spora xosil kiladi. Ammo Clostridium ning ba'zi
turlarida bir va undan kup sporalar xosil bulishi aniklangan. Bakteriyaning ozika
muxitidan kerakli moddalarni olish kiyinlashsa yoki modda olmashinuvida kup
maxsulotlar xosil bulsa spora xosil kiladi.
Demak, spora xosil kilish bakteriya xujayrasi uchun nokulay sharoitga
moslashishdir. Spora xosil bulishi usish sharoitga boglik. Sporalar vegetativ
xujayralar nobud buladigan sharoitlarda xam tirik koladi. Ular kuritishga, bir necha
soat kaynatishga xam chidamli buladi.
Sporalarni uldirish uchun ular 120°S issiklikda, 1 atm bosimda sterillanadi.
Bunday sharoitda spora 20 minut davomida nobud buladi. Kuruk xolatda ularni
uldirish uchun 150—160°S issiklik va kizitish muddati esa bir necha soat bulishi
kerak.
Spora xosil bulish jarayonida, xujayrada dipikolin kislotasi (piridin 2,6 — dikarbon
kislota) xosil buladi. Dipikolin kislotasi sporani 10—15% tashkil kiladi. U
sporaning markaziy kismida xosil buladi. Dipikolin kislota Sa2+ ionlari bilan
kompleks Sa - DPK xosil kiladi.
Bu kompleksda magniy, marganets va kaliy
mikdorini oshishi sporani nokulay sharoit va issiklikga chidamliligini oshiradi.
Spora xosil bulishining umumiy sxemasi.
Spora bakteriya xujayrasini teng bulinmasligi va sitoplazma membranasining
burtib chikishi va nukleoidning ozgina sitoplazma bilan birga xujayrani shu
kismida tuplanishidan xosil buladi.
Prospora ikki kavat sitoplazma membranasi bilan koplanadi. Bakteriya
xujayrasi ichida yangi xujayra — prospora xosil buladi. Bu ikki kavat orasi
peptidoglikandan tuzilgan — korteks bilan tuladi. Sungra, uning usti bir necha
spora kavati pardasi bilan uraladi va spora уetiladi. Spora kavati maxsus
sintezlangan oksil, lipid va glikopeptidlardan xosil buladi.
Elektron mikroskop
yordamida tadkik kilinganda yana bir kavat — ekzosporum kavatlari borligi
aniklandi va u xar xil shaklli moddalardan tashkil topadi. Xosil bulgan sporaning
diametri xujayra diametriga teng yoki sal kattarok xam buladi. Ba'zi bakteriyalarda
spora xujayraning bir uchida xosil buladi, xujayra kengayib baraban tayokchasi
shaklini oladi. Ba'zi batsillarda esa spora xujayra markazida xosil bulib, sal
kengayadi va xujayra dugsimon shaklga kiradi, bu xolat kupgina Clostridium
avlodiga kiruvchi bakteriyalarda uchraydi. Kupincha
esa bakteriya xujayrasida
xosil bulgan spora katgalashmaydi, xujayra xam avvalgi xolatidan uzgarmaydi. Bu
tipdagi spora xosil kilish Bacillus avlodi vakillarida uchraydi.
Etilgan spora vegetativ xujayra devori parchalanganidan sung tashkariga
chikadi.
Sporaning usishi. Bakteriya sporasi yaxshi sharoitga tushsa, u sekin asta bakterial
xujayraga aylanadi. Spora suvni sekin asta shimadi va bukadi. Kobigi bosim ostida
yirtiladi va sporaning usish trubkasi xosil buladi. Keyinchalik ozod bulgan
bakteriyaning uzayishi va usha uzaygan xujayraning bulinishi kuzatiladi.
Bakteriya xujayrasi 10, 100, 1000 yillar davomida tinch xolatda tirik saklanishi
mumkin.
Ba'zi bir mikroorganizmlarda temperatura, kislota, kislorod va boshka
moddalarning уetishmasligidan ularning xujayralarida sistalar paydo buldi.
Bular
spora emas. Masalan, azotobakter shunday sistalar xosil kiladi. Ular temperatura va
kuritishga chidamli buladi.
SHu xil tashki sharoitdan uzini muxofaza kilish, sianobakteriyalarda akinetlar,
miksobakteriyalarda miksosporalar, aktinomitsetlarda endosporalar xosil kilish
bilan boradi.
Kiritmalar. Sitoplazmada xar xil shaklga ega bulgan granulalar uchraydi.
Ularning xosil bulishi mikroorganizmlarning usadigan muxitga, fizik - kimyoviy
xususiyatlarga boglik bulib, kiritmalar mikroorganizmlarning
doimiy belgilari
emas.
Kupincha kiritmalar mikroorganizmlarga energiya va uglerod manbai bulib xizmat
kiladi. Ular mikroorganizmlar yaxshi ozika muxitida usgandagina xosil buladi va
yomon muxitga tushganda esa sarflanadi. Kiritmalar katoriga glikogen (xayvon
kraxmali), granulyoza, $ - oksimoy kislota, volyutin (polifosfatlar), oltingugurt
tomchilarini kiritish mumkin. Kiritmalarning xosil bulishi, kupincha ozika muxitini
tarkibiga boglik buladi. Masalan, tajribalar yordamida glitserin va uglevodlarga
boy ozika muxitida usgan bakteriyalarda volyutin, vodorod sulfidga boy muxitda
oltingugurt xosil bulishi aniklangan. Ba'zi oltingugurt
bakteriyalarida amorf
xoldagi SaSO3 uchraydi. Ulardan tashkari, bakteriya xujayrasida oksillar,
fermentlar, uglevodlar, aminokislotalar, RNK, nukleotidlar, pigmentlar uchraydi.
Xujayrada mayda molekulyar birikmalar borligi xujayra osmotik bosimini saklab
turadi.
Dostları ilə paylaş: