3. Insonga xos tabiiy, badiiy, ma‘naviy fazilatlarni yuksaltirish, insonparvarlikni ulug‘lash, barkamol avlodni
tarbiyalashda oliy ma‘naviy qonunlarga rioya qilish;
4. Universalizm – borliq va ijtimoiy hayotning barcha muammolariga qiziqish, bu davr madaniyatining
muhim jihatlaridir.
Bu davr madaniyati umuminsoniy qadriyatlarning rivojlanishiga xizmat qilgan. Savdo-sotiqning rivojlanishi,
iqtisodiy aloqalarning kengayishi, xalifalikning turli viloyatlari o‘rtasida madaniy qadriyatlar almashinuvi va uning
boshqa mamlakatlar bilan aloqalarining kuchayishi, tabiiy va madaniy boyliklar, turli xalqlarning an‘analari, tili va
tarixini o‘rganish bilishning eng to‘g‘ri yo‘llari
va usullarini yaratish, bilish jarayonining butun apparatini
takomillashtirishga bo‘lgan ehtiyojni kuchaytirdi. Fanning optika, matematika, astronomiya
kabi tarmoqlarining
jadal rivojlanishi tabiatni chuqur o‘rganish va tadqiqot metodlarini kengaytirishga imkoniyat yaratdi.
O‘rta asrlarda Sharq falsafasi mifologiya va din qo‘ynidagina emas, balki fan qo‘ynida ham rivojlanadi.
Sharq olimlari matematika, astronomiya, geografiya, tibbiyot, tarix, alximiya sohasida qo‘lga kiritgan yutuqlar
ma‘lum. Odatda tabib, munajjim, sayyoh bo‘lgan Sharq faylasuflari asbtrakt mulohazalardan ko‘ra ko‘proq
tabiatshunoslik va tajribaga tayanganlar. Sharq falsafiy tafakkurining yirik namoyandalari
orasida Markaziy
Osiyolik mashhur faylasuf, qomuschi-olim, yaqin va O‘rta Sharqda aristotelizm asoschilaridan biri Forobiy, buyuk
faylasuf va tabib Ibn Sino (Avitsenna), atoqli astronom, matematik, shoir va mutafakkir Umar Xayyom,
tabib va
faylasuf Ibn Rushd (Averroes) bor.
Dostları ilə paylaş: