Reja Kirish 2


Onglilikvafaolliktamoyili



Yüklə 92,62 Kb.
səhifə6/9
tarix14.12.2023
ölçüsü92,62 Kb.
#177933
1   2   3   4   5   6   7   8   9
19.JISMONIY TARBIYA DARSLARIDA O\'QITISH METODIDAN SAMARALI FOYDALANISH

Onglilikvafaolliktamoyili


“Didaktik adabiyotlarda onglilik deganda, o`rganilayotgan temaga oid qonuniyat, ta`rif va faktlarni asosli egallash, xulosa va umumlashlarni chuqur, atroflicha fahmlash, tema yuzasidan bilimlarni izchil va to`g`ri bayon qila olish, bilimlarning ishonch va e`tiqodga aylanishi, o`rgatilgan bilimlardan turmushda mustaqil foydalana bilish kabilar tushuniladi. Onglilik bilimlarni ongli o`zlashtirishga yo`nalgan printsipdir. Bilim malakalarni ongli o`zlashtirish quyidagicha xususiyatlarga ega: ta`limning maqsadi, hayot uchun zarurligini anglash;faktikmateriallarniongliegallashvaularnio`zarofarqlaybilish;bilimlarni o`rganish, mustahkamlash, takrorlash jarayonlarini sezish; tema yuzasidan o`zi erishgan natijalarni baholay bilish.
Faollik esa, o`z navbatida bolalarda mustahkamlikni tarbiyalash uchun asos bo`ladi. Bu printsiplar bir-birini to`ldiradigan hodisalar bo`lib, ularning mohiyatini tashqaridan ichkariga va ichkaridan tashqariga yo`nalgan jarayonlar sifatida tasavvur qilingandagina anglash mumkin.
Faollik tashqaridan ichkariga yo`nalgan jarayon sifatida tasavvur etilsa, unda bolalarda mustahkamlikni shaxsiy sifat shaklida tarbiyalashni anglaymiz. Agar faollik ichkaridan tashqariga yo`nalgan jarayon sifatida qaralsa, unda insonning ichki intilishlari, emotsiyalari, qiziqishlari mustaqillikni shakllantirish vositasi ekanliginitanolishgato`g`rikeladi...”.Jismoniytarbiyajarayoni-buikkitomonlama jarayondir. Bir tomondan o`rgatishga intilayotgan o`qituvchi, ikkinchi tomondan o`rganishgaxohishibo`lgano`quvchiqatnashadi.Tajribalarshuniko`rsatadiki,agar o`quvchi oldiga qo`yilgan vazifaning mohiyatini tushunib etsa va uning hal etilishiga qiziqsa, o`rgatishning muddati tezlashadi va sifati yaxshilanadi.
Uslubiy adabiyotlarda onglilik va faollik alohida mustaqil tamoyillar hisoblanadi.Amaliyotdaesaonglilikvafaollikjarayonio`zarobog`liqdir,ularnibir- biridanajratishmumkinemas.Sababishukio`quvchiningfaolligisizonglilikniamalga oshirish mumkin emas, faoliyatning maqsadi esa ongli ravishda tushunibetilgandaginainsonfaolbo`ladi.Faollashtirishjarayonidegandao`qituvchi
