Reja Ishqalanish detallarini uchun materiallar-fayllar.org
Transmissiya (lotincha: transmissio — „uzatish“, „oʻtish“) — dvigateldan ish mashinalari (stanoklar, maydalagichlar va boshqalar) ga yoki mashinalarning ijro mexanizmlariga aylanma harakat uzatish uchun moʻljallangan qurilma. Transmissiya validan ish mashinalariga aylanma harakat uzatish, odatda, yuritma tasmalar (kontrprivodlar) orqali amalga oshiriladi. Keng maʼnoda — transmissiya deganda dvigatel validan mashinaning ish organlariga aylanma harakat uzatuvchi barcha qurilmalar majmui tushuniladi. Masalan, avtomobil yoki traktorga mexanik transmissiya tarkibiga kuch uzatmasi, ilashma (ssepleniye), kardanli uzatma, differensial mexanizm va boshqa qurilmalar kiradi. Kemalar, teplovozlar, yuk avtomobillari, traktorlarda gidromexanik (gidrotransformator va mexanik uzatmalar qutisi), gidrohajmiy (gidromotorli gidronasoslar) va elektromexanik (generator va elektr dvigatellar) transmissiyalardan foydalaniladi.
Podshipnik — aylanuvchi val va oʻqlarning tayanchi.Mexanizmning aylanuvchi yoki tebranuvchi qismlari va-ziyatini boshqa qismlarga nisbatan cheklaydi, valdan tushadigan kuchlarni bevosita qabul qilib, valning ravon va oson aylanishiga imkon beradi. Sirpanish va dumalash Podshipniklari bor. Sirpanish Podshipniklarining tayanch sirti silindr, konus yoki shar shaklida boʻlishi, tayanch sirt bilan val boʻyni quruq (moysiz), yarim quruq yoki suyuq ishqalanib (yaʼni moylanib) ishlashi mumkin. Bunday Podsgipniklarning ajraladigan va ajralmaydigan xillari boʻladi. Ajraladigan Podshipniklarda vkladish, ajralmaydiganida vtulka, odatda,korpusdagi teshikka, tayanch sirt bilan val boʻyni orasiga oʻrnatiladi. Bular antifriksion materiallar (babbit, tekstolit, rezina, plastmassa va boshqalar) dan tayyorlanadi. Dumalash Podshipniklari ichki va tashki halqalar, tebranish jismlari (sharcha, rolik) hamda separatordan iborat. Taʼsir qiladigan kuch yoʻnalishiga qarab, radial, radialtirak Podshipniklar boʻladi.
Tebranish jismlari va halqalarning ish sirtlari shakliga qarab, sharchali, rolikli, sharchali-sferik, silindr, qisqa va uzun rolikli, konus rolikli, sferik-konus rolikli, ignali xillarga; tebranish jismlarining qatorlar soniga qarab, bir, ikki va koʻp qatorli va boshqa xillarga boʻlinadi. Dumalash podshipniklar yuqori sifatli poʻlatdan tayyorlanadi. Moylanish usuliga qarab, oʻz-oʻzidan va majburiy moylanadigan Podshipniklar boʻladi. Podshipniklar mashinasozlik, kemasozlik, samolyotsozlik va boshqa sohalarda ishlatiladi.
Tirsakli val — porshenli dvigatellar, nasoslar, kompressorlar, temirchilikpresslash mashinalari va boshqa qurilmalardagi krivoshipli mexanizmning aylanuvchi zvenosi. Bitta yoki bir nechta tirsakli (nomi shundan) hamda bir nechta oʻqdosh oʻzak boʻyinlari, har bir tirsagida 2 ta shcheka va 1 ta boʻyin boʻladi. Boʻyinlar oʻzak boʻyinlar va shatun boʻyinlarga boʻlinadi. Oʻzak boʻyin podshipnikka tayanadi, shatun boʻyinga shatun biriktiriladi. Shatun boʻyinlarning oʻqi Tirsakli val ning aylanish oʻqiga nisbatan biroz siljigan (narirokda) boʻladi. Porshenli mashinalar (mas., avtomobillar) da Tirsakli val tirsaklarining soni silindrlar soniga teng boʻladi.Tirsaklarning qanday tartibda joylashishi mashinaning ish sikliga, silindrlarning joylashishiga qarab belgilanadi. Tirsakli val uglerodli yoki legirlangan poʻlat yoki mustahkam choʻyandan yaxlit, quyma tarzda yoki bolgʻalash usulida yasaladi.