Reja: Ichki sekresiya bezlarining umimiy tavsifi Endokrin bezlar faoliyatini o`rganish usullari Qalqonsimon bez


Qalqosimon bez yonidagi (paratireoid)



Yüklə 169,64 Kb.
səhifə5/6
tarix26.12.2023
ölçüsü169,64 Kb.
#197870
1   2   3   4   5   6
ichki sekresiya bezlari fiziologiyasi

Qalqosimon bez yonidagi (paratireoid)


bezchalarning ichki sekretsiyasi.
Qalqonsimon bezning yonida kichkina epitelial tanachalar, ya'ni

paratireoid bezchalar bor. Oval yoki dumaloq shaklda bo'ladigan bu bezchalar ko'pchlik sut emizuvchi hayvonlarda to'rtta bo'ladi. Ular aksar qalqonsimon bez yonidan joy oladi-yu, lekin ba'zi hayvonlarda shu bez to'qimasi bilan bevosita tutashgan holda ham uchraydi. Asosiy paratireoid bezchalardan tashqari, qo'shimcha bezchalar ham uchrab turadi. Paratireoid bezchalarda ikki xil hujayra bor: bosh hujayralar va atsidofill hujayralar. Bosh hujayralarning sekretor faoliyati isbotlangan, atsitofill hujayralarni funksiyasi


esa hali aniqlanmagan. Bu bezchalar simpatik asab tizimi tolalari bilan

ta'minlanadi. Ammo, adashgan nervdan parasimpatik tolalar ham oladi.


Paratireoid bezchalar ishlamay qo’yganda nimalar ro'y berishi otlar, itlar


ustida shu bezchalarni olib tashlab o’tkazilgan tajribalarda o'rganildi. Itlarda to'rtala bezlarning hammasi olib tashlansa, ikki-uch sutka o'tgandan so'ng itlar ishtahasi yo'qolib, juda qiyinlik bilan yuradigan, bosh va tanasining ayrim muskullari tinmay titrab turadigan bo'lib qoladi. Bu titroq vaqt o'tishi bilan tobora kuchayaveradi va keyinchalik hayvon tanasining boshdan-oyog'iga tarqalib, umumiy talvasaga aylanadi, talvasa tutishi tobora tezlashaveradi va oxirida it halok bo'ladi.




43-rasm. Kalsiy almashinuvida paratgormon va kalsitoninning


ahamiyati.


1-qalqonsimon bez, 2-qon tomirlari, 3-suyak, 4-buyrak, 5-hazm yo’llari. Paratgormon kalsiy so’rilishini kuchaytiradi, kalsitonin gormoni esa susaytiradi
Paratireoid bezchalar to'la olib tashlanmasa, hozir aytib otilgan

hodisalar kamroq darajada namoyon bo'ladi, ammo shunda ham hayvon


ozib ketadi, junlari to'kilib shilliq pardalariga qon quyiladi, meda va


ichaklarida uzoq vaqt davomida tuzalmaydigan yaralar paydo bo'ladi.


Paratireoid bezchalar olib tashlangandan keyin titroq (tetaniya) paydo


bo'lish muddati va nechog'li namoyon bo'lish darajasi ozuqaga ham


bog'liq. Jumladan, paratireoid bezlari olib tashlangan itlarga go'sht


berish titroq paydo bo'lishini tezlashtirsa, sut va o'simlik ozuqalarini


berish tetaniyaning kechroq to’tishiga sabab bo'ladi. Chunki o'simlik


dunyosidan olingan ozuqalar va sut tarkibida kalsiy go'shtdagiga


qaraganda ko'proq, fosfor kamroqdir. Paratireoid olib tashlangandan


keyin kuzatiladigan kasallik belgilarining go'shtxo'r hayvonlarda o'txo'r


hayvonlardagiga qaraganda kuchliroq avjiga chiqishiga sabab ham shu.


Paratireoid bezlarning hammasini butunlay olib tashlash barcha turdagi


hayvonlarda ham ertami-kechmi albatta o'limga olib kelishini aytib


o'tish kerak. Bo'g'ozlik, laktatsiya kabi fiziologik jarayonlar paytida


organizmning kalsiyga bo'lgan ehtiyoji oshadi. Demak, paratireoid


bezlarni shu davrda olib tashlash zo'r tetaniya tutushiga sabab bo'ladi.


Paratgormon yetishmasligidan paydo bo'ladigan tetaniya yosh


hayvonlarda voyaga etgan hayvonlardagiga qaraganda kuchliroq bo'lib


o'tadi.

Organizmga kalsiy to'planib qolishiga sabab bo'ladigan moddalar -

kalsiy va vitamin Dni yetarli miqdorda berib turish tetaniya paydo


bo'lishiga vaqtincha to'sqinlik qiladi. Paratireoid bezchalardan ishlanib,


qonga o'tib turadigan paratgormon oqsil modda bo'lib, organizmda kalsiy va fosfor almashinuvining boshqarilishida ishtirok etadi. Bu


gormon etishmaganda qonda kalsiy kamayadi. Odatda, organizmda

paratgormon suyak to'qimadan belgili miqdordagi kalsiyning qonga


chiqib turishini va shu tariqa qondagi kalsiy miqdorining normal


darajada saqlanishini ta'minlaydi. Bundan tashqari, paratgormon


ichaklardan kalsiyni qonga so'rilishini, buyrak kanalchalarida kalsiy


reabsorbsiyasini kuchaytiradi, suyaklarda asteoklastlarning ko'payishini


ta'minlaydi.


Natijada qonda kalsiy miqdori odatda doimo ma’lum miqdorda


(normada 9-12 mqr % atrofida) saqlanib turadi. Paratgormon siydik


bilan fosfatlar chiqishini kuchaytiradi. Paratireoid bezchalar olib


tashlanganda yoki ular faoliyati buzilganda, paratgormon etishmay


qolishi tufayli qonda kalsiy miqdori kamayib 7 haftada 5 mqr % ga


tushib qoladi. Fosfatlar ko'payib ketadi. Bu esa, miya po'stlog'i


funksional holatining buzilishiga olib keladi. Orqa miya uzunchoq


miyaning qo’yirog'idan kesib qo'yilsa, tetaniya hodisalari to'xtaydi.


Paratgormon hayvonga ichirilganda uning aksariyat qismi oshqozon-


ichak tizimida faolligini yo'qotadi. Shuning uchun ham bu gormonni


qonga yuborish yaxshi natija beradi. Paratgormon uzoq vaqt davomida


organizmga ko'p miqdorda yuborilsa, yoki paratireoid bezlarning


funksiyasi kuchayib ketsa, organizmda kalsiy va fosfor almashinuvi


buziladi. Qonda kalsiy miqdori ko'payib, muskullarning ish qobiliyati


pasayadi, organizm tez charchaydigan bo'lib qoladi. Siydik va axlat


bilan kalsiy ko'p ajratiladi. Paratgormon - organizmga paydar-pay


ko'plab yuboriladigan bo'lsa, buyrak faoliyati buzilib, organizm halok


bo'lishi mumkin.



Yüklə 169,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin