g‘oyalari universaliyalar va umumiy tushunchalar haqidagi qarashlarida yanada aniqroq namoyon bo‘ladi.
Universaliyalar mavjud bo‘lgani uchun ham umumiy tushunchalar mavjuddir, deb hisoblaydi
4
buyuk mutafakkir.
Bilish bosqichlari o‘rtasidagi farqlarni tushunish Forobiyga bilish yo‘llari to‘g‘risida mulohaza yuritish
imkonini beradi. Bilishning fiziklar foydalanuvchi birinchi yo‘li
sezishdan boshlanishi lozim, chunki tana sezgiga
yaqinroqdir. Bu hol sezgilar muayyan narsalarni aks ettirishi bilan izohlanadi. Narsalar sezgi organlarida aks etgach,
jismni va uning yuzasi, chiziqlari va nuqtalarini mavxum o‘rganishga o‘tishi lozim. Matematiklar jismning u yoki
bu jihatlarini teranroq bilish uchun foydalanuvchi bilishning ikkinchi yo‘li mavhumlashtirishdan boshlanishi darkor.
Bilishni mavhum nuqtadan boshlagan aql muayyan jism bo‘ylab harakatlana boshlaydi, mavhum chiziq, yuza,
jismni anglaydi va so‘ngra muayyan jismni tushunib yetadi.
Ilmiy bilim va falsafiy tafakkurning rivojlanishi bilish yo‘llariga boshqacha
nazar tashlash imkonini beradi,
biroq Forobiy ilgari surgan g‘oya Gegel falsafasida o‘zining yanada barkamolroq ifodasini topadi. «Vazifa bilishdan
iborat bo‘lgani tufayli, kuzatish bilan taqqoslash haqidagi masala undan voz kechish ma‘nosida yechilgandir.
Endilikda masala faqat bilish doirasida nima birinchi bo‘lishi va undan keyin nimalar anglab yetilishi lozimligi
haqida bo‘lishi mumkin. Endi tabiatga muvofiq yo‘l emas, balki bilishga muvofiq yo‘l talab etiladi. Bilish fikrning
muayyan mazmunidan ko‘ra, mavhum mazmunini anglab etishi osonroqdir»
5
. Binobarin, bilish masalasi borliqning
qaysi jihati biluvchi sub‘ektning ob‘ekti hisoblanishidan kelib chiqib hal qilinadi. Umuman, Forobiy g‘oyalari
nafaqat Sharq fanining, balki G‘arb ijtimoiy-falsafiy tafakkurining rivojida ham muhim rol o‘ynadi.
Dostları ilə paylaş: