Reja: Kichik biznes va tadbirkorlik tushunchalari, ularning


(O’zbekistonda kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish yonalishlari



Yüklə 248,27 Kb.
səhifə6/7
tarix16.12.2023
ölçüsü248,27 Kb.
#183777
1   2   3   4   5   6   7
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish bo\'yicha qonuniy hujjatlar majmuasi

7. (O’zbekistonda kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish yonalishlari
СУ zbekistonda ijtimoiy yo'naltirilgan bozor iqtisodiyotini barpo etishning asosiy maqsadlaridan biri mamlakatda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik shakllarini ustuvor rivojlantirishdan iborat. Bu maqsadni amalga oshirish uchun iqtisodiy islohotlar o'tkazilmo qda, uning rolini oshirish uchun yirik instituuional asoslar yaratilmoq da. Tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish va uni kafolatlovchi huquqiy-me’yoriy hujjatlar, tadbirkorlarga ko'maklashuvchi nodavlat tashkilotlar, korxonalar shular jumlasiga kiradi. O'zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik korxonalari majmuini tashkil etish muvaffaqiyatli bormoqda.
Kichik biznes faoliyati bilan shug ullanuvchi korxonalar davlatga bog liq bo'lmagan holda, ya’ni katta kapital mablag larsiz o'zlari ish joylarini joriy etishlari, hozirgi davrda bizda vaqtinchalik mavjud tovariar tanqisligini kamaytirishlari va, hattoki, bu tanqislikni butunlay yo'qotishlari mumkin. Kichik korxonalar texnologiya yangiliklarini joriy etishda ham g'oyat katta ahamiyatga ega.
Respublikamizda kichik korxonalar soni va ular ishlab chiqargan mahsulotlar hajmi yildan-yilga oshib bormoqda. Kichik korxonalar O'zbekiston Respublikasining «Korxonalar to'g'risida», «Mulk to'g'risida», «Erkin tadbirkorlik faoliyati kafolatlari to'g'risida»gi kabi qonunlari, Prezident farmonlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va boshqa me’yoriy hujjatlar asosida tashkil etilmoqda.
Kichik korxonalar fan-texnika taraqqiyoti sharoitida sanoatning yetakchi sohalarini yangi texnologiyalarga o'tishda tobora o'z o'rnini topib bormoqda. Ular yangi fikrlar va ishlab chiqarishni takomillashtirish, yangi axborot texnologiyalarini joriy etish bilan ish jarayonini ta’minlovchi tizimning asosiy bog lovchilik sifatini namoyon etmoqda.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasining mamlakatimizni modemizatsiya qilish va yangilashning ishonchli tayanchi bo'lgan mulkdorlar sinfini, ya’ni o'rta sinfni shakllantirishdagi ulkan ahamiyatini hechnarsa bilan qiyoslab boMmaydi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning 2010-yilda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2011-yilga mo'ljallangan eng muhim ustuvor yo'nalishlarga bagishlangan O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining majlisida 2011-yilda kichik biznesning yalpi ichki mahsulotdagi ulushini 54 foizga yetkazish vazifasiqo'yildi15.
2011-yilga mo'ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo'nalishlari sifatida quyidagilar belgilab olindi:
Birinchidan, mamlakatimizning barcha mintaqalarida biznesni rivojlantirish uchun yanada qulay ishchan muhit yaratish, tadbirkorlik, kichik va xususiy biznesga yanada keng erkinlik berish, byurokratik to'siq va g'ovlarni bartaraf etish bo'yicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish lozim.
Shu munosabat bilan tadbirkorlik faoliyati muhitining qanday holatda ekani, buning uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish va bu faoliyatning amaldagi rivojlanish sur’atlari barcha darajadagi hokimliklar faoliyatini baholashning asosiy mezoniga aylanishi darkor.
Bosh prokuratura kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining moliyaviy-xo'jalik faoliyatiga har qanday noqonuniy aralashuvni iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish bo'yicha davlat siyosatiga qarshi qaratilgan harakat sifatida ko'rib chiqish va huquqbuzarlarga nisbatan qonunchilikka muvofiq javobgarlik normalarini qoMlashni amalga oshirishi lozim.
Ikkinchidan, Vazirlar Mahkamasi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tartibga soladigan qonun hujjatlarini tanqidiy tahlil qilish vazifasini amalga oshirishi zarur.
Eskirgan, sun’iy ravishda o'ylab chiqarilgan va ko'pincha hech kimga keragi bo'lmagan cheklov va taqiqlarni bartaraf etish, davlat va nazorat organlsing kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining moliya-xo'jalik faoliyatiga aralashuvini yanada keskin kamaytirish darkor.
Uchinchidan, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning kreditlar, xomashyo resurslari, shuningdek, davlat xaridlari tizimidan foydalanish imkoniyatlarinikengaytirish zarur.

Yüklə 248,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin