Reja: Kichik biznes va tadbirkorlik tushunchalari, ularning


Kichik biznes va tadbirkorlik muhiti hamda



Yüklə 248,27 Kb.
səhifə3/7
tarix16.12.2023
ölçüsü248,27 Kb.
#183777
1   2   3   4   5   6   7
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish bo\'yicha qonuniy hujjatlar majmuasi

3. Kichik biznes va tadbirkorlik muhiti hamda unga ta’sir etuvchi omillar
Har qanday tadbirkorlik ma’lum bir hududda: mamlakat, viloyat, shahar yoki qishloq miqyosida olib boriladi. Tadbirkorlik faoliyatini samarali olib borish uchun ma’lum bir ishchi muhiti bo'lishi kerak. Bunday muhit ayrim hududlar miqyosida mujassamlanib, o'zida ishbilarmonlikni amalga oshirishni mujassamlantirgan. Umumiy holda tadbirkorlik muhiti asosan quyidagi to'rt omil: huquqiy, siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy omillarning o'zaro bog liqligi natijasida amalga oshiriladi.
Ular ijobiy yoki rag'batlantirish ko'rinishida ham shakllanishi mumkin. Ushbu holda mamlakat yoki mintaqadagi mavjud shart-sharoitlar tadbirkorlik faoliyatini olib borish uchun mos bo'ladi. Chunki, bunday muhit tadbirkorga amalga oshirayotgan ishlarining natijalari qanday bo'lishini oldindan ko'ra bilishiga keng imkoniyat tugdiradi. Tadbirkorning o'z ishi natijalarini oldindan ko'ra bilishi tavakkallik tushunchasiga teskari holda ifoda etiladi. Agar tadbirkor ma’lum bir muhitda tavakkalchilik asosida faoliyat yuritayotgan bo'lsa, u holda u o'zgaruvchanlik, beqarorlik, tavakkalchilik bilan tavsiflanadi.
Bunday muhit yuqorida keltirilgan ijobiy^muhitga to'gri kelmaydi. Amalda ko'p hollarda tadbirkorlik muhitining ma’lum bir omili tadbirkorning ish natijalariga asosiy ta’sir ko'rsatadi, deb bo'lmaydi. Chunki tadbirkorni ko'proq tadbirkorlik muhitini belgilovchi omillarning o'zarobog'liqligiqiziqtiradi.
Yuqorida ta’kidlab o'tilgan omillardan huquqiy omillar asosiy omil hisoblanadi, chunki tadbirkorlik faoliyatini olib borish uchun tadbirkorlik muhitida amalga oshirilishi rnumkin bo'lgan o'yinlar qoidasini ko'rsatib beradi. O'yinlar qoidasi tushunchasi ruxsat etilgan va amalga oshirilayotgan ish (harakat)larni o'z ichiga oladi. Ruxsat etilgan ish (harakat)larga nisbatan o'yin qoidalari turli shaklda namoyon bo'ladi. O'yin qoidalari nima qilish mumkin-u nima qilish mumkin emas tamoyili asosida ishlab chiqilishi mumkin.
Bu qoidalarda tadbirkorlik faoliyatini olib borish yo'lidagi barcha chegara yoki cheklovlar yaqqol ko'rsatib berilishi kerak. Umuman, huquqiy omil tadbirkorlik faoliyatini yuritish yo'lidagi barcha qonunlar (soliq, yer, mehnat munosabatlari) va yo'riqnomalar majmui bo'lib, tadbirkorlik faoliyatini tartibga soladi hamda tadbirkorning iqtisodiy jarayondagi boshqa subyektlar bilan munosabati ni mujassamlantiradi.
Huquqiy bazaning to'liq yoki bir me’yorda/yuritilmasligi tadbirkorlik faolligi darajasiga katta salbiy ta’sir ko'rsatishi mumkin. Hozirgi kunda O'zbekiston Respublikasida amaliyotda tatbiq etilayotgan iqtisodiy islohotlarning asosini tashkil etayotgan bir butun huquqiy baza mavjuddir.
Huquqiy omilning tavsifiga «huquqiy madaniyat» tushunchasi ham kiradi. Buning ostida millatning qonunlarga to'liq rioya etishi, ya’ni insonlarning ongida qonunlar talabini bajarish kerak degan tushunchaning bo'lishi tushuniladi. Agar, barcha zarur qonunlar qabul qilinsa-yu, lekin ular amalda ishlamasa yoki tatbiq etilmasa, bunday jamiyatni qonunlarga bo'ysunuvchan deb bo'lmaydi va buni tadbirkor o'z faoliyatini yuritishda e’tiborgaolishishartdir.
Siyosiy omil tadbirkorlik jarayonida bo'layotgan barcha hodisalarga davlatning munosabati va ularga davlatning ta’sirini belgilab beradi. Davlatning tadbirkor faoliyatiga qay darajada ta’sir ko'rsatishi yoki aralashishi kerakligi ham siyosiy omil tushunchasiga kiradi. Bunday aralashish oldindan belgilanmagan yoki belgilangan bo'lishi mumkin. Umuman, tadbirkorlik faolligi darajasiga davlatning munosabati rag batlantirish yoki betaraflik ko'rinishida namoyon bo'ladi.
Har bir mamlakatda tadbirkorlikning rivojlanishiga undagi siyosiy tizimning barqarorligi katta ta’sir ko'rsatadi. Agar siyosiy tizim barqaror bo'lmasa, tadbirkorlar katta investitsiyalarni jalb etmasdan yuqori darajadagi foyda olish maqsadida kichik muddatga mo'ljallangan turli operatsiyalarni amalga oshirishga harakat qiladilar. Siyosiy ahvolning barqarorligi tadbirkorga o'z faoliyatini strategik jihatdan loyihalashtirish, ya’ni uzoq muddatga mo'ljallangan ishlarni amalga oshirish imkonini beradi.

Yüklə 248,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin