Reja: I. Kirish II. Asosiy qism


INSON HAYOTIDA TIBBIYOTNING KIRIB KELISHI



Yüklə 44,13 Kb.
səhifə2/2
tarix07.07.2023
ölçüsü44,13 Kb.
#136114
1   2
Vazira opa

1.3. INSON HAYOTIDA TIBBIYOTNING KIRIB KELISHI.
Jamiyatda tibbiyotning paydo bo’lishi to’g’risida 2 xil nazariya mavjud: 1. Diniy mistik nazariya. 2. Ilmiy materialistik nazariya. Diniy mistik nazariya asoschilari dastlab din peshvolari tibbiyot ibodatxonalarda kelib chiqqan va muolajalar koxinlar va roxiblar tomonidan ko’rsatilgan degan fikrni ilgari surganlar. Ibtidoiy ajdodlarimiz har xil kasalliklarga chalingan va o’zlarini davolashga harakat qilganlar, bu paytlarda koxinlar va roxiblar yo’q edi. Binobarin, tibbiyotning kelib chiqishi din bilan bog’liq emas. Dalillar shuni ko’rsatadiki, din paydo bo’lmasdan ancha ilgari tibbiyot vujudga kelgan. Qadimda ibodatxonalarda davolash xonalari mavjud bo’lib, ularda koxinlar va roxiblar bemorlarni davolab parvarish qilganlar, lekin bu bilan tibbiyot ibodatxonalarda paydo bo’lgan degani emas. Ilmiy materialistik nazariya asoschilari tibbiyot jamiyatning ilk bosqichlarida tarixiy taraqqiyot natijasida kelib chiqqan degan fikrni ilgari suradi. Arxeologik qazilmalarda topilgan ashyoviy dalillar ko’rsatishicha, dastlabki primitiv davolash usullarri bundan bir necha million yil ilgari yashagan odamsimon ajdodlarimiz tomonidan ishlab chiqilgan. Tibbiyotning inson hayotida kirib kelishi to’g’risida uchinchi nazariya ham mavjud bo’lib, bu fikr tarafdorlari insoniyatning ilk bosqichida odamlar juda baquvvat bo’lib, kasalliklarga chalinmagan va tibbiy yordamga muxtoj bo’lmaganliklari uchun tibbiyot bo’lmagan va u keyinchalik sivilizatsiya keng tarkalgan paytda madaniy rivojlanishning mahsuli sifatida paydo bo’lgan deb hisoblashadi. Bunday fikrni fransuz faylasufi Jan Jak Russo ilgari so’rgan. Ammo ilmiy o’rganishlar va Tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, o’tgan zamonlarda ibtidoiy odamlar nihoyat og’ir axvolda yashaganlar. Ular ko’p kasalliklarga uchrab davolaganlar, doimo tibbiy muolajalarga muxtoj bo’lganlar.
Tibbiyot inson faoliyatining muhim sohalaridan hiridir. U boshqa ko'p sohalardan oldinroq paydo bo'lgan Tarixiy ma'lumotlaiga ko'ra qadim zamonlarda yashagan ibtidoiy odamlar hali o'zlari uchun turarjoy qurish, kiyim tikish va ovqat pishirishni bilmay turib, ba'zi kasallik holatlarida o'zlarini muolaja qilishni bilib olganlar. Buni o'sha ibtidoiy odamlaminig yashash sharoitlari taqozo qilgan. Ulam inig yashash sharoitlari esa juda og'ir va mashaqqatli bo'lgan. Ibtidoiy odamlar uy joysiz, o'rmonlaida, g'orianda yarim yalang'och va ko'pincha och yashab, boshlaridan ko'p qiyinchiliklami kechitganlar. Buninig natijasida ko‘p kasalliklaiga duchor bo'lganlar, yirtqich hayvonlar bilan to'qnashib, tan jarohatlari olganlar. Tabiiyki, bunday holailarda kishilar kasallikdan qutilish va tan jarahatlarini tuzalishga intilganlar. Natijada dastlabki oddiy muolaja usullari «kashf» etilgan.Bu haqdabuyuk Hippokrat (Gippokrat) bunday, dcb yozgan edi: «Hayotninig o'zi kishilarni tabiblik san'atini izlab topishga majbur etgan». Tibbiyotninig kelib chiqishi tarixini atroflicha o'rganish shuni ko'rsatdiki, «birinchi tahib» organizmninig o‘zi ekan, ya'ni organizmninig o'zi birinchi bo'lib kasllikka qarshi kurasharkan. Haqiqatan tirik mayjudodlaminig otganizmi kasallik paydo qiluvchi oipillaiga qarshi kurashish xususiyatiga ega. Buni quyidagi oddiy misoldan ko'rish mumkin: Agar oiganizmga tashqaridan biror yot narsa, masalan,zirapcha kirib qolsa, uning atrofida qon tanachalari (leykotsitlar) to'planib, zirapcha bilan kirgan mikroblarni yutib, yo'q qila boshlaydilar. Natijada organizm bu mikroblardan holi bo' ladi. Organizmning kasalliklarga qarshilik ko‘rsatish xususiyati qadimgi Sharq hakimlariga ham ma'lum bo'lgan. Masalan, Abu Ali ibn Sino «odam tanasi doimo kasallikdan qutitishga intiladis, deb yozgan edi. Ba'zi bir tirik mavjudotlarning organizmi yo'qotilgan tana qismini tiklash xususiyatiga ham ega. Masalan, kaltakesakninig dumi biror sabab bilan uzilib ketsa, unda yangi dum o‘sib chiqadi. Shuningdek, tananinig biror qismida paydo boMgan, kichikroq jarohatlar ham «o‘z- o‘zidan» bitib ketadi. Organizimda kasalliklarga qarshi kurashish qobiliyati mavjudligi tufayli, ba'zan bemor biror sabab bilan davolana olmasa ham, sog'ayib ketishi m um kin. Q adim gi tabiblar yana shuni aniqlaganlarki. organizmda ayrim yuqimli kasalliklarga nisbatan «qabul qilmaslik xususiyati paydo bo‘lishi ham mumkin. Bu hozirgi tilda «immunitet», deb ataladi. Masalan, qadimgi Xitoy va Eron hakimlari hir marta chechak va qizamiq bilan og'rigan kishi bu kasalliklar bilan ikkinchi marta og'rimasliklarini aniqlaganlar. Shunga asosan dastlabki variolatsiya (emlash) usullari ishlab chiqiigan. Masalan, xitoylar chechakka qarshi emlash usulini qoMlaganlar. Qadimgi Eroniylar ilon zahariga qarshi immunitet paydo qilishga ham uringanlar va bu sohada ma'lum natijaga erishganlar. Ular odamga oz-ozdan ilon zaharini berib borib, ohirida uning oiganizmida mazkur zaharga nisbatan immunitet paydo qilganlar. Bu misollarshuni ko'rsatadiki, tirik mavjudotlar organizmi haqiqatdan kasalliklarga qarshi kurashish xususiatiga ega. Bu xususiyatni «organizmning o‘z ichki tibbiyoti, deb atash mumkin. Hayotda bu «icki tibbiyot» ning ahamiyati juda katta. Atrof tabiatda kasallik paydo qiluvchi omillar shu qadar ko‘p va xilma-xilki, agarorganizmning shu «ichki tibbiyoti» boMmaganida barcha mavjudotlar har hil kasalliklardan allaqachon qirilib yo'q boMib ketardilar. «Organizmning o‘z ichki tibbiyoti» tirik mavjudotlar hayotining barcha bosqichlarida biogenezjarayoni sifatida rivojlangan. Lekin, shu narsa ham ma'lum boMdiki, «oiganizmningo‘z ichki tibbiyoti* hamma hollarda va hamma kasalliklaiga nisbatan qabul qilmaslikni ta'min eta olmas ekan. Kasallikdan qutilish uchun «Tashqi tibbiyot», ya’ni har xil davo tadbirlarini amalga oshirish ham kerak ekan. Shunday qilib, har xil muolaja usullari ishlab chiqila boshlandi. Bu o'rinda shuni aytib o'tish kerakki, «Tashqi tibbiyot», ya'ni har xii muolaja usullari kasallikni o ‘zi yo'qotmaydi. U, «lchki tibbiyot kasallikni yenga olishi uchun unga zamin tayyorlaydi. Hippokrat shuni ta'kidlab, «Tabiat davoiaydi, tabib unga yordam beradi, deb yozgan edi Bu yerda Hippokrat «tabiat» deganda oiganizmning o ‘z tabiatini, uning kasalliklaiga qarshi kurashish xususiyatini ko‘zda tutgan edi. Shunday qilib, «Tashqi tibbiyotni rivojlantirish ya'ni har xil muolaja usullarini topish va ishlatish zaruriyati kelib chiqqan. Tarixiy ma'lumotlarga koTa oddiy muolaja usullari hali yer yuzida insonlar paydo boMmasdan oldin ham ma'lum boMgan. Masalan, ba'zi hayvonlar tabiatda shifobaxsh o'simliklar borligini bilganlar va ulardan foydalanganlar.Buni biz biror sabab bilan tanasi jarahatlangan hayvonlaminig xatti-harakatlaridan korishimiz mumkin. Bu haqda tibbiy tarixiy adahiyotda ko‘p misollar keltirilgan. Masalan, tabiatshunos olim Y. Rotsiusning yozishicha og'zida yarachaqalar paydo boMgan bir gibbon (kichik odamsimon maymun) o'rmondan bir shifobaxsh o‘simlik topib kelib, uni xamirsimon holatga kelguncha chaynagan, so'ng bu «muolaja»ni yana bir necha marta takmrlagan. Shundan keyin ko‘p o'tmay gibbonning og'zidagi yara-chaqalar tuzalib ketgan. Jarohatlangan bir quyon esa o'rmondan yopishqoq o'rgimchaklami topib kelib, ulami ezib tanasinmg jarohatlangan joyiga surtgan. MaMum boMishicha bu o'rgimchaklaming tanasida og'riq qoldiruvchi va qon oqishini to'xtatuvchi modda bor ekan. MaMumki, bezgak kasalligini tuzatuvchi hina dorisi Amerikadan keltirilgan Bu dori Hina,deb ataluvchi daraxtning po'stlog'idan olinadi. Hinani Amerikalik hindular topgan ekanlar. Hindular hina daraxtining po‘stiog‘i bezgak kasalligini tuzatuvchi xususiyatga ega ekanligini puma (yovvoyi mushukning bir turi) dan bilib olgan ekanlar. Hindularning kuzatishicha, bezgak bilan og'rib qolgan pumalar hina daraxtining po‘stlog‘ini chaynarekanlar. Shimolda yashovchi xalqlarning kuzatishicha, uzoq masofani yugurib bosib charchagan bug'ular levzey nomli o‘simlikning ildizini topib chaynar ekanlar. Ma'lum bo`lishicha, bu o‘simlikning ildizida kuch-quvvat beruvchi modda bor ekan. Taniqli kimyogar olim, akadem ik S.Y.Y un usovning yozishicha, unga Zarkentlik Turob tabib ismli bir kishi o‘zi ko'rgan qyidagi hodisani so'zlab bergan ekan: bir ilon tasodifan tog'dagi qoyaning teshigiga boshini suqihdi. U yerda arilaming ini bor ekan. Bu «kutilmagan mehmon»dan bezovta boMgan arilar ilonga hujum qilib, uni chaqib gavdasini sbishirib yuboribdilar. Ilon bir necha daqiqa karaxt bo`lib qolibdi. So‘ng o'ziga kelib, tezda soy tomonga tushib u yerdan sabzi bargisimon bir o'simlikni topib chaynab yuta boshlabdi Shundan keyin bir oz vaqt o'tgach ilonning gavdasidagi shish yo'qolibdi va u hech narsa bo'lmagandek o‘z yo'lida davom etibdi. Ilonning gavdasidagi shishni yo‘qotgan o'sim lik erman (absintin) ekan. Abu Ali ibn Sinoning «Tib qonunlari kitobi»da erman «og‘riqni qoldiruvchi va shishni yo‘qoluvchi shifobaxsh o‘simlikdir» deyilgan. Yuqoridagi hodisa shuni ko'rsatadiki, ilonlar shifobaxsh o'simliklami bilar ekanlar. Hayvonlar issiqlik manbaidan bam davo sifatida foydalanar ekanlar. Bu haqda men o'zim quyidagi hodisaning guvohi bn'ldim. (Jyimizda bir mushuk bor edi. Bir kun kimdir uni urih,hir oyog'ini mayib qilib qo'yibdi. Mushuk uch oyoqlab, oqsoqlanib yura boshladi. Men uni qo'limga olib qarasam, oldingi o ng oyog'i shishib kctibdi. Mushuk shu ahvolda bir necha kun oqsoqlanib yurdi. So‘ng mayih bolgan oyog‘ini davolash yo'lini topib oldi. Qish vaqti edi. Bir kun men yuvinish uchun vannaxonaga kirsam, mushuk isitish sistemasining tagiga yotib olib, mayib oyog'ini ikki radiator orasiga qoyib isitib yotibdi. Shu tariqa mushuk tahminan ikki hafta davomida bu prosidurani davom ettirdi. Shundan so‘ng uning shikastlangan oyog'i 1uzalib,to‘rt ovoqlab yurib ketdi. Bu voqeadan men juda hayratlandim. Demak, mushuklar «issiqliq terapiyasio dan foydalanishni bilar ekanlar. Hayvonlarda kasallik holatida bir'birlariga yordam berish instinkti ham mavjud. Bu haqda X V III asrda yashagan Sayyid Muhammad Hasrat ismli bir hakim quyidagi misolni keltirgan: «Daryo bo'yiga ikki qush kelib qo'ndi va ulardan biri tumshug'i bilan daryodan suv olib. ikkinchi (kasal) qushning orqa leshigiga yubora boshladi. U shu usul bilan kasal qushning ichagini bir necha marta yuvdi Shundan song ular uchib ketdilar. Sayyid Muhammad bu misolni keltirib, «odamlar huqna (klizma) qilishni qushlardan oiganganIar», deb yozgan. Yana bir misol: bir ona it o'zining sovuq qotib, o‘lim darajasiga borib qolgan 4ta bolasini galmagaldan bir necha soat yalab, ya'ni massaj qilib, tiriltigani ma'lum. Jarohatlanganda yoki biror kasallik holati paydo bo'lganida davolanish ayniqsa maymunlarda yuqoriroq rivojlangan. Bu tabiiydir. Chunki maymunlar idrok qilish jihatidan boshqa hayvohlarga nisbatan yuqori turadilar. Maymunlarning o‘z bolalariga qanchalik mehribon ekanliklarini zooparklarda hammamiz ko'p ko'rganmiz. Ba'zi jonzotlar ifloslik zararli ekanligini ham biladilar. Masalan, qaldirg'ochlar o‘z uyalarini hech iflos qilmaydilar. Ulaminig bolachalari uylarini iflos qilmaslik uchun orqa teshiklarini tashqariga chiqarib turib, ichlarini bo'shatadilar. Arhidey nomli qush ham juda ozoda tabiatli jonzotdir. U uyasini hech iflosqilmaydi. Doim uni tozalab turadi. Janubiy Amerikaning qalin o'rmonlarida kichik sharsharalar yaqinida chayqabyer, deb ataluvchi hayvonlar yashaydilar. Bular ozodalikda qaldirg'ochlardan ham, arhideylardan ham o‘tib ketganlar. Chayqabyerlar o‘z ozuqalarini oqib turgan suvda chayib, tozalab song og'izlariga oladilar. Hayvonlar jarohatlanish yoki kasallik holatida davolanish kerakligini bilsalar ham, ularda «o‘lim», «o‘lish» degan tushuncha yo‘q. Masalan, ko'pincha shunday holni kuzatish mumkin: Biror hayvon o‘z bolalarini xavfsizroq va qulayroq joyga ko'chirishda tirik bolalari bilan bir qatorda o'lib qolgan bolasini ham tishlab ko'tarib olib borib, yangi joyga o'rnashtirib qo'yadi. Uni o'lib qolganligini bilmaydi. Hayvonlarda davolanish va bir-birlariga yordam berish qadim zamonlarda, yuqorida aytib o'tganimizdek, hali insonlar paydo bo‘lmasdan oldin kelib chiqqan bo'lsa ham ularning «tibbiyoti» rivojlanmay qolgan. Hayvonlar faqat «qo‘l yordamida» amalga oshirilishi mumkin boMgan muolajalarni qila oldilar, xolos. Masalan, yangi tug‘ilgan bolachasining kindigini tishlab uzish, tanaga kirib qolgan yot narsalami (masalan, zirapchani) tishlab chiqazib tashlash. .larohatlangan joyni yalab qon oqishini to'xtatish, ba’zi shifobaxsh o'simliklardan foydalanish va h.k. Hayvonlar «tibiyotining» bunday rivojlanmay qoilishining asosiy sababi shu ediki, ularqurol ishlatishni o'rgana olmadilar Qurol ishlatmasdan turib, birorsohani takomillashtirish va rivojlantirish mumkin emas. «Odamlar tibbiyoti»ning kelib chiqishi va rivojlanishi masalasida turlicha fikr mavjud. Ko'pchilik tibbiyot tarixchilari yaqin vaqtlargacha odamlar muolaja usuliarini hayvonlardan,xususan, odamsimon maymunlardan o'rganganlar, degan fikrda edilar. Lekin,bu fikr isbot etilmadi. Ma'lum ki, maymunlarning, ayniqsa shimpanzening gavda tuzilishi va intellektual qobiliyati odamlamikiga yaqinroq turadi. K o‘p olimlar shunga asoslanib, odam maymundan kelib chiqqan va hamma ko‘nikmalarni maymundan o'rgangan, degan fikrda edilar Bu fikr to‘g‘ri bo'lib chiqmadi. Bir hayvonning ikkinchi bir hayvonga aylangani hech qachon kuzatilgan emas. Bo‘ri hamma vaqt bo‘riligicha, ayiq — ayiqiigicha qolavergan. Shuningdek, maymun ham (shu jumladan odamsimon maymun ham), maymunligicha qolgan. U hech qachon odamga aylangan emas. Binobarin, odam maymundan kelib chiqqan va barcha ko'nikmalami maymundan o'rgangan, degan fikrasosli emas. Antropologiya fanining so‘ngi dalillari shuni ko'rsatdiki, odam awal boshidanoq odamsimon maxluq sifatida yaratilgan. Uning odamga xos hamma asosiy belgilari boMgan. Masalan, bu maxluq ikki keyingi oyoqlarida tik yurgan. Oldingi oyoqlari (qoMlari) bo'sh bo'lgan. Ularda bir narsani ushlash uchun beshtadan barmoq bo'lgan. Idrok etish qobiliyatlari hamma hayvonlaming idrok etish qobiliyatidan yuqori bo‘lgan. Umuman bu maxluqning gavda tuzilishi hoziigi odamning gavda tuzilishiga yaqin bo'lgan. Shuning uchun antropologlar bu maxluqni aritropoid ya’ni odamsimon maxluq deb ataganlar. Antropoidning gavdasi evolutsion rivojlanish natijasida takomillashib, u haqiqiy odam qiyofasini olgan. Odamning bunday evolutsion takomillashishi ba'zi Sharq olimlariga ham ma'lum bo'lgan. Masaian, Samarqandlik mashhur olim va adib Nizom iy Aruziy Samarqandiy (Xll-asr) o'zining «Majma'an-navodir»(Nodir hikoyatlar) itomli asarida bunday, deb yozgan: «Osmon yoritgichlari»ning ta'siri ostida havo va suv ishtirokida dastlab tabiatdagi jonsiz narsalar paydo bo‘ldi. So ‘ng ko'p zamonlar o'tganidan keyin turli o‘simliklar kelib chiqdi. Hayvonlardan birinchi bo‘lib yomg'irchuvalchangi paydo bo'ldi. Oxirida esa nasnos (odamsimon maxluq) kelib chiqdi. Nasnos shunday maxluqki, uning qomati tik, qaddi alifdek, tirnoqlari enlidir Bu maxluq ko‘p jihatdan odamga o'xshaydi. Hoziigi odamlar shu nasnosdan kelib chiqqanlar». Nasnosning muolaja usullariga to'xtalib, Aruziy bunday deb yozadi: «u po‘lat, brinj, mis, qo‘rg‘oshin va qaiaydan uy anjomlari va qurol-yarog'lar tayyorladi. O ‘simJiklar olamidan yemish, kiyimkechak va paloslar bunyod etdi. Hayvonot olamidan esa minish va yuk tashishni yuzaga chiqardi. Bu uchta olamning (omilning) hammasidan esa dori-darmonlami ajratib oldi va ular bilan muolaja qildi». Bu yerda Aruziyjuda muhim bir dalilni, ya'ni nasnosning qurol ishlatganligini ko'rsatgan. Ma'lum ki, inson aynan qurol ishlatish tufayli hayvonot olamidan ajralib chiqqan. Antropoid maymunga nisbatan muolaja usulidan kengroq foydalangan. U qurol yordamida maymun qilolmaydigan muolaja usullarini ham amalga oshitgan. Antropoidlar qanday muolaja usullaridan foydalanganlari va qanday shifobaxsh o'simliklarni ishlatganlarini aniq aytish qiyin. Lekin, antropoidlaming muolaja usullari va ular ishlatgan shifobaxsh o'simliklarning xillari eng yuqori darajada rivojlangan odamsimon maymunlarnikiga nisbatan ancha yuqori bo'lgan Fikrimizcha antropoidlar dasl lab og'riq qoldiruvchi, kayf beruvchi, ich ketishni to'xtatuvchi. yara-chaqalarni tuzatuvchi dorivor o'simliklardan foydalangan bo'lsalar kerak. Bu dorilar o‘z tabiiy holida ishlatilgan, ya'ni ulami chaynab yutganlar. Odamsimon maxluqlar tabiatda shifobaxsh o'simliklar borligini oldindan bilgan emaslar. Ular ovqat qidirish jarayonida tabiatda shifobaxsh o'simliklar borligini bilib olganlar. So‘ng zarur bo'lib qolganida bu o'simliklami izlah topib ishlatganlar. Dorivor o'simliklami topish va ulardan foydalanish juda uzoq vaql davom etgan. Birshifobaxsh O‘simlik topilganidan so‘ng ikkinchisini topish o'rtasida asrlar o'tgan, chunki. antmpoidlaming «laboratoriyasi» tabiatning o‘zi bo'lgan. Tabiatning sir-asrorlarini bilib olish esa bu maxluqlar uchun oson ish bo‘ 1 magan. Bunda ko'proq tasodif rol o'ynagan. Masalan, biror joyi og‘rib tuigan maxluq tasodifan og‘riq qoldimvchi o'simlikni yeganida undagi og'riq to'xtab qolgan. So‘ng esa biror joyi ogTiganida shu o‘simlikni qidirgan. Ichi ketayotgan maxluq bir vaqt uning ichini to'xtatgan o'simlikni qidiigan. Shunday qilib, qadamba-qadam dorivor o'simliklar topila borgan. Q o‘1 bilan amalga oshiriladigan muolaja usullariga kelsak, odamsimon maxluqlar tugTuq paytida ayolga yordam berish, tug'ilgan chaqaloqning kindigini kesish va bog'lash, jarohatlangan joydan oqayotgan qonni to'xtatish va uni boglash kabi muolajalami qilganlar. So‘ng esa bu usullar takomillashib, rivojlanib boigan. Masalan, ilgari chaqaloqning kindigini tishlab uzgan bolsalar, keyinchalik bu maqsad uchun qirrali toshdan foydalanganlar. Qirrali toshlami tananing biror joyida to'planib qolgan yiringni chiqarib yuborish uchun ham ishlatganlar. Keyinchalik bu maqsad uchun ochiq tabiatda topiladigan metallardan foydalanganlar. Muolajada qirrali tosh (toshpichoq) ishlatila boshlagan kunni «odam tibbiyoti ning paydo bo‘lgan kuni deb atash mumkin. Bu «tibbiyot» asta-sekin rivojlanib va takomillashib borib, hoziigi zamon tibbiyoti darajasiga yetdi. O ‘zbekiston hududida ham tibbiyot shu yo‘lni bosib o‘tgan. Buni arxeologik materiallar va tibbiy-tarixiy adabiyot isbot etadi. Respublikamizdagi arxeologiya muassasalari va ilmiy-tadqiqot institutlarida bunday materiallar juda ko‘p. Dastlabki muolaja usullarining ishlab chiqilishi Tarixiy ma'lumotlarga ko'ra O ‘zbekiston hududida tibbiyot insoniyat jamiyati taraqqiyotining dastlabki bosqichida, ibtidoiy jamoa davrida kelib chiqqan. Tibbiyotga o ‘sha davrda yashagan antropoidlar (odamsimon maxluqlar) asos solganlar. Hozirgi O‘zbekiston hududida antropoidlaming suyaklari Faig'ona viloyatidagi Selengurg'oridan topilgan. Arxeologlaming aniqlashicha Selengurda topilgan antropoid bizdan 8OO — 7OO ming yil muqaddam yashagan ekan. Demak, bizning tibbiyotimiz 8OO — 7OO ming yillik tarixga ega Antropoidlar tashqi qiyofalari jihatdan hali unchalik odam ko'rinishni olmagan maxluq boiganlar. Idrok etishda ham ular odamlardan yiroq edilar. lekin maymunlarga nisbatan ancha yuqori rivojlangan bolganlar. Tarixdan maiumki, ibtidoiy odamlar birinchi boiih qurol ishlata boshlaganlar. Qurol ishlatish natijasida antropoidlaming muolaja usullari tez rivojlana boshladi. Boshqa hayvonlaida esa muolaja usullari shakllanmay qolgan. Antropolog olimlaming yozishlaricha, antmpoid tipigakimvchi maxluqlardan birinchi boiib avstralopiteklar* qurol ishlata boshlaganlar. Ammo, ulaming ishlatgan qurollari oddiy tayoq, hayvonlaming suyagi va ishlov berilmagan toshdan iborat boigan, Bu qurollar bilan biror murakkabroq ishni bajarish mumkin emas. Binobarin. avstralopiteklar ishlatgan oddiy qurollar bilan muhimroq muolaja qilib boimagan. Shuning uchun avstralopitek laming muolaja usullari odamlamikidan ko'ra, ko'proq maymunlamikiga yaqinroq bolgan Anlropoid tipiga kiruvchi maxluqlardan gavda tuzilishi va idrok etish jihatidan avstralopitekka nisbatan yuqoriroq rivojlangan maxluqlar pitekantroplar (maymun odamlarjdir. Pitekantroplarni «homo erektus, ya'ni «tik yuruvchi odam», deb ataganlar. Bu maxluqlaming intellektual qobiliyati ham yuksakroqdir. Pitekantroplar avstralopiteklarga nisbatan har xil qurollardan kengroq foydalanganlar. Ba'zi antropologlam ing fikricha, pitekantroplar birinchi bo'lib, qurol yasay boshlaganlar. Xususan, ular toshpichoq (o'tkir qirrali qilib kesilgan tosh), toshbolta, toshto'qmoq yasaganlar. Ularshu qurollardan muolaja maqsadida foydalangan bo‘lishlari ham mumkin. Masalan, tananing biror joyida, teri ostida yig‘ilib qolgan yiringni kesib chiqarib yuborish, yangi tug'ilgan chaqaloqning kindigini kesish va h k. O'zbekiston hududida topilgan Selengur odamining gavda tuzilishi va idroki pitekantropnikiga yaqin bo'lgan, balki undan ham yaxshiroq rivojlangan. Demak, Selengur odami pitekantrop bajaigan hamma ishlami qila olgan. Binobarin, Selengurodamining muolja usullari ham ancha yuqori bo'lgan. Tarixiy rivojlanishda pitekantroplardan so'ng Sinantroplar (Xitoy odamlar) davri boshlanadi. Ru maxluqlar o‘z gavda tuzilishi va idroki jihatidan pitekantroplarga nisbatan ko'proq rivojlangan bo'lganlar Ko'pchilik antropologlaming fikricha, sinantroplar qurol yasashdajuda mohir bo'lganlar. Ularancha takomillashgan qulay va nozikroq qurol yasay olganlar. Bu qurollar bilan esa ba'zi murakkabroq muolaja qilish imkoniga ega bo‘lganlar. Masalan, o'tkir qirrali qilib yasalgan tosh yoki suyak bilan qattiq jarohatlanib, osilib qolgan biror a'zoni (qo‘l yoki oyoqni) kesib tashlash. Yoki suyakdan yasalgan igna bilan oyoq ostiga kirib qolgan zirapchani chiqarib olish va h.k. Antropoidlar hayvonot olamidan ajralibv chiqib, haqiqiy inson qiyofasiga ega bo‘lgunlaricha yana bir necha bosqich rivojlanish yo'lini bosib o'tdilar. Xususan, ular sinantroplar bosqichidan keyin atlantiroplar, so'ng heidelherglar va olduvaylar bosqichini O‘tdilar. Shu uchala davr antropoidlarini birlashtirib, ulami arxantroplar, deb atadilar. Arxantroplardan alohida ahamiyatlisi olduvaylardir. Bu xil antropoidlar boshqa turlarga nisbatan idrokliroq bo'lganlar Shuning uchun ularni «Homo habilis ya'ni «Uquvli odam», deb ataganlar. Bular boshqa anlropoidlardan birinchi galda o'zlarining idrok etish qobiliyatlari bilan ajralib turganlar. Tashqi qiyofalari ham haqiqiy odamga juda yaqin bo'lgan. Xatti-harakatlari va yashash tarzlari hayvonlarnikidan tamomam ajralib chiqib, insonlarnikiga yaqinlashgan. Har xil muolaja usullarini qollashda ham olduvaylar boshqa antropoidlarga nisbatan uquvliroq bo'lganlar. Bu yerda eng muhimi shuki. olduvaylar muolaja usullarini qo'llashda faqat instinktiv harakat qilmay, o‘z idrokini ham ishga solganlar. Masalan, qanday kasallik holatida qaysi usul va qanday dorivor o'simlik ko'proq yordam berishini ajrata boshlaganlar. Demak, olduvaylar turli xil o'simlik tudicha xususiyatga ega ekanligini bilganlar. Antropogenes (odamning kelib chiqishi) jarayonining navbatdagi bosqichida antropoidlar (odamsimonlar) paleoantroplar (qadimgi odamlar)ga o'tdilar. Bular hamma jihatdan hozirgi zamon odamlariga juda o'xshash bo'lganiar. Bu yerda shuni ko'rsatib o'tish kerakki paleoantropning yuzaga chiqishi antropoidning paleoantropga aylanishi emas, balki antropoidning o'zida mavjud bo'lgan odamlarga xos xususiyatlaming rivojlanishi va takomillashishi natijasidir Paleoantroplamingsuyagi birinchi marta Germaniyaning Neandertals vodiysida topilgan edi. Shuning uchun bu maxluqlarni neandertalslar, deb atadilar. Neandertalslar bizdan 1OO OOO yil muqaddam yashaganlar. Bizda neandertalslamingsuyagi Surxondaryo viloyatida, Boysun tog'idagi Teshik to‘sh g'oridan topildi. U 9 yashar bolaning suyaklari ekan. Neandertalslar tashqi ko'rinish jihatidan odam qiyofasini olgan bo'lsalar ham, ba'zi jihatdan odamdan farq qilganlar Masalan, ularning manglayi pastga qiyalab tushgan. Qoshining tepasi bolishsimon bo'lib, bo'rtib chiqqan, jag‘ suyagi katta, tishlari yirik. Boshining hajmi esa o'zidan oldingi antropoidlarnikidan ancha kattadir. Neandertalslarda idrok etish bilan biiga oddiy abstrakt fikrlash qobiliyati ham paydo bo'lgan. Masalan, ular qurol yasashda uning shakli qanday bo'iishi kerakligini oldindan fikran belgilab olganlar. Arxeologlar neandertalslar yashagan qarorgohlardan 6O xilga yaqin turli tosh qurollarini topganlar. Ammo, ular bu qurollarorasida muolaja maqsadida ishlatilganlari bor yoki yo'qligini ko'rsatmaganlar. Fikrimizcha shunday qurollar bo'lgan, albatta. Amrno, by qurollar toshdan yasalgan bo'lganligi uchun ulardan Toydalanish imkoniyati unchalik keng holmagan. Insonlar taraqqiyotida paleoantropdan so'ng mezantroplar (oraliq odamlar) davri boshlanadi. Bu davr 5O— 4O ming yilni o‘z ichiga oladi. Bunday odamlaming suyaklari birinchi marta Fransiyaning Kramanyon nomli g'oridan topilgan. Shuning uchun ularni kromanyon odami, deb ataganlar. Bizda kromanyonlaming suyagi 193O - yilda Samaiqand shahrining markazida, Ko'lbog' degan joydan topildi. Antropologlaming fikricha kromanyonlar neandertalslarga nisbatan baland bo‘yli, yelkalari keng, jismoniy jihaldan kuchli bo'lganlar. Idrok etish jihatidan ham kromanyonlar ncandenalslarga nisbatan ancha yuqori turganlar. Kromanyonlar ko‘pxo‘rakli maxluq bo'lganlar. Ular juda ko‘p xil O‘simliklami iste'mol qilganlar. Shuning uchun bular neandertalslarga nisbatan ko'proq shifohaxsh o'simliklami hilganlar. Binobarin, Kromanyonlar ishlatgan o‘simliklaming soni ham ko‘p bo‘lgan. Kromanyonlar o ‘z gavda tuzilishi, idroki va yashash tarzi jihatdan hozirgi zamon odamlariga ancha yaqin turganlar. Qurol yasashda katta maxoratga erishganlar. Ular birinchi boMib, o‘q va o'qyoy (kamon) ixtiro qilganlar. Buning natijasida kramonyonlaming go'sht iste'mol qilish chegarasi kengaygan. IJIar kattaroq hayvonlarni ham uzoqdan turib kamon bilan otib, ulamning go‘shtini iste'mol qilganlar. Kramanyonlarerishgan muhim natijalardan biri shu bo'ldiki, ular hirinchi bo'lib, ba'zi hayvonlarni «uy sharoiti»ga o'igata boshladilar. Bizning hududimizda yashagan kramonyonlar «uy sharoiti»ga dastlab qo‘y, echki va sigirni, so‘ng otni o'rgatganlar. O ‘sha zamonda ziroal ishiga ham qadam qo‘yilgan. U vaqtdagi odamlar tabiatdagi mavjud tayyor yemishlami yig‘ib, terib iste'mol qilish bilan cheklanib qolmay, o'zlari ba'zi o ‘simliklami ekib o'stira boshladilar. Shunday qilib, kramonyonlar har xil kasallik xolatlarini davolashda turli o'simliklaidan keng foydalana boshlaganlar. Mezantroplardan so‘ng neoantroplar (yangi odamlar) davri keldi. Bu antropogenez jarayonining oxirgi bosqichi edi. Neoantroplar insonga xos bo‘lgan hamma xususiyatlarga ega bo'lganlar. Antropologlar ulami «homo sapiens» (ftkrlovchi odam), deb atadilar. Bizda bunday odamlaming suyaklari hirinchi marta Samanqand viloyatinipg “Tog"li qoratepa massivida topildi. Bu odam qabrga ko'milgan ekan. Demak, neoantroplar o‘lgan odamning jasadini ko'mish kerakligini bilganlar.
Neoantroplar hayotidagi eng muhim o'zgarish shundan iborat bo‘ldiki, ular o'zlari uchun turar-joy qurishni bilib oldilar. Bu asosan atrofi toshlar va daraxt shohlari bilan o'rab olingan chayladan iborat edi. Bunday chaylalarni ko'proq daryo bo'ylarida (baliq tutish uchun\chakalakzor o‘rmonlarda (hayvonlami oviash uchun) qurganlar Neoantroplar ish quroli yasashda ham yangilik kiritdilar. Ular utsa sinib ketmaydigan juda qattiq tosh jinslaridan (masalan, nefrit, yashma) qurol ishlay hoshladilar. Bu toshlarga ishlov berishda o'tkirlash va silliqlash usullaridan foydalandilar. Shunday yo'l bilan toshdan bo‘lsa ham o'tkir, silliq va qulay qurollar yasaganlar. Shubhasizbu qnrollardan muolaja maqsadlarida ham foydalanganlar Neoantroplar hayotidagi yana bir muhim yangilik sopol buyumlar kashf etilishi ho‘ldi. O ‘sha davr kishiiari sopol idishlarda ovqat pishirish bilan birga ba'zan dorivor o‘simliklarni qaynatib, ulardan qaynatmalar va damlamalar tayyorlay boshladilar. Shunday qilib, doridan foydalanishning yangi usulini — qaynatma va damlama tayyorlashni ham bilib oldilar. O'sha zamon kishilarining hayotini tubdan o'zgartirib yuhorgan omillardan biri olovning kashfetilishi bo'ldi. Birinchidan, kishilar olovdan foydalanib yer yuzining hayvonlar va o'simliklar ko‘proq bo‘lgan shimolmq hududlarida ham yashay boshladilar. Ikkinchidan olov odamlarning oziq-ovqat mahsulotlaridan foydalanish usullarini ham o'zgartirib yubordi. Ilgari go'sht xomligicha yeyilgan bo‘lsa, endi u olovda pishirib yoki suvda qaynatib iste'mol qilinadigan bo‘ Idi. Tabiiyki, go‘sht olovda yumshoqmq va mazaliroq bo'lih pishadi. Biz hozir yeydigan kabobni o‘sha neoantroplar kashf etganlar, desak xato bo‘lmas. Olovda pishirilgan, ayniqsa, qaynatilgan go'sht oson va tez hazm bo'lib, me'da va ichaklarga qattiqbotmaydi. Binoharin, olovda pishirilgan go'sht iste'mol qilgan neoantroplar me'da-ichak kasalliklarga kamroq duchorbo'lganlar. Olovning kashf etilishi tibbiiyotning rivojlanishida juda muhim ahamiyatga ega bo'ldi Insonning antropoid sifatida dunyoga kelib, toki hamma jihatdan inson qiyofasini olgan neoantroplargacha rivojlanih o'tgan davrini antropologlar tosh davri, deb ataydilar. Bu davr 2 milliort 5OO ming yilni o‘z ichiga oladi. Uzoq davom etgan bu davrda insoniar uchun asosiy ish quroli tosh bo'lgan Tosh yordamida biror muiakkabroq muolaja usulini amalgaoshirish mumkin emas. Buning uchun ancha takomillashgan quml kerak. Toshni esa takomillashtirib (unga ishlov berib) boMmaydi, u sinib ketadi. Shuning uchun tosh davrining «tibbiyoti* ba'zi ijobiy natijalaiga erishgan bo'lsa ham Juda past darajada rivojlangan edi. Tosh davridan so'ng bronza davri kelgan. Odamlar togMarda va ochiq dalalaida toshga o'xshagan, lekin ursa sinmaydigan ma'danlar mavjudligini sezib qolganlar va ulardan foydalana boshlaganlar. Xususan, har xil shakl va o'tkirlikdagi buyumlar yasab, ulami ishlatganlar. Bu topilmalaming ko‘pchiligini mis (yunoncha — enus) tashkil etgan. Birinchi yasalgan buyumlar va qurollar shu misdan ishlangan. Shuning uchun bronza davrining daslabki bosqichini eneolit (mis davri), deb ataganlar. So‘ng misga boshga metallar (qalay, qo‘rg‘oshin) qo'shib ishladilar va unga bronza, deb nom berdilar Bronza qattiqlik va yumshoqlikda juda qulay metal bo‘lib, undan turli shaklda va turli o'tkirlikda qurollar va asboblar yasash mumkin bo‘lgan. Tibbiy muolaja asboblarini ham bronzadan ishladilar. Xususan, jarrohlik pichoqlari, qaychilari, naychalar, ignalar, suyak kesadigan va qiradigan iskanalarshu bronzadan yasaldi. Bular yoidamida ancha murakkabroq jarrohlik nperatsiyalarini bajara oldilar. Masalan, bosh suyagini Irepanatsiya qilish, o‘zi tug'olmagan ayolning qomini yorib, bolani chiqarib olish, kuchli jarohatlangan a'zoni (qo‘l yoki oyoq) kesib tashlash va h.k. Shuning uchun bronza davriga kelib, muolaja ishlari. ayniqsa jarrohlik ko'proq rivoj topdi. Jarrohlik muolaja usullarini ishlab chiqishda qurol ishlatish hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ldi. Dastlabki muolaja usullari ishlab chiqilgandan so'ng tibbiyot rivojlanishda davom etib, alohida kasb sifatida shakllandi. Tibbiyotning kasb sifatida shakllanishi Tibbiyot ibtidoiy jamoa davrining matriarxat bosqichida kelib chiqqan, birinchi «tabiblar» ayollar bo'lganlar. Tarixiy dalillar shuni tasdiqlaydi. Ma'lumki, ibtidoiy jamoa davrining matriarxat bosqichida oila va qabilaga ayollar boshchilik qilganlar. Binobarin, ular o‘z oila va qabila a'zolarining hayoti va sogMigi haqida g‘amxo‘rlik qilishlari zarur bo'lgan. Shunga ko‘ra ayollar tibbiy yordamga muhtoj bo‘lgan!ami muolaja qilganlar. Masalan, tug'ayotgan ayolga yordam berganlar, tug‘ilgan chaqaloqning, kindigini bogMaganlar va kesganlar, jarohatlanganlaming jarohatini bog'laganlar, jarohatdan oqayotgan qonni to'xtatish chorasini ko‘rganlar, bemorlarni parvarish qilganlar va h.k. Shifobaxsh o'simliklarni ham birinchi bo'lib, ayollar topib ishlata boshlaganlar Ibtidoiy jamoa kishilari ko'proq hayvonlami ov qilish bilan shug'ullanganlar. Bu ishda ayollar kamroq qatnashganlar. Ular ko‘pincha o‘z qarofgohlarida qolib, yaqin joylardagi o'rmonlardan harxil yegulik va shifobaxsh o'simliklarni yig‘ib kelih,ulardan foydalanganlar. Shunday qilib, tibbiyotni ayollar boshlab herganlar. llgari tibbiyot tarixchilari o'rtasida tabobatning asosini bizdan yuz ming yil muqaddam yashagan neandertalslar solganlar, degan fikr hukum surardi. Lekin, arxeologik — ashyoviy dalillar shuni ko'rsatdiki tibbiyotning asosini neandertalslardan ancha oldin yashagan antropoidlar solgan ekanlar. Neandertalslar tibbiyotni kashfetgan emaslar. Ular ilgari ma'lum bo‘1gan muolaja usullarini rivojlantirdilar, xolos. Neandertalslar hayotidagi eng katta kashfiyot shu bo'ldiki, ular o‘zaro munosabatlarida bir-birlari bilan tovush chiqarib sozlashni o ‘iganib oldilar. Bu esa o‘z navbatida tibbiyotni tez rivojlanishi uchun imkon yaratdi. Bemor uni davolayotgan kishiga o‘z kasalligi haqida so'zlab berish imkoniyaliga ega bo'ldi. Davolovchi esa shunga qarab, kasallikni oson aniqlash va davolash imkoniyatiga ega bo'ldi. Shunday qilib, neandertalslar tibbiyotni yana bir qadam yuqoriga ko'tardilar. Ular tibbiyotda ishlatiladigan shifobaxsh o'simlikiarning sonini ham ko'paytirdilar. Ibtidoiy odamlar zaharli moddalardan ham foydalanganlar. Oddiy kamon o ‘qi bilan yirik hayvonni (masalan, fil, mamont, timsox va h. k.) O‘ldirib bo'lmaydi. Bunday holda o‘q uchiga zaharli o'simliklardan olingan suyuqliqri surtib otganlar. Afrika qit'asida yashovchi hozirgi ba'zi qabilalarbu maqsad uchun o‘zida kurare yoki strofantin saqlovchi o'simlikdan olingan suyuqliklardan foydalanadilar. Ehtimol qadimgi odamlar ham shularni Ishlatgan bo'lsalar kerak. Shu yuqorida keltirilganlaming hammasi matriarxat davri tibbiyoliga taalluqlidir. Matriarxat tibbiyotining asosiy xususiyati shundan iboratki, bu davrda tibbiyot hali kasb sifatini olmagan edi. Oila yoki qabila boshlig‘i zarurboMib qolganida jarohatlangan yoki kasallikka uchragan kishini davolah, boshqa vaqlda o ‘z ishi bilan shug'ullanardi. Kishilik jamiyati taraqqiyotining m a'lum davriga kelib matriarxat patriarxat bilan almashdi Erkaklar m oddiy boyliklami o‘z qollariga oldilar. Buning natijasida ularoila va qabilada yetakchi mavqeini egalladilar. Oila va qabilaning hayoti va sog'ligi haqida qayg‘urish ham erkaklar zimmasiga tushdi. Shuning uchun ular muolaja ishlari bilan shug‘ullana boshladilar Odatda bu isb bilan ko'proq yoshi ulug'roq, katta hayot tajribasiga ega bo'lgan kishilar shug'ullanganlar. Tabiiy holda topiladigan metallardan foydalanish shu patriarxat davriga to'g'n keladi. Ulardan qurollar, shu jumladan muolaja uchun ishlatiladigan asboblar tayyorlay boshladilar. Bular yordamida anchagina murakkabroq muolaja usullari amalga oshirila boshlandi. Masalan, bosh suyagini trepanatsiya qilish (teshish), chiqqan, singanlami davolash va h. k. Bosh suyagini teshishdan maqsad «miyaga kirib olgan» kasallikni chiqarib yuborish bo‘lgan. Ibtidoiy davr odamlari, kasallik ko'proq bosh miyaga o'mashih oladi, dcb o'ylaganlar. Arxeologik tekshirishlar shuni ko'rsatdiki, hozirgi O ‘zbekiston hududida yashagan qadimgi odamlar shunday usullardan foydalanganlar. Masalan, Xorazm vilnyatida qadimgi ndamning trepanatsiya qilingan bosh suyagi topildi. Ba'zi «tabiblar» shifobaxsh o'simliklami ekib, o'stirib ulardan ham foydalanganlar. Ibtidoiy jamoa davrining oxiriga kelib, odamlar ko'chib yurishdan asta-sekin o‘troq hayot kechirishga o'ta boshladilar. Buning natijasida mehnat taqsimoti kelib chiqdi. Aw alo mehnat erkaklar bilan ayollar, kattalar (qariyalar) va yoshlar o'rtasida taqsimlandi. So ‘ng asta-sckin mehnat ayrim kasblar bo'yicha taqsimlandi. Buning natijasida turli kasblar kelib chiqdi. Davolash ishi bilan shug'ullanuvchi tajribali kishilar bu ishni o'zlariga kasb qilib oldilar. Shunday qilib tabiblik kasbi shakllangan. Lekin, bu jarayon tez va oson amalga oshmadi. Tibbiyotni rivojlantirish, yangi tashxis va davolashjisullarini ishlab chiqish u vaqtdagi odamlar uchun yengil bo'lmagan. Shunday bo'lsa ham tibbiyot asta-sekin rivojlanishda davom etdi. Tabiblarsoni ham ko'paya bordi. Tabiblik kasbi boshqa ko‘p kasblardan oldin shakllandi. Chunki odamlar juda erta, hayotga endigina qadam qo‘yganlaridayoq saiomatliklarini saqlab qolish va kasalliklardan qutilishga intilganlar, jarohatlanganlarida yoki biror kasallikka uchraganlarida qo'lidan yordam keladigan odamlarga murojaat qilganlar. Bular esa bemorlarni davolashni o‘z!ariga kasb qilib olganlar. Kasalliklarning sabablari haqidagi dastlabki tushunchalar Ibtidoiy odamlar kasalliklaming sabablarini rivojlanishining turli bosqichida turlicha tushunganlar. Insoniyat jamiyati taraqqiyotining dastlabki bosqichida (matriarxat davrida) yashagan kishilaming tabiat va unda sodir bo'lib turuvchi hodisalar haqidagi tushunchalari juda sodda (primitiv) bo'lgan Ular dunyo tashqi tomondan qanday ko‘rinishga ega bo'lsa, uni shunday tasawur etganlar. Hodisalarning ichki mohiyatini hilmaganlar va u bilan qiziqmaganlar. Kasalliklar haqida ham shunday bo'lgan. Ularbemor nima sababdan kasal bo‘lib qolgan; degan masala bilan qiziqmay, uni davolayveiganlar. Bunda davalash asosan simptomatik xaraktcrga ega bo'lgan. «Tabiblar» kasallikning sababini emas, uning alnmatlarini davolaganlar. Masalan. kishining boshi og'risa, u nima uchun og‘riyapti, deb o‘ylab o‘tirmay, og'riq qoldiruvchi, ichi ketayotgan bo‘lsa ichni to'xtatuvchi dori berganlar, xolos. U vaqtdagi «tabiblar>r)ing kasallik sababini flkrlashga idroklari ojizlik qilgan. Kishilarda abstrakt flkrlash qobiliyati paydo boMganidan so'ng ular atrofdagi hodisalar bilan qiziqa boshlaganlar va har xil hodisalarning mohiyatini bilishga intilganlar. Shuningdek, kasalliklaming ham sababini bilishga harakat qilganlar. Lekin, bu masalada ko‘p natsaga idrokiari yetmagan. Masalan, tabiatda sodir hoMib turuvchi vahimalik hodisalar (momaqaldiroq, chaqmoq, yer qimirlashi, vulqon otilib chiqisbi va h.k.) haqida fantastik flkrlar paydo boMgan. Odamlar bu hodisalarni keltirib chiqaruvchi qandaydir g'ayritabiiy kuchlar boMsa kerak, deb o ‘ylaganlar. Kasalliklar haqida ham shunday flkr yuritganlar. Masalan, kasallik paydo qiluvchi qandaydir johil kuch boMsa kerak, deb faraz qilganlar. Bunday tushunchaning eng qadimiysi feteshizm, ya'ni atrof tabiat va undagi narsalami vnhimali qilib tasawur etishdir. Bu tushunchaga binoan tabiat va undagi mavjud narsalarda qandaydir g'ayritabiiy kuch bor, shu kuch kasalliklarni ham keltirib chiqaradi, deb o'ylaganlar So'ng animizm (Intincha anima — ruh so‘zidan) tushunchasi paydo bo'ldi. Bu tushunchaga binoan dunyo son-sanoqsiz ruhlarga to'lih-toshgan. Shular har xil falokatlarni keltirib chiqaradilar. KasalIiklarni ham shu ruhlar paydo qiladi, deb o‘ylaganlar. Ruhlar hisohiga kishining o‘lib ketgan ajdodlari ruhini ham qo'shganlar. Agar kishi marhum avlod-ajdodiga nisbatan hurmatsizlik qilsa, o ‘sha marhumning ruhi kishiga har xil kasalliklar yuborib, undan o‘ch oladi, deb o ‘ylaganlar. Har xil kasalliklarni yubomvchi «johil» mhlardan tashqari, kishiga sog'liq vabaxt keltiruvchi «rahmdil» ruhlar ham borligiga ishonganlar. O ‘sha zamon kLshilarining tushunchasicha kasallik paydo qiiuvchi «johil» kuchlar odam tanasiga (ko'proq bosh miyaga) kirih olib, har xil kasallik alomatlarini (isitma ko'tarilishi, qaltirash, bosh og‘rig‘i va h k.) keltirib chiqaradi, deh hisobtaganlar. Yuqorida keltirilganlardan tashqari, yana totemizm tushunchasi ham mavjud. Bu tushuncha «totem» degan so'zdan kelib chiqqan bo‘Iib, u «mening qabilam®, degan ma'noni bildiradi. O ‘sha zamon kishilari har bir qabila ma'lum bir hayvon (totem)dan kelib chiqqan, deb hisoblaganlar. Shunga ko‘ra agar kishi o‘z totemiga nisbatan hurmatsizlik qilsa, u o‘sha kishiga kasallik yuborib, unj qiynaydi. deb o'ylaganlar. Bemorlami davolash choralari kasalliklar haqidagi tushunchalarga muvofiq olib borilgan. Bu tadbirlarasosan kishi tanasiga kirib olgan «johil kuch»ni chiqarib yuborishga qaratilgan. Aw al har xil o'yinlar, raqsga tushishlar, xushomadgo'yliklar bilan bu «kuch»ning ko'nglini yumshalib, uni bemor tanasidan o'zi chiqib ketishiga erishmoqchi bo'lganlar. Agar bu chora bilan «jnhil kuch»ni chiqarib yuborish m um kin bo'lm asa, uni zo 'rlik bilan «chiqarganlar». Bu maqsad uchun qo'rqitish usuli qollanilgan. Masalan, tanaga kirib olgan «johil kuch»ga qarshi «hujum qilish» usulidan foydalanilgan. Shu usul asosida shamonizm (afsungarlik) kelib chiqqan. «Johil kuch»ni haydash uchun shamon har xil shovqinli musiqiy asboblardan foydalangan. Bundan tashqari u «johil kuch»ni «qamchi urib haydash» usulini ham ishlatgan. O ‘zbek xalq tibbiyotida bu usul «ko‘chiriq» ya'ni «johil kuch»ni joylashib olgan joyidan ko'chirib (haydab) yuborish deb atalgan. Ibtidoiy jamoa davrining oxiri va quldorlik davrining boshida din kelib chiqdi. Shundan keyin tabiatda sodir bo'luvchi har bir hodisa diniy tushuncha bilan bog'landi. Bunday tushuncha tibbiyot sohasiga ham tarqaldi. Har bir kasallik gunnh qilgan kishiga tangri tom onidan yuboriladi, deb o'ylay boshladilar. Bemorlami ihodatxonalarda davoladilar. Shunday qilib «ibodatxona tibbiyoti kelib chiqdi. Ibodatxonalardagi davolash usullari asosan har xil duolar o'qish va diniy marosimlarni bajarishdan iborat edi. Ba’zan shifobaxsh o'simliklardar ham foydalanardilar. Ammo, bu dorilaming ta'sirini diniy nuqtai nazaridan tushunar edilar. Amaliy tibbiyotda kasalliklarning Qadimgi yunonlarning kelib chiqishi haqida tajribaga asoslangan tihbiyot xudosi Askiepiy to‘g‘ri fikrlar ham mavjud edi. Amaliy tibbiyot vakillari o ‘z kuzatishlariga asoslanib, kasallik kishi organizmiga tashqi zararli omillaming ta'siridan kelib chiqadi, degan xulosaga keldilar Bunda birinchi o'ringa turii ovqatlami qo'ydilar. Xususan, sifatsiz ovqat iste'mol qilish, och qolish yoki aksincha badxo'rlik qilish va h.k. Bunday hollarda oshqozon-ichak yo'llarida ovqat yaxshi hazm bo‘lmay ularda kasallik kelib chiqadi, degan xulosa chiqardilar So'ng iqlim, havo harorati, shamollar va boshqa tabiiy omillarga ahamiyat berdiiar. O‘zhekiston hududida yashagan qadimgi xalqlaming kasallik va uning sabablari haqidagi tushunchalari shunday edi. O‘lkamiz tibbiyoti tarixini o'rganishda uzoq otmishdagi ajdodlarimiz qanday kasalliklar bilan og‘riganliklarini bilish muhim ahamiyatga ega. Paleopatologik (qadimgi zamonlardagi kasalliklar haqidagi fan) tekshirishlar shuni ko'rsatdiki, kasallik paydo qiluvchi omillar yer yuzida tirik mavjudotlar keiib chiqishi bilan bir vaqtda paydo bo'lgan ekan. Arxeologik qazilmalar vaqtida topilgan eng sodda organizmlarda ham kasallik alomatlari topilgan. Xususan, ularda yuqumli kasalliklaming asoratlari aniqlangan Toshga aylanib qolgan ko'pgina mavjudodlarning tanasida ham travmatik shikastlanishning qoldiqlari ham kuzatilgan. Tarixiy adabiyotda neandertalslar va kromanyonlaixla kasallik alomatlari topilgani haqida ma'lumot mavjud. O'zbekiston hududida olib borilgan arxeologik tekshirishlar shuni ko'rsatadiki bizning qadimgi ajdodolarimizda har xil kasalliklar va shikastlanishlar ko‘p ho'lgan ckan. Xususan, qadimgi odamlarning suyaklarida turli somatik kasalliklar, travmalar va anomaliyalaming asoratlari aniqlangan.
IV.Xulosa
Men amaliyot oʻtash davrida o`rganmoqchi i bo`lgan mavzularim uchun o`zim uchun dars ishlanmasi yozib, mavzuga tayyorlanib kelib kundalik yuritdim . Amaliyot oʻtash jarayonida bunday qo`shimcha ma’lumotlardan foydalanish ish jarayoning sifatini yanada oshiradi. O`ylaymanki, amaliyot jarayonida axborot texnologiyalari sohasini barcha murakkabliklarini va barcha qo`llab yaxshi natijalarga erishaman.
Amaliyot haqida xulosam shuki, o‘gangan bilim va ko‘nikmalarni amaliyotda sinamasdan biror kasb egasi bo‘lish qiyin. Bunday tajriba oshirish uchun yillar davomida harakat qilinar ekan. Buning uchun esa 5yil o‘qishning o‘zi kamlik qiladi.
Yüklə 44,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin