Reja: Kichik biznes va tadbirkorlik tushunchalari, ularning


Kichik biznesni belgilovchi mezonlar



Yüklə 248,27 Kb.
səhifə5/7
tarix16.12.2023
ölçüsü248,27 Kb.
#183777
1   2   3   4   5   6   7
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish bo\'yicha qonuniy hujjatlar majmuasi

5. Kichik biznesni belgilovchi mezonlar
Kichik biznesning mezonlarini belgilash zaruriyati kichik korxonalarning davlatning jiddiy yordamiga muhtojligidan kelib chiqadi, bu yordam adresli bo'lishi va korxonalar faoliyatining belgilangan tomonlarini yaxshilashga yo'naltirilishi kerak. Kichik korxonalarni alohida kategoriyalarga ajratish ular faoliyatini o'rganish va samaradorlik darajasini tahlil qilish, ularning iqtisodiyot umumiy tizimidagi o'rni va rolinianiqlash uchun zarur.
Bozor iqtisodiyotiga asoslangan barcha mamlakatlarda kichik korxonalarni belgilashda quyidagi mezonlardan foydalanadilar:
- miqdoriy ko'rsatkichlar: xodimlarning soni, sotish hajmi, asosiy kapitalning balans qiymati;
- sifat ko'rsatkichlari: ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning nisbatan kichik soni; cheklangan resurslar va quwatlar, boshqa-ruvning kamroq rivojlangan tizimlari va boshqalar;
- yuqoridagi ko'rsatkichlarning birinchi va ikkinchi guruhlarini
birlashtiruvchi kombinatsiyasi.
Har xil mamlakatlarda korxonalarni kattaliklariga ko'ra u yoki bu guruhga kirituvchi mezonlari qo'llaniladi. Yevropa Ittifoqining metodologiyasi bo'yicha kichik va o'rta korxonalar 5.1-jadvalda ko'rsatilgan mezonlar bilanbelgilanadi.
6. O zbekistonda kichik biznesning rivojlanishi va uning iqtisodiyotda tutgan o’rni
Mamlakatimizda iqtisodiy o'sishni ta’minlash, yangi ish o'rinlarini tashkil qilish, bandlik muammosini hal etish, aholining daromadlari va farovonligini oshirishda tobora muhim o'rin tutayotgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, rag batlantirish va qo'llab-quwatlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida kichik biznes subyektlari yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 2010-yilda 52,5 foizga erishildi. Holbuki, 2000-yilda bu ko'rsatkich 31 foizni tashkil etgan edi. Bunday natija birinchi navbatda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik davlat tomonidan doimiy qoMlab-quwatlanayotgani samarasidir (6.1-rasm).
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatining kengayishi iqtisodiyotning boshqa soha va tarmoqlari ishlab chiqarish hajmidagi salmogining oshishi orqali ham namoyon bo'ldi. Xususan, mazkur sohaning sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishdagi ulushi 2009-yildagi 16,9 foizdan 2010-yilda 19,6 foizga, qishloq xo'jaligida tegishli ravishda 97,8 dan 97,9 foizga, asosiy kapitalga investitsiyalar hajmida 23,1 dan 30,8 foizga,
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatining kengayishi iqtisodiyotning boshqa soha va tarmoqlari ishlab chiqarish hajmidagi salmogining oshishi orqali ham namoyon bo'ldi. Xususan, mazkur sohaning sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishdagi ulushi 2009-yildagi 16,9 foizdan 2010-yilda 19,6 foizga, qishloq xo'jaligida tegishli ravishda 97,8 dan 97,9 foizga, asosiy kapitalga investitsiyalar hajmida 23,1 dan 30,8 foizga, pullik xizmat ko'rsatish hajmida 48,5 foizdan 49,7 foizga oshdi, eksport hajmida 14,6 dan 13,6 foizga kamaydi (6.1-jadval).

Yüklə 248,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin