Reja: Ilmiy-tadqiqot natijalarini rasmiylashtirish va taqdim etish shakllari


Ilmiy-tadqiqot natijalarini ilmiy - adabiy tilda bayon qilish



Yüklə 83,04 Kb.
səhifə3/6
tarix22.12.2023
ölçüsü83,04 Kb.
#189597
növüReferat
1   2   3   4   5   6
10 Мавзу.Платформага

2. Ilmiy-tadqiqot natijalarini ilmiy - adabiy tilda bayon qilish
Iqtisodiyot ilmi va ta’limi sohasidagi keng qamrovli va dolzarb muammolarni hal etishning muhim jihatlaridan biri – BMI, magistrlik va doktorlik dissertatsiyalari, monografiyalar va o‘quv adabiyotlari, xususan darsliklarning yozilish uslubi hamda tilini mukammallashtirishdir. Afsuski, bu sohada yoki mujmal va tushunish qiyin bo‘lgan yoki juda silliq - «six ham, kabob ham kuymaydigan» holatlar davom etib kelmoqda. Har ikkalasi ham yaramaydi, albatta. Bunday holatlarda o‘quvchilar «buni kim yozdi ekan, nima deyilmoqchi o‘zi?» degan mavhumlik, shubhalanishdan nariga o‘ta olmaydi.
Shuningdek, bunday tushunarsiz, jimjimador so‘zlar, hech qanday sharhsiz ishlatiladigan, fan va ta’lim rivoji uchun hech naf keltirmaydigan jumlalar ko‘pincha «ha endi, bu fan tili-da» (yoki «kitobiy til») deb izohlanadi. Bunday holat hozirgi kunda ko‘pchilik eshitib ulgurmagan «import» so‘zlar va jumlalarni qo‘llaydigan havaskorlarga «fan tili» deb o‘zlarining «nufuzi»ni oshirish uchun, yoki fanning mohiyatini yaxshi tushunmaydiganlarga «ehtiyotkorlik» uchun qulay. Aslida esa, buni tushunish haqiqiy, qomusiy asarlarni, umuman kitoblarni ko‘proq mutolaa qilishimizni, hamda amaliyotdan xabardor bo‘lishimizni talab etadi.
To‘g‘ri, globallashuv natijasida ayrim maxsus fanlarga xorijdan kirib kelgan, tarjima qilish qiyin bo‘lgan va sun’iy ravishda boshqa bir atama bilan almashtirilsa mazmuni ochib berilmaydigan iboralar mavjud. Ular birinchi marta qo‘llanilganda mohiyati tavsiflanib, keyingi o‘rinlarda aynan o‘zi qo‘llanilishi maqsadga muvofiq. Chunki, «fanda shunday tushunchalar borki, ularni soddalashtirib bo‘lmaydi, soddalashtirilsa-tushuntirib bo‘lmaydi» 1.
Iqtisodiyot, buxgalteriya hisobi, moliya, iqtisodiy tahlil kabi maxsus bilimlar sohasi ham o‘z tadrijiy taraqqiyoti yo‘lida dastlab ijtimoiy-iqtisodiy makondagi ehtiyojni qondiradigan hodisa sifatida vujudga kelib, taraqqiyot natijasida keyinchalik adabiy tilning bir bo‘lagiga va nihoyat, professional bilimlar sohasiga aylangan hamda shu tarzda takomillashib bormoqda. Shu bois, haqiqiy, hayotiy, qomusiy badiiy asarlarni mutolaa hamda mushohada qilish ham, tor ixtisoslashgan bilim sohasini o‘rganishning zaruriy shartlaridan biri hisoblanadi. Demak, izlanuvchilar, magistrantlar va talabalarimizda ham mumtoz jahon va o‘zbek badiiy adabiyotini ko‘proq o‘qish, mushohada qilish ko‘nikmasi rivojlangan bo‘lishi zarur.
Endi bevosita dissertatsiya ishlariga keladigan bo‘lsak, tadqiqotning yakunlovchi bosqichida olingan natijalarni amaliyotga tatbiq qilish, dissertatsiya va avtoreferatni o‘rnatilgan qoidalarga muvofiq ilmiy-adabiy jihatdan yuksak saviyada rasmiylashtirish ishlari amalga oshiriladi.
«Dissertatsiya – muallif tomonidan olib borilgan, tadqiqot mohiyati tegishli talablarga javob bergan, tugallangan va mazmunan yaxlit ilmiy ish sifatida ilmiy yangiligi va amaliy natijalari tizimli ravishda asoslab berilgan qo‘lyozma huquqiga ega bo‘lgan ilmiy asar;

Yüklə 83,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin