Reja: Ichki sekresiya bezlarining umimiy tavsifi Endokrin bezlar faoliyatini o`rganish usullari Qalqonsimon bez



Yüklə 169,64 Kb.
səhifə1/6
tarix26.12.2023
ölçüsü169,64 Kb.
#197870
  1   2   3   4   5   6



Reja:
1. Ichki sekresiya bezlarining umimiy tavsifi


2. Endokrin bezlar faoliyatini o`rganish usullari


3. Qalqonsimon bez


4. Qalqonsimon bez faoliyatining boshqarilishi
ICHKI SEKRESIYA BEZLARINING UMIMIY TAVSIFI

Organizmdagi barcha bezlar sekretsiya xiliga qarab katta ikki guruhga: tashqi sekretsiya bezlari, ya'ni ekzokrin bezlar va ichki sekretsiya bezlari, ya'ni endokrin bezlarga bo'linadi.


Tashqi sekretsiya bezlari deb mustaqil chiqaruv yo'llari bo'lgan, o'zida hosil bo'ladigan suyuqliklar, shiralarni tana yuziga, ovqat hazm qilish kanali, siydik-tanosil yo'llariga yoki tashqi muhit bilan tutashgan boshqa bo'shliqlarga ajratadigan bezlarga aytiladi. Ichki sekretsiya bezlari, ya'ni endokrin bezlar deyilganda esa mustaqil chiqaruv yo'llari bo'lmagan bezlar tushuniladi. Shu sababli bu bezlar o'zida hosil bo'ladigan oz miqdordagi biologik faol moddalarni bevosita qonga, limfaga yoki to'qima oraliq suyuqlilariga ajratadi. Shu bilan birga, ba'zi organ yoki hujayralar guruhi ham ichki sekretsiya bezlari qatoriga kiradi. Organizmning boshqa organlari singari ichki sekretsiya bezlari odam va hayvonlarda evolyutsion taraqqiyotning ma'lum bosqichida, jumladan, qurtlar va yumshoq tanlilardayoq paydo bo'lgan va asta-sekin rivojlanib, takomillashgan, bu bezlar umurtqali hayvonlarda yuksak darajada taraqqiy qilgan. Odam va hayvonlarning ichki sekretsiya bezlari quyidagilardir: gipofiz, qalqonsimon bez, qalqonsimon oldi bezchalari, me'da osti bezining orolcha apparati, buyrak usti bezilari, jinsiy bezlar, platsenta, epifiz, ayrisimon (timus) bez, GEP tizim, gipotalamus. Bulardan tashqari, organizmdagi turli organlarning maxsus hujayralari ham har xil biologik faol moddalarni ajratadilar. Ichki sekretsiya bezlaridan ishlanib chiqadigan mahsulotlar, ulardan ajraladigan suyuqliklarga - gormonlar (horman - qo'zg'ataman) deyiladi.
Gormonlar qonga yoki boshqa suyuqliklarga chiqarilganidan so'ng, ular bilan organizmning to’rli organ va to'qimalariga tarqaladi hamda ma’lum nishon organ yoki to'qimalardagi hayotiy jarayonlarga belgili ta'sir qilib, ular faoliyatini o'zgartiradi. Gormonlar ta'siri uch xil yo'nalishda amalga oshadi:


Birinchidan, ularning ba'zilari to'qimalardagi moddalar almashinuviga ta'sir ko'rsatsa, Ikkinchidan, organizmning shakllanishiga, metamorfozga, to'qima va organlar ixtisoslashishining jadallashuviga ta'sir ko'satadi.


Uchinchi xillari esa, organlar yoxud organism faoliyatini o'zgartiradi. Masalan, buyrak usti bezidan ishlanib chiqiladigan adrenalin gormoni, me'da osti bezining insulin va glyukogon gormonlari organizmda uglevod almashinuviga, uning boshqarilishiga faol ta'sirko'rsatadi. Qalqonsimon bez gormoni esa organizmda organikmoddalarni parchalanishini jadallashtiradi. Bu bezning gormoni metamorfozga ham faol ta'sir ko'rsatadi. Uning bu xususiyatini ayniqsa, baqalarda yaxshi kuzatsa bo'ladi.
Adrenalinning yurak ishini tezlashtirish, vazopressinning (gipofizdan ishlanib chiqadigan gormon) qon tomirlarini toraytirishi gormonlarning organlar faoliyatini o'zgartirishiga ularning ishini boshqarishiga misol bo'la oladi va hakozo.
Demak, endokrin bezlar nerv tizimi bilan hamkorlikda organism funksiyalarini boshqarishda (regulyatsiya qilishda) ishtirok etadi. Bu

jarayonda asab tizimi yetakchi o'rinni egallaydi. Shunday bo'lsada,


funksiyalarning gormonlar yoki boshqa biologik faol moddalar bilan, ya'ni gumoral yo'l bilan boshqarilishi nihoyatda muhim.


Gormonlar bir qancha o'ziga xos xususiyatlarga ega va shu jihatdan

nerv impulslaridan farq qiladi. Jumladan, qanday bo'lmasin ma'lum bir


gormon organizmdagi muayyan organ faoliyatiga ta'sir ko'rsatadi va


unda tegishli o'zgarishlarni keltirib chiqaradi. Gormonlar tegishli


bezlarda uzluksiz ravishda hosil bo'lib, tegishli organlarda uzluksiz


parchalanadi.


Odam va har turdagi hayvonlarning bir-xil turdagi gormonlari o'z


xossalari jihatidan bir-biridan odatda ko'p farq qilmaydi. Shu sababli


zaruriyat tug'ilganda bir turdagi hayvonning ko'pchilik gormonlarini


boshqa bir turdagi hayvonlarga yuborish mumkin.


Gormonlar bevosita qonga yoki boshqa suyuqliklarga


chiqarilganidan keyin ular organizmning barcha organ va to'qimalariga


yetib boradi va shu tariqa hosil bo'lgan joydan ancha uzoqdagi organ va


to'qimalar faoliyatiga ham ta'sir ko'rsata oladi. Biroq, ayrim organlardagi


maxsus hujayralarda hosil bo'ladigan gormonsimon moddalar "hujayra


gormonlari" boshqa organlarga o'tmaydi. Shu sababli ular hosil bo'lgan


joydagina o'z ta'sirini namoyon qiladi. Bunday "hujayra gormonlari"dan


tashqari "to'qima gormonlari" ham bor. Ular organizmning belgili


qismlarida, muayyan to'qimalarda hosil bo'ladi va hosil bo'lish


jarayonida qo'shni to'qimalarga sizilib o'tib turadi, shunday yo’l bilan


mahalliy ta'sir ko'rsatadi.


Gormonlar nerv impulslariga qaraganda sekin tarqaladi, biroq,


uzoqroq ta'sir ko'rsatadi. Gormonlar, ferment emas. Ammo ular


fermentlarni faollash yo'li bilan o'z tasirini namoyon qilsa kerak. Shu


sababli ular hujayralardagi jarayonlarga faol ta'sir ko'rsatib, hujayralar membranasi o'tkazuvchanligini, ulardagi oksidlanish va qaytarilish


reaksiyalarini, ularning ion tarkibini o'zgartira oladi. Hujayra va

to'qimalarga bevosita ta'sir qilish bilan birgalikda, gormonlar tegishli


retseptorlarga ham ta'sir ko'rsatib, murakkab reflektor jarayonlarda


ishtirok etadi. Ular nerv markazlarining funksional holatiga ham ta'sir


ko'rsatadi. Gormonlar organizmning irsiy belgilariga, xromosomalariga


ham ta'sir ko'rsatadi, degan ma'lumotlar bor. Estrogenlar, testosteronlar,


kortizon, somatotropin, insulin va boshqalar oqsil biosintezining


boshqarilishida va u orqali irsiy belgilarning nasldan-naslga o'tishida


ishtirok etadi. Jumladan, bu gormonlar, xromosomalardagi DNKga ta'sir


ko'rsatib, uning tegishli qismlarini maxsus oqsil, qoplovchi modda-


gistonlardan xolos bo'lishiga yordam beradi. Informatsion RNKning har


bir yangi molekulasi faqatgina DNKning o'sha gistonlardan xolos


bo'lgan qismidagina hosil bo'ladi. Informatsion RNK esa oqsil


biosintezini, demak, irsiy xususiyatlarini belgilaydi. Shu tariqa


gormonlar organizmning irsiy xususiyatlariga ta'sir ko'rsatadi.


Organizmdagi barcha endokrin bezlar fuksional jihatdan bir-biriga juda


aloqador, ular asab tizimi faoliyati bilan ham mahkam bog'langan. Ichki


sekretsiya bezlari asab tizimining eng yaqin hamkori sifatida


organizmdagi barcha jarayonlarning boshqarilishida ishtirok etgani


bilan, o'zining faoliyati ham neyrogumoral ravishda boshqariladi va


organizmning uzluksiz o'zgarib turgan ehtiyojiga moslanib boradi.


Markaziy asab tizimi, birinchi navbatda, gipotalamus va undagi tegishli


yadrolar organizmdagi turli organlarning holati, to'qimalardagi tegishli


moddalarning miqdori to'g'risida muntazam ravishda axborot olib turadi.


Zaruriyatga qarab gipotalamus yadrolari gipofizga nerv impulslari yuboradi va u orqali ko'pchilik endokrin bezlar faoliyatiga ta'sir


ko'rsatadi. Gipotalamus bilan gipofiz bir-biriga shu qadar bog'liqki,

gipofizning bez qismi boshdan-oyoq nerv to'qimalaridan tuzilgan va


gipotalamusning ajralmas qismi sifatida ishlaydi. Gipofiz esa, o'z


navbatida, organizmdagi ichki sekretsiya bezlarining eng asosiy,


"rahnamosi" hisoblanadi. Jumladan, uning oldingi qismidan ajraladigan


gormonlar qalqonsimon bez, jinsiy bezlar, buyrak usti bezlari va boshqa


bezlarning faoliyatiga faol ta'sir ko'rsatadi. Gipotalamusdan tashqari


markaziy asab tizimining boshqa qismlari va hatto bosh miya yarim


sharining po’stlog’i ham ichki sekretsiya bezlari faoliyatining


boshqarilishida ishtirok etadi.


Muayyan ichki sekretsiya bezi uning gormoni bilan idora etiladigan


organlar faoliyati bilan muntazam ravishda o'zaro aloqada, qaytar


bog'lanishida bo'ladi. Boshqacha aytganda, tegishli endokrin bezlardan


nechog'li ko'p gormon ajralishi o'sha bez ta'siri o'tadigan organ holatiga


bog'liq va aksincha. Modomiki shunday ekan, ya'ni bezning gormoni


boshqasining holatiga ta'sir qiladi va aksincha. Endokrin bezlarning


o'zaro aloqadorligini tushuntirish uchun 1941 yilda M.M.Zavodovskiy


o'zaro musbat-manfiy ta'sir to'g'risidagi prinsipini olg'a surdi. Bu


tamoyilgaqa ko'ra, o'zaro bog'liq bo'lgan ikkita endokrin bezdan birining


gormoni ikkinchisining faoliyatiga salbiy ta'sir ko'rsatsa, ikkinchisining


gormoni birinchisining faoliyatiga ijobiy ta'sir qiladi. Masalan, gipofizni


oldingi qismining gormonlari qalqonsimon bez, buyrak usti bezi va


jinsiy bezlar faoliyatini kuchaytiradi. Ammo, bu bezlarning ayrim


gormonlari gipofizning oldingi qismidan molekulalar yetilishini


tezlashtiruvchi gormon ajralishini susaytiradi.


Biroq, organizmdagi hamma endokrin bezlar ham bu tamoyilga

bo'ysinavermaydi. Shunday bo'lsa-da, endokrin bezlarning qaytar


bog’lanishda ishlashi ular faoliyatining neyrogumoral yo'l bilan


boshqarilishida salmoqli o'rin egallaydi. Bir endokrin bez bir necha xil


gormon ajratadi. Bu gormonlarning ayrimlari bir funksiyaga bir xil


yo'nalishda ta'sir qilsa, boshqalari bunga qarama-qarshi ta'sir qiladi.


Masalan, gipofizning lyuteinlovchi va follikulalar yetilishini


jadallashtiruvchi gormonlari tuxum hujayralarining etilishiga ijobiy ta'sir


qiladi. Me'da osti bezining insulin va glyukogon gormonlari bir-biriga


qarama-qarshi ta'sir ko'rsatadi. Ularning birinchisi qonda qand miqdorini


kamaytirsa, ikkinchisi esa ko'paytiradi. Shunday bo'lishidan qat’iy nazar,


endokrin bezlardan tegishli gormonlar organizmning ehtiyojiga


nihoyatda mos keladigan bir ravishda ajraladi.





Yüklə 169,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin