Fimbriy va pililar.
Bakteriyalarda
xivchinlardan tashkari uzun, ingichka ip xam bulib unga
fimbriy deyiladi. Ular xarakatchan yoki xarakatsiz bulishlari mumkin. Ularning
uzunligi 0.3 — 4 mkm, eni 5 — 10
nm bulib, soni 100 — 200, ba'zan esa 1000
taga уetib boradi.
Fimbriylar pilin oksilidan tuzilgan. Bakteriyalarda bir kancha fimbriylar tipi
uchraydi va ular funksiyalariga karab farklanadi. SHulardan 2 tipi yaxshi
urganilgan.
1 - tip
kupgina bakteriyalarda bulib, ular umumiy tipdagi fimbriylar deyiladi.
Fimbriylar bakteriylar xujayraning muxitga, boshka xujayraga,
inert substratga
yopishishini ta'minlanadi, suyuklik yuzasida parda xosil kilishida u xam ishlatiladi.
SHuning uchun xam uni yopishish organi deyish mumkin.
2 - tip — jinsiy fimbriy — pili bulib (F), u ichi bush kanaldan iborat. Bu kanaldan
bakteriya kon'yugatsiyada katnashayotgan boshka bir bakteriyaga genetik material
beradi. Pilining boshka bir xususiyati xam bulib, u patogen bakteriyalarda xayvon
va odam xujayralariga yopishishda ishtirok etadi.
Bakteriya xujayra devori.
Xujayra devorining uzi xam ma'lum kattiklikga ega. SHu bilan birga u elastiklikka
xam ega bulib, oson bukiladi. Xujayra devorini ultratovush va lizotsim fermentlari
bilan parchalasa buladi. Xujayra devori lizotsim bilan parchalanganda u sharsimon
shaklga utadi. Xujayra devori xujayrani xar xil mexanik ta'sirlardan, osmotik
bosimdan saklaydi.
Xujayra devori bakteriyani kupayishi va bulinishi,
irsiy moddalarning
taksimlanishini xam idora kiladi.
Xujayra devorining kalinligi 10 - 80 nm bulib, xujayra massasining 20% ni
tashkil etadi. Xujayra devori orkali katta molekulali moddalar kirishi mumkin.
Xujayra devori sitoplazmatik membrana bilan birlashtiruvchi iplar —
"kuprikchalar" vositasida boglangan. Xujayra devori bakteriyalarni gram usulida
buyaganda, musbat yoki manfiy bulishligini belgilaydigan omildir. Xujayra devori
asosan peptidoglikan (murein) dan tashkil topgan. Bu № — atsetil № —
glyukozamin va № — atsetil muram kislotasi, galma - gal bir-biri bilan $ —1.4
boglar bilan boglangan geteropolimerdir. Bu polisaxarid
zanjirlar bir-biri bilan
peptid boglari orkali boglangan. Peptidoglikan xujayra devoriga rigidlik
xususiyatini beradi va bakteriya shaklini saklab turadi. Gram musbat
bakteriyalarda kup kavatli peptidoglikan bor (50 - 90%).
U murakkab ravishda
oksil, polisaxarid, teyxo kislota (fosforli ribit va fosfor kislotasi glitseridi) bilan
boglangandir.
Gram manfiy bakteriyalarda peptidoglikan 1 kavat bulib (1 — 10%) ularda tashki
membrana xam bor.
Tashki membrana fosfolipid, lipopolisaxarid va oksillardan
tuzilgan.
Demak, bakteriyalarning Gram buyicha xar xil buyalishi bakteriya xujayra
devoridagi peptidoglikan mikdori va uning lokalizatsiyasiga (joylashishiga)
borlikdir. Aniklanishicha, xujayra
devorida xar xil usimtalar, dungliklar, tikon
kabilar bor.
Xujayra devori fakat mikoplazmalar va L —shakllik bakteriyalarda bulmaydi.
Kupincha biror antibiotik ta'sirida yoki tabiiy sharoitlarda uz—uzidan L —shaklli
bakteriyalar xosil bulishi mumkin. Ularda xujayra devori kisman saklanib kolgan.
Ularda kupayish xususiyatlari tula saklangan. Ular katta
yoki kichik shar shaklida
bulib kupgina patogen va saprofit bakteriyalarda topilgandir.
Dostları ilə paylaş: