Konfutsiyning qarashlari keyinchalik jahon falsafasida axloqiy tamoyillar rivojida, adolat, birodarlik,
erkinlik g`oyalari takomilida muhim o`rin tutgan. Bu ta`limot Xitoyda ikki ming yil davomida davlat dini
darajasiga ko`tarilgan va xalq hayotida muhim ahamiyat kasb etgan.
Qadimgi Xitoyning ko`zga ko`ringan faylasuflaridan biri Lao-Tszidir (VI-V asrlar). Uning ta`limotiga
ko`ra, olam, jamiyat va inson hayoti Dao qonuniga bo`ysunmog`i lozim. Daosizm ta`limoti ana shu tariqa
shakllangan. Dao qonuni – tabiatning yashash qonunidir, undagi rang-baranglik kurashi va uyg`unligi
abadiyligining e`tirof etilishidr. Bu qonunga ko`ra, olamning asosini tashkil etuvchi «Tsi», ya`ni beshta unsur -
olov, suv, havo, yer va yog`och yoki metall olamdagi barcha jismlar asosini tashkil etadi hamda ularning yuzaga
kelishini ta`minlaydi.
Dostları ilə paylaş: