Reja: Ichki sekresiya bezlarining umimiy tavsifi Endokrin bezlar faoliyatini o`rganish usullari Qalqonsimon bez


Qalqonsimon bez faoliyatini boshqarilishi



Yüklə 169,64 Kb.
səhifə4/6
tarix26.12.2023
ölçüsü169,64 Kb.
#197870
1   2   3   4   5   6
ichki sekresiya bezlari fiziologiyasi

Qalqonsimon bez faoliyatini boshqarilishi.

Qalqonsimon bezning faoliyatini asab va endokrin tizimlar


boshqarib boradi. Simpatik asab tizimining bezga keladigan tolasi


qo'zg'atilganda bezning giperfunksiyasiga xos belgilar kuzatiladi,


chunonchi, ko'z cho'qqayib, qorachig'i kattalashadi, asosiy almashinuv


kuchayadi. Parasimpatik nerv tolalari esa bez faoliyatini susaytiradi. Shu


bilan birga, bosh miyada qo'zg'alish jarayonlari ustun turganda bez


faoliyati kuchaysa, tormozlanish jarayonlari boshlanganda bez faoliyati


susayadi. Qalqonsimon bez faoliyatining boshqarilishida gipofizning oldingi qismidan ajraladigan tireotrop gormon qalqonsimon bezning


faoliyatini boshqarishda ishtirok etadi, - tireoglobulinning

parchalanishini, gormonlarning sintezlanishini, ularning bezdan qonga


o'tishini va bezga yod kelishini kuchaytiradi. Gipofiz esa gipotalamus


bilan mahkam bog'langan bo'lib, ikkalasi yaxlit tizimni tashkil etadi, deb


yuqorida aytilgan edi. Binobarin, qalqonsimon bez faoliyatiga asab


tizimi bilan va endokrin tizim chambarchas bog'liq holda, ta'sir


ko'rsatadi. Miya po'slog'i ham qalqonsimon bezga gipotalamus - gipofiz


tizimi orqali ta'sir ko'rsatadi. Buni quyidagi misoldan ko'rishimiz


mumkin: qalqonsimon bezning nerv aloqalari uzilsa, bu vaqtda asosiy


almashinuvni shartli reflektor yo'l bilan kuchaytirish mumkin. Ayni


paytda miya po'stlog'i gipofizdan tireotrop gormon ajralishini


kuchaytirish yo'li bilan qalqonsimon bezga ta'sir ko'rsatadi. Ammo


bezning reflektor aloqasi uzilganidan keyin gipofizning po'stloq bilan


aloqasi ham uzilsa, asosiy almashinuvni shartli reflektor yo'l bilan


kuchaytirib bo'lmaydi.





Yüklə 169,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin