Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish bo'yicha qonuniy hujjatlar majmuasi
Reja:
1. Kichik biznes va tadbirkorlik tushunchalari, ularning mohiyati va mazmuni 2. Kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatining iqtisodiy, ijtimoiy va huquqiy asoslari 3. Kichik biznes va tadbirkorlik muhiti hamda unga ta’sir etuvchi omillar 4. Kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishning maqsadi va vazifalari 5. Kichik biznesni belgilovchi mezonlar 6. O zbekistonda kichik biznesning rivojlanishi va uning iqtisodiyotdatutganorni 7. (O’zbekistonda kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish yonalishlari 8. Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirishni davlat tomonidan qo llab-quvvatlashning xorij tajribasi
1. Kichik biznes va tadbirkorlik tushunchalari, ularning mohiyati va mazmuni Bozor munosabatlari sharoitida iqtisodiyotni rivojlantirishning asosiy omillaridan biri kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishdir.
Xo'sh, «tadbirkor», «tadbirkorlik» tushunchalari qanday mazmunga egavanimanianglatadi?
Binobarin, tadbirkorlik faoliyati tizimining alohida tahlili dastlab G'arbda boshlangan bo'lsa-da, uning mohiyati va rivojlanishiga taalluqli ko'p qirrali bilimlar Sharqda tarkib topib, so'ngra G'arbda ilgari surilganiga yuqorida zikr etilgan dalillar guvohlik beradi. Ayniqsa, ular bu yo'nalishda shakllangan va hayotda o'z o'rniga ega bo'lgan ta’limotlarda o'z ifodasini topgan. Xususan, 3 ming yillik tarixga ega Zardushtiylik ta’limotining asosi bo'lmish “Avestoda”da musulmon olamining allomalari ta’limotlari, jumladan, “Naqshbandiya”, “Yassaviya”, “Kubroiya” ta’limotlarida mujassamlangan.
Ayniqsa, bu jihatdan “Naqshbandiya” ta’limotining ildizlari chuqur mazmunga ega. “Naqshbandiya”ning “Dil bo yoru, dast ba kor”, ya’ni “diling Alloxda, qo'ling mehnatda bo'lsin”, degan ta’limot asoschisi Xoja Baxouddin Naqshbandiy kimxobga naqsh bog'lashda tadbirkorlik mahoratini namoyish etib, halol mehnat bilan yashash zarurligini ibrat qilib ko'rsatgan3. Ayrim manbalar uning mato to'qiydigan do'konlari borligahamishoraqiladi4.
Ko'rinib turibdiki, Bahouddin Naqshbandiy mashhur G'arb iqtisodchi olimi xususan, Vilyam Pettidan 400 yil muqaddam mehnat insonlarning yashash manbai ekanligini chuqur anglagan va amalda o'z faoliyati doirasida isbot etgan. Ammo Vilyam Pettining “Boylikning otasi mehnat, onasi esa yerdir” degan ta’limoti jahon iqtisodiy nazariyasi fanida yangi bosqich sifatida e’tirof etilgani holda, Naqshbandiyaning undan awalroq hamda chuqur iqtisodiy va ma’naviy mazmunga ega bo'lgan yuqorida qayd etilgan ta’limoti hozirgacha na G'arb va na mahalliy iqtisodiy adabiyotlarida munosib o'rin egallamagan.
Tadbirkorlik bo'yicha bilim va amaliy faoliyatlar zaminimizda hukmdor bo'lgan buyuk shaxslar Sohibqiron Amir Temurning “Tuzuklari”da, Mirzo Boburning “Boburnoma” asarida yorqin ifodasini topgan.
Buyuk sarkarda Amir Temur mamlakat osoyishtalgini va mo'l-ko'lligiga erkin tadbirkorlik faoliyatiga ustuvorlik berilishi orqali erishish mumkinligini chuqur idrok etgan va uning tamoyillari mashhur “Temur tuzuklari” asarida aniq bir tizimga keltirilgan boMib, unga ko'ra: "... mardlik va shijoat sohibi, a’zmi qat’iy, tadbirkor va xushyor bir kishi ming - minglab, tadbirsiz, loqayd kishilardan yaxshidur”5, - degan xulosani ilgari surgan.
Ta’kidlash joizki, Amir Temur nafaqat tinchlik davrida, balki urush holati jarayonida ham tadbirkorlik faoliyatini yuqori darajaga ko'targan va bu yo'nalishda amaliy ishlarni ham royobga chiqargan. Ma’lumotlarga ko'ra, harbiy yurish chog'larida qo'shin ehtiyojlarini ta’minlaydigan turli xil kasbga*ega tadbirkorlarni olib yurilgan va ularning muayyan qismi 3,5,7 yillik, deb nomlangan va oxirgi Xitoyga qarshi harbiy yurishlari paytida dehqonchilik bilan mashg ul bo'lib, qo'shinni oziq-ovqat bilan ta’minlab turgan. Mahalliy aholini bunday og'ir vazifani bajarishda qo'llab-quwatlab, talon-tarojliklardan muhofaza etishgan.
Hattoki, Amir Temur urush holatida turgan paytida ham bunyodkorlik ishlarini davom ettirgan ekan. Ma’lumotlarga qaraganda, 1401-yili Amir Temur navbatdagi harbiy yurishlaridan birida Qarobog' (hozirgi Qoraboh-Ozarbayjon)da qishlagan chogida mintaqa uchun nihoyatda zarur bo'lgan Nahri Barlos nomi berilgan kanalni bir oy ichida bitirib6, suv keltirgani obodonchilik va tadbirkorlikka asos solgan bo'lib, hozirgacha uning sahovatidan u yerliklar bahramand boMmoqdalar.
Ammo, qadim zamonlardan Markaziy Osiyo mintaqasida gurkirab yuksalib kelgan tadbirkorlik faoliyati chor istilosi davrida, mahalliy bozorni metropoliyadan keltirilgan oziq-ovqat va sanoat mollari egallashi munosabati bilan deyarli so'na boshlagan va mahalliy aholi turmush sharoitining pasayishi va o'ta qashshoqlashishiga olib kelgan. Oktyabr inqilobidan so'ng qayd etilganidek, yirik ishlab chiqarishga ustuvorlik berilishi O'zbekistonda ham kichik tadbirkorlik faoliyatining yemirilishiga olib keldi va vaziyatni yanada murakkablashtiradi. Bu sohada 1927- yilda 118 ming kishi band boMgan bo'lsa, 1932- yilga kelib, u 60 ming kishidan iboratbo'ldi.
Bunday vaziyatda Markaziy Osiyoning keng tafakkurga ega progressiv ziyolilari demokratik shoir va yozuvchilari (Muqimiy, Furqat) ayniqsa jadidchilar (Qodiriy, Behbudiy, CHo'lpon, Fitrat, Avloniy) va ular qatorida yirik davlat arbobi Fayzulla Xo'jaevning aholini qoloqlik va qashshoqlik girdobidan qutulishning asosiy yo'li mamlakatda ishlab chiqaruvchi kuchlar va tadbirkorlikni rivojlantirish ekanligi va unda faol ishtirok etishga undashi hamda uni rag batlantirish uchun aniq sa’y-harakatlari respublikamiz iqtisodiy taraqqiyotining moddiy-texnika bazasini bunyod etish uchun kuchli zamin hozirlagan edi.
Buyruqbozlik iqtisodiyotiga asoslangan tizim barham topishi bilan mamlakatlarda bozor iqtisodiyoti va uning o'zagini tashkil etuvchi tadbirkorlik faoliyatining mazmuni va metodologik asoslari to g'risidagi tafkkur kengaydi va nazariy bilimlar chuqurlashdi.
Tadbirkorlik tushunchalarining hozirgi ma’nosida XVII asr oxiri va XVIII asr boshlarida ilk bor ingliz iqtisodchisi Richard Kantilon qo'llagan edi. Uning fikricha, tadbirkor tavakkalchilik sharoitida faoliyat yurituvchi ^cishidir. Shu boisdan u er va mehnat omilini iqtisodiy farovonlikni belgilab beruvchi boylik manbai deb bilgan. Keyinchalik, XVIII asrning oxiri va XIX asrning boshida mashhur franuuz iqtisodchisi J.B. Sey (1767-1832) «Siyosiy iqtisod risolasi» kitobida (1803y.) tadbirkorlik faoliyatini ishlab chiqarishning uch mumtoz omillari yer, kapital, mehnatning yaxlitligidebta’riflaganedi.