Mavzy №1. Falsafa uning predmeti, mazmuni va jamiyatdagi ro’li -fayllar.org
Zardo’sht ta’limotida ―Axriman‖ va ―Axuramazda‖ yaxshilik va yomonlikning abadiy kurashi va bunda
yaxshilikning g‘alabasini ifodalaydi. Zardo‘shtiylik falsafasiga ko‘ra, yaxshilik va yomonlik kishilarning botinida-
ichki dunyosida yashaydi. Inson Axriman yoki Axuramazda tarafida bo‘lishi mumkin, chunki Ezgulik farishtasi uni
hamisha yaxshilik qilishga, lekin yovuz Axriman uni yomonlik qilishga undaydi va bu tortishuv inson hayotining
oxirigacha davom etadi.
―Avesto‖da esa insonning haq-huquqlari, burch va mas‘uliyati haqida fikr bildirilgan. Jumladan, agar odam
olgan qarzini o‘z vaqtida qaytarib bermasa, u tunda birovning uyiga o‘g‘irlikka kirgan odam bilan barobardir.
Shuningdek unda qarindoshlarning o‘zaro oila qurishi taqiqlangan, avlodlarning sog‘lom, benuqson tug‘ilishiga
e‘tibor qaratilgan. Bordi-yu erkak zurriyot qoldirishga qobiliyati bo‘lib, so‘qqa bosh bo‘lib yursa, uning peshonasiga
tamg‘a bosish yoki beliga zanjir bog‘lab yurishga majbur ekanligi belgilangan.
Sharq falsafasida qonun muammosiga ham ko‘p e‘tibor beriladi. Ayrim faylasuflar uni rad etgan, ayrimlar esa
unga tayangan. Xalq va podsho muammosi ham Sharq falsafasining muhim muammolaridan biri hisoblanadi. Jumladan, ―Avesto‖ da huquqiy masalalar: jinoyat va jazo, oila va nikoh, mulk bilan bog‘liq masalalarni tartibga
soluvchi qoidalar o‘z ifodasini topgan. Oilaviy munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan qoidalarda er xotinning
bir-biriga xiyonati yoki nikohsiz er-xotinlik munosabatlarida bo‘lgan kishilar tan jazosini olgan. ―Venidat‖
(Devlarga qarshi kurash qonuni) ning 13, 14 boblarida suvni tejash, uni qadrlash, undan unumli foydalanish
haqidagi qoidalar bitilgan. Unda har kuni ekinni ikki marta sug‘orish mumkinligi, har bir kunda ekuvchi bir
belkurak kenglik va chuqurlikdagi ariqqa sig‘adigan suv olishga haqli ekanligi, suvni taqsimlash bilan kohinlar
shug‘ullanishi, suvni ifloslantirishni taqiqlovchi qoidalar belgilagan. Bu qoidalarni buzganlarga nisbatan majburiy
mehnatga jalb qilish jazosi belgilangan
1