tomonidan shug`ullanuvchilarning intellektual, axloqiy, irodaviy va jismoniy kuchlarini o`rganib, tarbiya sifatini oshirish tushuniladi. Ammo mavjud tabiiy va ma`naviyqonuniyatlarnibilishningo`zio`quvchilarnionglivafaolqilaolmaydi.Bu vazifanio`qituvchibajarishikerak.Qulaylikvaindividualliktamoyili.Butamoiyllar yoshvajinsiyfarqlanishbolalargaxos.Bundaytashqaribirxilyoshdagivajinsdagi bolalar, har xil qobiliyatga ega, shuning uchun o`rgatish va tarbiya jarayonida shu tomonlarni albatta hisobga olish zarur. Bunda qulaylik va individuallik tamoyiliga amal qilinadi. Bu yerda so`z, o`qituvchining har bir bola yuragiga yo`l topa olishi, vaqtincha qiyinchiliklarni anglay olishi va uni tuzatishga yo`l topa olishi, ularning qobiliyati va qiziquvchanligini rivojlantirishda hamkorlik qilishi ustida boradi.
Ko`nikma va malakalarni shakllantirish yo`llarini shunday tashkil qilish kerakki, ular har doim rivojlanishda bo`lmog`i zarur. Buning uchun o`quvchining harakat tajribasi jismoniy va psixik rivojlanganligi albatta hisobga olib o`tiladi.
Shuni ham unutmaslik kerakki, o`qituvchi dars jarayonida faqat alohida yaxshi tayyorgarligi bor yoki faqat qoloq o`quvchilar bilan ishlamaydi, albatta. U sinfdagi barcha o`quvchilar bilan ishonchli muammolarda va bir-birini to`liq tushungan holda ishlamog`i zarur.
Xo`sh,buninguchuno`quvchilarningqaysixususiyatlarinihisobgaolishkerak va bularga muvofiq tarzda nimalarga amal qilish kerak ?
Hammadan oldin bolaning o`qishga va uning natijasiga bo`lgan munosabatini farqlash, o`qishga va uning natijasiga salbiy munosabatda bo`lgan o`quvchilar pedagogning muntazam diqqat markazida bo`lmog`i kerak. Ularga metodik ta`sir etishning xilma-xil usullaridan foydalanishi kerak.
O`quv materialini o`zlashtirish va mustahkamlash uchun, mashqlarga bo`lgan ehtiyojdakattafarqmavjud.Harbiro`quvchidazaruriymashqlarningsonivahajmi har xil: alohida shug`ullanuvchilarning o`rgatish tempi har xil. Alohida harakat faoliyatining texnikasini o`zlashtirib olishda o`quvchilarning xususiyatlarinihisobga olib, yordamchi mashqlarning xarakterini va hajmini o`zgartirib berish zarur.
Murakkab mashqlar uchun o`zining aniq maqsadiga ega bo`lgan, bir necha yordamchi mashqlar mavjud. Misol uchun to`pchani uloqtirishni olsak, aniq yordamchi mashqlar uning alohida bosqichlariga taalluqli. Har xil o`quvchilar uloqtirishbosqichlariniturlichamuvaffaqiyatlarbilano`zlashtiriboladi.Ba`zibirlari yuguribborishdaqadamnialmashtirishniyaxshio`zlashtiribolmaydi.Uchinchilari- finalda zo`r berishni bilmaydi. Shuning uchun o`rgatish jarayonida har bir o`quvchiga o`sha bosqichni o`zlashtirib olishga yordam beruvchi yordamchi mashqlar beriladi. Shu o`rinda o`quvchilarning jismoniy va psixik yuklamani ko`tara olish imkoniyatini farqlash ham muhim ahamiyatga ega. Bu holat o`qituvchida har bir o`quvchi uchun o`quv vazifalarining qat`iy diffirentsiyasini ta`minlashga da`vat etadi. Kross tayyorgarligi mashg`ulotlarinio`tish uchun imkon bo`lsa, ikkita bir-biriga teng bo`lgan yugurish yo`lagi tanlanadi. Jismoniy tayyorgarligi past bo`lgan o`quvchilar biroz tekis va burilishi kam bo`lgan yo`lakdan,tayyorgarligiyaxshibo`lgano`quvchilarbaland,pastlik,burilishlariko`p bo`lgan yo`laklarda har xil masofaga yuguradilar.
Bizga ma`lumki, ba`zi o`quvchi vazifani o`qituvchi ko`rsatgandan so`ng, boshqasi-o`rtog`i tushuntirgandan so`ng, uchinchisi-kinolavhani namoyon qilgandan so`ng yaxshi tushunadi. Bu o`rgatish usullaridan majburiy foydalanish zarur. O`quvchilarning boshlang`ich natijalariga nisbatan o`sishini baholaydigan o`qituvchilarning tajribasini ijobiy deb hisoblash lozim.
Markazlashtirish tamoyili – texnologik jarayonda o`quvchilar faoliyati modelini loyihalashningboshelementisifatidaifodlanadi.Ta`limjarayonituzilmasidaasosiy tizimlashtiriluvchi ta`lim mazmuni va o`quvchi faoliyati texnologik jarayon hisoblanib,uningmazmuninio`quvchilarningijtimoiytajribaasoslarinio`zlashtirib olishgayo`naltirilgano`quvfaoliyatitashkiletadi.Harbiro`quvfanibo`yichata`lim mazmuni umumiy ta`lim maqsadi va vazifalariga muvofiq belgilanadi. Faoliyatli yondoshuvnuqtainazaridanumumiyo`rtata`limmazmuninitashkiletuvchiharbir unsur (element) sub`ekt faoliyatining turlaridan biriga muvofiq kelishi kerak. Sub`ektfaoliyatiningturlari,o`znavbatidaaniqmodellaryig`indisisifatida
umumlashganfaoliyatmodellariorqaliifodalanishizarur.O`quvchilarfaoliyati
modeli-tizimlashtiriluvchielement bo`lib, o`quvchining yaxlit faoliyati mazmunini aniqlashga xizmat qiladi. Markazlashtirish tamoyili loyihalashni quyidagi tartibda amalga oshirishni talab etadi: faoliyat modellarini maqsadga muvofiq yaratish, shuningdek, ularnio`quvchilartomonidano`zlashtirishusullari, vositalarinitanlash (texnologik operatsiyalar), o`quv faoliyatini boshqarish usullari (o`qituvchi faoliyati)ni asoslash.
Ta`lim jarayonini loyihalashda tamoyillar asosiy yondoshuv, faoliyat tuzilmalarini aniqlovchi me`yor hamda muvofiqlashtiruvchi talablar vazifasini bajaradi. Loyihalash tamoyillari nafaqat me`yoriy, balki tavsifiy vazifani ham bajarib, faoliyat mohiyatini ochib beruvchi umumlashma talablar sifatida tavsiflanadi.Ta`limjarayoniniloyihalashda nafaqatharbirtarkibiy qism,balkiular orasidagi aloqalar ham modellashtiriladi.
Ta`lim jarayonini loyihalash qonuniyatlari loyihalash tamoyillarining nazariy asoslarini ishlab chiqishga va pedagogik faoliyat amaliyotida qo`llashga zamin tayyorlab beradi. Muntazamlik tamoyili asosida uchta talab bor, o`quv jarayonini tashkiletishdagi kamchiliklarga, rejasiz ish, manbalarni tasodifiy tanlash kabi tartibsizliklarga qarshi kurashmoq kerak.
Sport pedagogi muntazamlik tamoyilini amalga oshirib borib, quyidagilarni hisobga olishi zarur:

  1. O`zlashtirib olinishi zarur bo`lgan materialni sistemalashda qator talablarni saqlashi kerak. O`quv dasturlarida mavjud bo`lgan jismoniy mashqlar bo`limlarda tasniflar asosida belgilab berilgan. Masalan, yengil atletikada yugurish, sakrash mashqlari va uloqtirish alohida sanab o`tilgan. Shuning uchun har bir sinfda butun mashqlarni rejalashtirishni shunday tizimga olib kelishi kerakki, jismoniy tarbiya jarayoninididaktik qoidalar asosida tashkiletishimkonibo`lsin:aniqdannoaniqqa, oddiydan murakkabga, yengildan og`irga. Boshqa so`z bilan aytganda, o`quv materiallarining har bir bo`limi bu tizimda pog`onani tashkil etadi, ya`ni avval o`tilganlar keyingi mashq uchun asos bo`ladi. O`quv materialini sistemalashtirish, imkoni boricha ijobiy natijalarga erishish uchun sharoit yaratish kerak.

  2. O`quv jarayonini tashkil etish, mashg`ulotlarning doimiyligini ta`minlash zarur. Ma`lumki, jismoniy mashqlarni bajarish orqali odam vujudida funktsional o`zgarishlar vujudga keladi. 5-7 kundan keyin o`tkazilgan mashqlar natijasida olinganijobiynatijayo`qotiladi.Buninguchundarsjadvaligaqo`yiladiganjismoniy tarbiya darsining bir-biridan oralig`i 1-2 kundan ortmasligi zarur. Bundan ikkita amaliy maslahat kelib chiqadi: birinchidan darslar hafta davomida eng maqbul oraliqda qo`yilishi kerak. Darslarni ikki kun birin-ketin yoki bir kundan so`ng qo`yish maqsadga muvofiq emas. Ikkinchidan hammasi jismoniy mashqlar bilan ta`minlash uchun o`quvchilarning mustaqil ishlaridan keng foydalanish zarur. Buningsiz qoniqarli natijalarga erishib bo`lmaydi. Masalan, faqat jismoniy tarbiya darsida shug`ullanuvchilarning egiluvchanligini rivojlantirishga intilish foydasiz.

  3. Mashg`ulotni uslubiy jihatdan ta`minlash: yuklama va damni ratsional navbatlashni ko`zda tutadi. Bu ayniqsa, jismoniy sifatlarni tarbiyalashda eng zarur. Bu jarayonda kuch yetganicha vazifa va mashg`ulotlarning doimiyligini saqlash kerak. Mashg`ulotlarni noaniq, gohida izchillik bilan o`tkazish vazifani hal etishda qoniqarsiz rivojlanish yo`nalishiga olib kelibgina qolmasdan, shug`ullanuvchilar organizmiga salbiy ta`sir ko`rsatadi.

Refleksivlik tamoyili-sub`ektningo`ziga, shaxsiy faoliyatiga va bilimiga baho berishi,o`zgalarninguhaqidagifikrlarivaularo`rtasidagihamkorlikfaoliyatigaoid munosabatlarni tavsiflaydi. Loyihalash jarayonida o`qituvchiga doimo ta`lim jarayoni,uninganiqvaidealsharoitlari,o`quvchilarningbilishgabo`lganehtiyojlari, ularni to`ldirish imkoniyatlari, shixsiy sifat va qobiliyatlari, pedagogik faoliyatini samarali tashkil etish imkoniyatlarini inobatga olish maqsadga muvofiq. Refleksivlik tamoyili yaratiladigan ta`lim jarayonining loyihasini ta`lim jarayoni ishtirokchisi-sub`ektningehtiyojlarivaimkoniyatlarinitahlilqilishasosidauzluksiz tuzatib, to`ldirib berishni talab etadi.29
Natijaviylik tamoyili- pedagogik shart-sharoitlarning qulayligi, oz vaqt va kuch sarflash evaziga samarali natijalarga erishishni tavsiflaydi. Natijaviylik- ijtimoiytajribafaoliyatmodellarimazmuni,texnologikoperatsiyalar,ularni
o`zlashtirish,boshqarishusullarinitanlash,o`quvfaoliyatiningmuvofiqligi,ta`lim
tarbiya vositalari, texnologik jarayonda sub`ektning qisqa vaqt va kuch sarflanish vositasida belgilangan maqsadga erishishni nazarda tutishi lozim.
Ko`p omillilik tamoyili. Har bir ta`lim jarayoni bir qator ob`ektiv va sub`ektiv omillarta`siridaamalgaoshadi.Ularsirasigao`qituvchivao`quvchilarningijtimoiy- iqtisodiyhayotsharoitlari,ta`limmuassasalariatrofdagiijtimoiy ishlabchiqarishva tabiiy iqlim muhiti, o`quv muassassining o`quv-moddiy bazasi, o`qituvchilarning kasbiy malaka darajasi, ta`limmuassasi yoki ma`lumsinfdagi ma`naviy-psixologik muhit, o`quvchilarning o`quv imkoniyatlari, sinfning intellektual salohiyati, jamoaning shaxslararo munosabatlari kiradi. Ta`lim jarayonini loyihalashda o`qituvchi ana shu omillarni hisobga olishi zarur.
O`quvchi shaxsini ta`lim jarayoniga moslashtirish tamoyili. Bola maktab ostonasiga qadam qo`yganidan boshlab uning faoliyat ko`lami (o`z-o`ziga xizmat, mehnat, dam olish tarzida) kengayadi. Bu kabi faoliyat ko`nikmalarini egallashi natijasida ijtimoiy tajribaga ega bo`lib boradi. Shuning uchun ta`lim jarayonining samarali bo`lishi, uni loyihalashda ta`lim mazmuni va boshqa faoliyat modellari hisobga olinishi, ularni o`quvchilar kundalik hayot faoliyatida egallab borishi ta`minlanishi zarur. Ayni vaqtda umumiy ta`lim muassasalarida shaxsni rivojlantirish va uni ijtimoiy hayotga moslashtirish muayyan qonuniyatlarga muvofiqpsixologvasotsiologlarningishtiroklari(psixo-pedagogiktashxisxulosasi) asosida amalga oshiriladi.
Odatda faoliyatga ta`rif berilganda, u birinchidan anglashilgan maqsad bilanboshqarilishi, ikkinchidan psixik va jismoniy faollikdan iborat ekanligi ta`kidlab o`tiladi. Lekin ushbu belgilarni faoliyat ta`rifini mukammal ochib berish uchun yetarli deb bo`lmaydi.
Inson faolligida anglangan maqsad mavjudligi to`g`risida mulohaza yuritish uchun harxilxususiyatlibirqanchaomillargamurojaatqilishgato`g`rikeladi.Faoliyatning motivlari, ro`yobga chiqarish vositalari, axborot tanlash va uni qayta ishlash anglangan yoki anglanmagan, ba`zan anglanganlik noto`kis, hatto u noto`g`ri bo`lishimumkin.Jumladan:a)maktabgachatarbiyayoshidagibolao`yinfaoliyatiga
nisbatanehtiyojinigohoanglaydi,xolos;b)boshlang`ichsinfo`quvchisio`quv
motivlarini hamisha ham yetarli darajada anglab yetmaydi; d) o`smir ham xulq motivlarininoto`kisyokinoto`g`rianglashi mumkin;e)hattovoyagayetgano`smir ham ba`zan xulq motivini noo`rin haspo`shlashga intiladi. Bundan tashqari, hatto faoliyatniamalgaoshirishnirejalashtirish,uniro`yobgachiqarishuchunqarorqabul qilish, natijani taxminlash, xulosa chiqarish ham anglanganlik kafolatiga ega emasdir. Chunki faoliyatni ruyobga chiqaruvchi harakatning aksariyati ong orqaliboshqarilmaydi,jumladan,velosipeduchish,kuychalish,kitobo`qish,telefonqilish odatiy hodisadir.
Shuni uqtirish lozimki, faolyatning jabhalarini ongda aks etish darajasi va mukammalligi uning anglanganligi ko`rsatkichi mezoni hisoblanadi. Lekin faoliyatning anglanganligi darajasi keng ko`lamli bo`lishiga qaramay maqsadni ko`zlash (anglash) uning ustuvor belgisi vazifasini o`ynayveradi. Faoliyatda maqsadnianglashishtirok yetmasa,unda uixtiyorsiz hatti-harakatgaaylanibqoladi va bunday holat ko`pincha hissiyot bilan boshqariladi.30
Shu o`rinda shuni ta`kidlab o`tish joizki, hatti-harakat ixtiyorsizligi uning anglanmaganligini bildirmaydi, biroq aksincha bunda inson motivining shaxsiy tomoni anglangan bo`ladi, uning ijtimoiy mazmuni esa qamrab olinmaydi.
Ta`lim jarayonida tabiiy rivojlanish va ijtimoiylashuv tamoyili. Tabiiy jarayonlar mohiyatini bilish ta`lim jarayonini samarali, o`quvchilarning yosh xususiyatlari, senzitiv rivojlanish davrlari, rivojlanishning keyingi bosqichiga o`tish imkoniyatlarini hisobga olgan holda tashkil etish imkonini beradi. Tamoyilning mazmuni ta`limni ijtimoiylashtirish, o`quvchilar tomonidan ijtimoiy tajribaning individual qonuniyatlar asosida o`zlashtirilishi bilan izohlanadi.

  1. Yüklə 92,62 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin