qilingan «Bola huquqlari to’g’risidagi Konvensiya» tamoyillari asos qilib olingan.
Bu:
- kamsitmaslik masalalari
- yashash va rivojlanish
- bolaning shaxsiy manfaati
- bolaning dunyoqarashi
kabi jihatlarni o’z ichiga qamrab oladi.
Mazkur tamoyillarni amalda qo’llash jarayonida bu vazifaning oson emasligi
bilinadi. Bu borada quyidagilarni misol tariqasida keltirish mumkin:
Masalan, internat muassasalarida tarbiyalanayotgan bolalarning ko’pchiligini
nogiron bolalar tashkil etadi. Xalqaro tashkilotlarning tavsiyanomalarida
deinstitusiyalashda inklyuziv metodni asosiy usul sifatida
tatbiq qilish kerak
deyilgan. Xo’sh, kar o’quvchining uyidan uzoq,da o’qitilishi
uning
konvensiyadagi haq-
huquqlarini buzadi, deyish mumkinmi? Biz «ha» deb javob
beramiz. Chunki bolani «kamsitmaslik» tamoyili va oilasi bilan yashash
huquqidan mahrum etayapmiz. Agar bolani uyiga
yaqin joylashgan qishloq
umumtalim maktabida 35 nafar o’quvchi talim olayotgan sinfda o’qishga qoldirsak
bunda uning «shaxsiy manfaatlari» tamoyilini buzgan bo’lamiz. Bola bu yerda
o’ziga yetarli etiborni ololmaydi. Maktabda defektologlarning yo’qligi
uchun
o’quvchi maxsus muassasadagidek talim ololmaydi,
oqibatda rivojlanishda
orqada qoladi va kasb egallashga tayyorlana olmaydi. Bundan tashqari, bu
o’rinda bolaning «Shaxsiy fikri» tamoyili buziladi
Dostları ilə paylaş: