Reja: Kichik biznes va tadbirkorlik tushunchalari, ularning


Kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishning



Yüklə 248,27 Kb.
səhifə4/7
tarix16.12.2023
ölçüsü248,27 Kb.
#183777
1   2   3   4   5   6   7
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish bo\'yicha qonuniy hujjatlar majmuasi

4. Kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishning maqsadi va vazifalari
O'zbekistonda keng ko'lamli bozor o'zgarishlarini amalga oshirish jarayonida mulkdor shaxslar doirasi kengayib bormoqda. Mamlakatimiz Prezidenti LA. Karimov ta’kidlaganidek, «... amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy, eng katta maqsadi, ustuvor yo'nalishi O'zbekistonda haqiqiy mulkdorlar sinfini shakllantirishdan iboratdir. Bizning qabul qilgan barcha farmonu qarorlarimiz, qonunlarimiz, hamma ishimiz ana shu maqsadga qaratilgandir. Bu vazifalarni hal etmasdan kutilgan natijaga, hayotimizda, iqtisodiyotimizda istalgan o'zgarishlarga erishib bo'lmaydi».
Bozor islohotlarining hozirgi bosqichidagi g oyat muhim vazifa, awalo, ishlab chiqarish sohasidagi davlat korxonalarini xususiylashtirish va ular negizida vujudga kelayotgan tadbirkorlik tuzilmalarini aniq maqsad bilan qo'llab-quwatlash orqali mulkdorlar sinfini shakllantirishdan iboratdir. Jamiyatimiz uchun yangi bo'lgan mana shu ijtimoiy tur uning faoliyat sohalari shakllarini o'rganishni nazariy ehtiyojlarigina emas, balki amaliy zaruriyatni ham shart qilib qo'ymoqda.
Bugungi kunda mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan yalpi ichki mahsulotning qariyb 80 foizi, sanoat mahsulotlarining 78 foizidan ortig i, qishloq xo'jaligi va chakana savdo aylanmasining deyarli barcha mahsulotlari nodavlat sektori ulushiga to'g ri kelmoqda.
O'rta sinf davlatning asosi va jamiyatning eng barqaror qismidir. Bu sinfni vujudga keltirish vazifasini hal qilish, turmush darajasini oshirish va har bir insonning tadbirkorlik imkoniyatlarini ochish muammosini hal etib beradi. Ushbu masalaning iqtisodiy jihati shundan iboratki, mulkdorlar real, ularning faoliyati esa samarali bo'lishi kerak. Umuman, korxonaning barcha ishlovchilarinigasman aksiyadorlarga aylantirish uncha qiyin emas. Lekin ular haqiqatda boshqaruvda qatnashmasalar, dividendlar ola olmasalar va hatto, o'z aksiyalarini korxonadan tashqariga sota olmasalar, ulami real mulkdorlar deb bolmaydi.
Aholi shunday vaziyatni Ico'rar ekan, bunday korxonaning aksiyalarini erkin bozordan ham sotib olmaydi, chunki korxona bilan bevosita bog langan odamlar uning ishiga ta’sir ko'rsata olmasalar va qonunga muvofiq o'zlariga tegishli daromadni ola olmasalar, bu ish tashqaridagi mayda investorlar uchun yanada mushkul kechadi. Xulosa aniq: mulkdorlar huquqlarini amalga oshirish va ulami himoya qilishning real mexanizmlari bo'lmog'i kerak. Busiz mulk nomigagina mavjud bo'ladi. Bu mol-mulkning esa egasi bo'lmaydi. Bunday vaziyat iqtisodiyot uchun ham juda xavfiidir. Chunki bu hozirgi paytda mol-mulkdan amalda foydalangan yoki hatto, undan foydalanish imkoniyatiga ega kishilaming noqonuniy ravishda boyishi uchun keng imkoniyat yaratib beradi.
Haqiqiy mulkdor o'z tabiatiga ko'ra, oqilona ish olib borishi va o'ziga qarashli mulkni ko'paytirishga harakat qilishi kerak. Bordi-yu, shunday bo'lmasa, demak, mol-mulkni tasarruf qiluvchi subyekt yo o'zini mulkdor deb hisoblamaydi yoki owning huquqlarini zarur kafolatlarga ega emas deb hisoblaydi, yoki mol-mulk yangi egasiga saqlash va ko'paytirish tamoyillariga mutlaqo yordam bermaydigan shartlar bilan tekkan bo'ladi. Shu sababli, mulk huquqi qonun bilan himoyalangan bo'libgina qolmay, u jamiyatdagi barcha munosabatlar tizimi bilan amalda ta’minlangan bo'lishi kerak. Faoliyati o'ziga qarashli mulkni kengaytirilgan takror ishlab chiqarish, ishlab chiqarishni rivojlantirish va ana shu asosda yangi moddiy boyliklar yaratishga qaratilgan shaxslarni har tomonlama rag'batlantirish zarur. Mulkdorlar sinfi mavjud mol-mulk va daromadlarasosida, shu jumladan:

Yüklə 248,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin