Pochtali server (Mail server) – huddi faks server kabi, lekin electron pochtani tashkil etish uchun electron pochta qutilari ishlatiladi.
Bosma serveri (Print server) – tizimli printerlarni samarali ishlatish uchun foydalaniladi. Printerni (qimmat baho) va grafik quruvchini birga ishlatish yoki sonli server bosmani qobiliyati LHT da bazali funksianalligiga kiradi. Bir xil printerlarga bunday qobiliyat integralangan, ya’ni ular faqat lokal tarmoqga ulanishi kerak.
Application server (dasturli ilovalar serveri) – Ishlash prinsipi faylli serverga o‘xshash. Lekin bunda dasturlar ishchi stansiyalarda joylashgan emas, serverda joylashgan. Buning ustunligi ishchi stansiyalarni bo‘shаtishdа va dasturlarga eng oddiy texnik xizmat ko‘rsаtishdа.
Databank server (ma’lumotlar bа’zаsining serveri) – Maxsuslashgan server bo‘lib, bitta yoki bir nechta ma’lumotlar ombori joylashgan va ular orqali ishchi stansiyalar boshqarilishi mumkin.
Appratli vositalar bilan bir qatorda tarmoq o‘zining tarkibiga murakkab dasturli va ma’lumotli ta’minotni ham olishi kerak.
Server tarmoqdagi ma`lumotlarni saqlaydi, tarmoqning boshqa nuqtalariga uzatadi va asosiy xizmati – foydalanuvchilarni internetga ulaydi. Ayni mana shu xizmatlarni bajaradigan tashkilotni – provayder deb atashadi. Ularning serverlari internetga kirihs darvozalari hisoblanadi.
Bundan tashqari server so`zi quyidagicha shakllarda ham ishlatiladi.
Ajratilgan server. Yirik kompaniyalar ko`pgina kompyuterlarga ega bo`lishadi. Tashkilotning barcha tarmoq xizmatlarini boshqarish uchun alohida kompyuter ajratilib, unga maxsus dasturlar o`rnatiladi, internetga doimiy holda ulanadi va uni ajratilgan server deb atashadi. Bu server orqali barcha kompyuterlar internetga chiqa olishadi.
Virtual server. Kecha-yu kunduz internetga ulangan kompyuterni ishlatish oddiy
foydalanuvchiga qimmatga tushadi. Shuning uchun ular boshqa serverning xotirasidan bo`sh joyni ijaraga olishadi va virtual serverga ega bo`lishadi. Bu xuddi o`zingizning internetda vakolat xonangizga o`xshaganday. Albatta, foydalanuvchi jismoniy server bilan foydalanish huquqiga ega bo`lmaydi, lekin tarmoq orqali virtual serverga kirib, kerakli ma`lumotlarni yozib qo`yishi mumkin. Keyin tarmoqqa kiritilgan ma`lumotlarni boshqa foydalanuvchilar kecha-yu kunduz o’qishi mumkin.
Odatda, bunday xizmatni provayderlar ko’rsatadi va uni “xosting” (inglizcha - hosting) deb atashadi.
Serverdagi xosting xizmatlari ikki xil bo’ladi: pulli va bepul. Pulli xosting xizmatlarga boy va tez ishlaydi, bepulida esa xizmat turlari kam, ishlash tezligi past va saytingizda o`zgalarning reklamalari paydo bo`lib turadi. O`rganishga bepul xosting bo’laveradi, lekin jiddiy loyihalar uchun pulli serverlar zarur.
Proksi-server – foydalnuvchi va internet orasidagi maxsus vositachi dastur. Uni ishlatish shart emas, lekin bu dastur yordamida web sahifalarining yuklash jarayonini tezlashtirish mumkin. Proksi-server Internetdan ko`p ko`radigan sahifalarni qattiq diskdagi omborga saqlaydi va yana shu sahifalar so`ralganda Internetdan emas, balki xotirasidan ko’rsatadi.
O datda, proksi-server ajratilgan serverga o`rnatiladi va tarmoq xizmatlarini ham bajaradi: mahalliy tarmoq kompyuterlarini Internetga ulaydi. Tarmoqdagi kompyuterlar internet so’rovlarini ajratilgan serverga uzatishadi, serverda esa proksi dasturi so’rovlarni internetga chiqaradi va tashqaridan kelgan ma’lumotlarni tarmoq kompyuterlariga yetkazib beradi. Yana proksi dasturi yordamida kompyuterlarning tarmoqdagi ish jarayonini boshqarib, kuzatib turish ham mumkin.
H ar xil kompyuterlar va turli dasturlar tarmoq aloqasi jarayonida bir – birlarini tushunish uchun maxsus texnik qoidalar qo`llaniladi. Tarmoq sohasida bunday qoidalar to`plami protokol deb ataladi. Hozirgi kunda eng ko`p qo`llanilayotgan protokol – TCP/IP dir. TCP/IP protokoli tarmoqda ishlaydi. Jo`natiladigan ma`lumot paketga joylashtiriladi va paketga jo`natuvchi va qabul qiluvchi kompyuter manzillari yoziladi va tarmoqqa uzatiladi. Shunday qilib tarmoqning bitta marshrutizatoridan (yo’l ko’rsatadigan maxsus qurilma yoki kompyuter) manzilga qarab eng qisqa yo`llarini tanlab, keyingi marshrutizatorga uzatilib, paket kerakli manzilga yetkaziladi. Ma`lumotni yetkazish vaqti kunlar bilan emas, soniyalar bilan o`lchanadi.
Bundan tashqari, ko`plab, boshqa protokollar ham mavjud, lekin ular bilan foydalanuvchilar kamroq uchrashishadi. Kerak bo`lsa maxsus adabiyotlardan ular haqida ma`lumot olish mumkin.
Axborot hajmining keskin ortib borishi va vazifalar turlarining ko‘pligi hisoblash texnikasiga bo‘lgan talablarning ham ortishiga olib keldi. Serverning turlari ko‘payib, unga mo‘ljallangan ehtiyot qismlarning ham soni ortib bormoqda. Uzilishlarsiz ishlashini ta’minlash uchun serverning imkoniyati katta va kuchlisini tanlash ma’qul bo’lib qolmoqda.
Blade XXI asrning serverlaridir. Uning birinchi nusxasi 2001 yilda HP, IBM, Fujitsu va boshqa kompaniyalar tomonidan ishlab chiqarilgan. Agar HP firmasining shassisi bo‘lsa IBM firmasining blade – serveridan foydalanib bo’lmaydi.
Bladelar ko‘p protsessorli server o‘rniga yuqori ishlab chiqaruvuchanligi mavjud yagona protsessorlardan foydalanadi. 2, 4, 8 va hokazo yadroli bo’ladi. Bu serverda boshqarishni soddalash imkonini beradi. Bladelar klaster serverlarga qaraganda kam joy elallaydi, energiyani iqtisod qiladi va ancha arzon tushadi.
Blade server blade tizim tarkibiga kiradi. Bu tizim quyidagilardan tarkib topgan bo’adi:
Blade server – bu energiya manbasisiz (blok pitaniyasiz), passiv radiatorli va PCI razyomsiz oddiy server, boshqacha aytganda “keraksiz komponentlar” chiqarib tashlangan.
Korpus va passiv Backplane (o‘rnatilgan qurilma kommutatsiyasi uchun xizmat qiladi).
Elektr manba va sovutish tizimi(ventilyator, blok pitaniya)
Tashqi kommutatsiya qurilmalari (Ethernet, FC va boshqalar).
Dostları ilə paylaş: |