Reja: Kichik biznes va tadbirkorlik tushunchalari, ularning


Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirishni davlat tomonidan qo llab-quvvatlashning xorij tajribasi



Yüklə 248,27 Kb.
səhifə7/7
tarix16.12.2023
ölçüsü248,27 Kb.
#183777
1   2   3   4   5   6   7
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish bo\'yicha qonuniy hujjatlar majmuasi

8. Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirishni davlat tomonidan qo llab-quvvatlashning xorij tajribasi
Ko'pgina xorijiy mamlakatlarda kichik biznesning vujudga kelishi va muvaffaqiyatli faoliyat yuritishi davlat yordami vositasida ta’minlanadi. Ularda bu ishda juda katta ijobiy tajriba to'plangan bo'lib, undan bizning sharoitlarimiz va xususiyatlarimizni hisobga olgan holda foydalanish mumkin.
Ko'pgina mamlakatlarda kichik korxonalar faoliyatini tartibga solishga umumiy yondashishlar va asosiy yo'nalishlar xosdir. Ularga quyidagilar kiradi:

  • kichik biznesni qo'llab-quwatlashga yo'naltirilgan maxsus qonunlarni qabul qilish;

  • korxonalar faoliyatining umumiy va xususiy tomonlarini (masalan, kichik firmalarda boshqaruv usullarini) takomillash-tirishni, biznes bilan shugutfanishni istayottanlarga moliyaviy yordam ko'rsatishni, kichik biznesni rivojlantirishni ko'zda tutuvchi ma’lum maqsadga qaratilgan davlat rejalarini ishlab chiqish;

  • kichik biznesni qo41ab-quwatlashning tarkibiy-tashkiliy xizmatlarini tashkil qilish;

  • kichik bizneslarga davlatning moliyaviy yordam ko'rsatishi (Italiyada kichik firmalar ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruk-torlik ishlarini moliyalashtirishga katta mablag'lar ajratiladi);




  • kichik biznesni kafolatlash va imtiyozli kreditlashtirish firmalarini tashkil qilish (Angliyada kichik korxonalarni moliyalashtirishni ta’minlovchi maxsus firmalar bor, buning ustiga davlat qarzlarining 70% nikafolatlaydi);

  • kichik korxonalar faoliyatini imtiyozli soliqqa tortishni keng tarqatish (masalan, Fransiyada har yili 10000 ga yaqin korxonalar to'liq yoki qisman soliq to'lashdan ozod qilinadilar).

Kichik biznesni qo'llab-quwatlash sohasidagi ba’zi bir mamlakatlar tajribasining qisqacha bayonini keltiramiz.
AQSH. AQSH 1953-yildayoq butun mamlakat bo'yicha vakillarning keng tarmog iga ega kichik biznes ishlari bo'yicha ma’muriyat tashkil qilingan edi, unda 4 ming xodimlar xizmat qiladi. Bu tashkilot faoliyatining asosiy yo'nalishi shaxsiy ishni ochish va olib borishda yordam berish, kichik biznesga kreditlar va kafolatlangan qarzlar berishdaniborat.
O'sha yili iqtisodiyotning monopolistik sektorini davlat tomonidan tartibga solishning huquqiy asoslarini tashkil qiluvchi kichik biznes to'g'risidagi qonun qabul qilingan. 1986-yilda kichik korxonalarga yangi texnologiyalar, ilmiy-texnik va tajriba konstruktorlik tashkilotlarining ishlanmalarini topshirish imkoniyatini ta’minlovchi qonun qabul qilingan.
xizmatlar savdosi sohasidagi siyosat bo'yicha qo'mita, Prezident xuzuridagi xususiy tadbirkorlik muammolari bo'yicha max-sus komissiya, sanoat raqobatbardoshligi masalalari bo'yicha komissiya va boshqalar.
Ko'p sonli jamoatchilik tashkilotlari - savdo palatasi, sanoatchilarning milliy assouiauiyasi, savdo, qishloq xo'jaligidagi har xil assouiauiyalar, klublar, guruhlar va hokazolar kichik biznesni qo'llab-quwatlashga yordam ko'rsatadilar. AQSHda kichik korxonalar soliq imtiyozlaridan foydalanmaydi, ammo subsidiyalar, dotat-uiyalar, moliyaviy kafolatlar bilanqo'llab-quwatlanadilar.
Yaponiya. Yaponiyada kichik korxonalarni qo'llab-quwatlashda kichik biznes bo'yicha boshqarma, KO'Kni rivojlantirish bo'yicha davlat korporatsiyasi, moliyalashtirish bo'yicha milliy korporatsiya, butun yapon federatsiyasi, KO'K butun yapon markazi va boshqalar faoliyat yuritadilar. Bulardan tashqari unga yaqin maxsus banklar KO'Kni kreditlashga xizmat qiladi.
Davlat qoMlab-quwatlashi o'z ichiga quyidagilarni oladi: imtiyozli soliqqa tortish, jadallashtirilgan amortizatsiya, imtiyozli kredit-lashtirish, xodimlarni o'qitishda yordam, bankrotlik holida yordam ko'rsatish, KO'Kning texnik darajasi o'sishini rag'batlantirish.
Prefekturalarda harakat qiluvchi 500dan ortiq savdo-sanoat palatalari va ularning filiallari kichik korxonalarga maslahat, moliya, ta’lim yordamini ko'rsatadilar.
Kichik biznesni qoMlab-quwatlashning maxsus fondi, xalq fondi hamda moliyaviy korporatsiya davlatning KO'Kni qo'llab-quwatlashning moliyaviy bazasin itashkil qiladilar.

Xulosa
Tadbirkorlik deganda yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan mahsulot ishlab chiqarish (xizmatlar ko'rsatish) yo'li bilan tavakkal qilib, o'z mulkiy javobgarligi asosida amalga oshiriladigan tashabbuskorlik faoliyatitushuniladi.


Tadbirkorlikning shakllanishi va rivojlanishi uchun iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy va huquqiy shart-sharoitlar yaratilgan bo'lishi lozim.
Tadbirkorlik ijtimoiy munosabatlar namoyon bolishining shakllaridan biri sifatida faqat jamiyatning salohiyatini oshirishga ko'maklashib qolmay, balki har qanday insonning qobiliyati va mahoratini namoyon etish uchun qulay zamin yaratadi, milliy boyliklarning ko'paytirish va jahon integratsiyalashuvi jarayonida milliy ruhni saqlab qolishga yordam beradi. Shuning uchun tadbirkorlikni rivojlantirish va uning huquqiy bazasini mustahkamlashga davlat tomonidan katta e’tibor berilmoqda.

Adabiyotlar



  1. Karimov I.A. Barcha reja va dasturlarimiz Vatanimiz taraqqiyotini yuksaltirish, xalqimiz farovonligini oshirishga xizmat qiladi: 2010-yilda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2011-yilga mo'ljallangan eng muhim ustuvor yo'nalishlarga bag'ishlangan O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasi. -Т.:O'zbekiston, 2011.-48b.

  2. Karimov LA. Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi:

O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo'shma majlisidagi ma’ruzasi. -Т.: O'zbekiston, 2010. - 56 b.
3. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil y8-iyuldagi "Ta’lim muassasalarining bitiruvchilarini tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish borasidagi qo'shimcha chora-tadbirlar'-to'g'risidagi Farmoni. //Xalq so'zi, 2010-yil, 29- iyul.
4.O'zbekiston Respublikasi Prezidenti LA. Karimovning 2010-yilda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2011-yilga mo'ljallangan eng muhim ustuvor yo'nalishlarga bag'ishlangan O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining majlisidagi “Barcha reja va dasturlarimiz Vatanimiz taraqqiyotini yuksaltirish, xalqimiz farovonligini oshirishga xizmat qiladi” mavzusidagi ma’ruzasini o'rganish bo'yicha O'quv-uslubiy majmua. -Т.: Iqtisodiyot, 2011. - 377 b.
5.Boltabayev M.R., Qosimova M.S., Ergashxodjayeva Sh.J., G'oyipnazarov B.K.,Samadov A.N., Xodjaev R.S. Kichik biznes va tadbirkorlik. -Т.: ADIB NASHRIYOTI, 2011. - 283 b.
6. Xodiyev B.Yu., Qosimova M.S., Samadov A.N. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik. -Т.: TDIU, 2010.-260 b.
Yüklə 248,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin