Reja Kirish 2



Yüklə 92,62 Kb.
səhifə8/9
tarix14.12.2023
ölçüsü92,62 Kb.
#177933
1   2   3   4   5   6   7   8   9
19.JISMONIY TARBIYA DARSLARIDA O\'QITISH METODIDAN SAMARALI FOYDALANISH

Xulosa


Jismoniy tarbiya tizimi barcha davlat va jamoat tashkilotlari hamda muassasalar,maktablar,oliyo’quvyurtlari,jismoniytarbiyajamoalarivaboshqalar uchun foydalanish majburiy bo’lgan yagona davlat dasturi va o’quv qurollari bilan ta'minlangan. Jismoniy madaniyatning maqsadi, jamiyat madaniyatining bir qismi sifatida, kishilarning jamiyat qurilishida faol ishtirok etishini unung talablarini qondiruvchi jismoniy qobiliyatlarini har tomonlama rivojlantirishni ob’ektiv zaruratibo’libhisoblanadi. Insonorganizmivapsixikasigajismoniy mashqlarbilan muntazamta'sirko’rsatishjismoniymashqlarningqo’llanishuslubiyatidabuta'sirlar qonuniyatlarga mos kelgan hollardagina muvaffaqiyatli bo’lishi mumkin. Ular asosiy va umumiy qoidalarni, shuningdek, jismoniy tarbiya jarayonining har xil tomonlarini o’rganuvchi qator fanlarning ma'lumotlarini taqqoslash orqali berilgan tavsiyalarni aks ettiradi.
Harakat shaklidagi ko’rsatmalilik jismoniy tarbiyaga xos bo’lgan shakl hisoblanadi. Uning ahamiyati juda katta, ayniqsa, eng murakkab harakatlarni o’zlashtirishda. Bunda yo’naltirib turuvchi yordam va “harakat bo’ylab olib o’tish” eng yetakchi metod sanaladi. Harakat shaklidagi ko’rsatmalilikning xususiyati shundan iboratki, u harakatlarni fazo va vaqtda aniqlab olishdan tashqari, ichki va tashqi ta'sir kuchlari, ayniqsa, inersiya va reaktiv kuchlar dinamikasida mo’ljal ola bilish imkoniyatini ta'minlaydi. Bajara olish va individuallashtirish tamoyilini amalga oshirish vazifasi jismoniy tarbiya o’qituvchisini ko’pgina turli xil omillarning o’ta qiyin, o’zgaruvchan manzarasiga to’qnash keltiradi. Bu omillarni har vaqt muntazame'tiborga olib turishzarur. Bunda ta'sirlarni istiqbolli dasturlash uchun barcha omillarning kelgusidagi o’zgarishlarini oldindan ko’zlab olish kerak. Jismoniy tarbiya jarayonida bu – sikllarni hosil qiluvchi mashg’ulotlar va bosqichlarning berk aylanishidir. Shunga muvofiq uchta turi ajaratiladi: mikrotsikllar (haftalik), ular mashqlarning takroriy qo’llanilishi va bir vaqtning o’zidaularningharxilyo’nalganligi,yuklamavadamolishninguyg’unlashuvibilan tavsiflanadi;mezotsikllar(oylik),ularikkitadanoltitagachamikrotsikllarnio’z
ichiga oladi, ularda vositalarning miqdori, uyg’unlashish tartibi va nisbatlari o’zgarib turadi; makrotsikllarda (yillik) jismoniy tarbiya jarayoni uzoq vaqt davom etadigan bosqichlarda amalga oshiriladi

Ko’rib chiqilgan tamoyillar yaxlit jismoniy tarbiya jarayonining turli xil qonuniyatlari va tomonlarini aks ettiradi. Ular bir-birini to’ldiruvchi va o’zaro bog’langan prinsipial metodik qoidalar yig’indisini emas, balki birligini tashkil etadi.Biron-birtamoyildanchekinishjismoniytarbiyaningbutunmurakkabjarayoni buzilishiga vao’qituvchi hamdao’quvchiningkatta mehnatideyarlisamarasizbo’lib qolishiga olib kelishi mumkin.


Xulosa qilib aytish mumkinki, interfaol ta’lim bir vaqtda bir nechta masalani hal etish imkoniyatini beradi. Bulardan asosiysi-o‘quvchilarning muloqot olib borishbo‘yichako‘nikmavamalakalaririvojlanadi,o‘quvchilarorasidaemotsional aloqalar o‘rnatilishiga yordam beradi, ularni jamoa tarkibida ishlashga, o‘z o‘rtoqlarining fikrini tinglashga o‘rgatish orqali tarbiyaviy vazifalarning bajarilishini ta’minlaydi.
Mustaqil davlatimizning taraqqiyoti ta’limning barcha sohalaridagi kabi jismoniy tarbiya sohasida ham katta islohotlarni talab qiladi. Raqobatbardosh kadolarni tayyorlash jamiyatning muhim ehtiyojini qondirishning eng zarur shartidir. Jamiyatning yuqori malakali raqobatbardosh kadrlarga bo‘lgan ehtiyojini qondirishuchunboshlang‘ichsinfdanboshlaboqtinimsiz izlanish,ta’limningyangi samarali usullarini qidirish va kashf qilish zarur. Bizning tadqiqotlarimiz asosida turgan konsepsiya ham boshlang‘ich ta’lim jarayonida pedagogik texnologiyani qo‘llagan holda o‘quvchilarning o‘qish motivini o‘stirish va ularning fanni o‘zlashtirishga qiziqish va ehtiyojini tarbiyalashdir. Motivning mavjudligi shaxsning o‘quv faoliyatga erkin kirishuvi, o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasida erkin muloqotning shakllanishi va tez til topa bilishini ta’minlashga yordam beradi. Biz kurs ishi yozish davomida quyidagilarni o‘rgandik:
-Jismoniytarbiyadarslaridapedagogiktexnologiyaniqo‘llashgaoid
o‘qituvchilariningilg‘ortajribalarini;
- ta’lim jarayonida pedagogik texnologiyani qo‘llashga oid tajribalar juda kam ekanligiga ishonch hosil qildik.
Ya’ni jismoniy tarbiya darslarida pedagogik texnologilar joriy etilishi, o‘qish motivlarini har tomonlama rivojlantirilishi, pedagogik texnologiyaning mohiyatini anglatishgaerishilishi, ungadoirbilim, ko‘nikmava malakalarchuquregallanilishi va ular ta’lim amaliyotida muvaffaqiyatli qo‘llanilishi jismoniy tarbiya darslari jarayonida yuqori samaradorlikka erishishni ta’minlaydi.

Yüklə 92,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin