19.JISMONIY TARBIYA DARSLARIDA O\'QITISH METODIDAN SAMARALI FOYDALANISH
Jismoniytarbiyaninguslubiytamoyillarihamdajismoniytarbiya jarayonida ularni amalga oshirish yo'llari
Tabiatdagi, hayotdagi, butun borliqdagi jarayonlar ma`lum qonuniyatlarga bo`ysunadivashulargamuvofiqravishdarivojlanibboradi.Buqonuniyatlartabiatda odam ixtiyoridan tashqari holatda amal qiladi. Bunday qonuniyatlar, ilmiy izlanish vaamaliytajribalarningko`rsatishibo`yicha,jismoniytarbiya jarayonigahamta`sir ko`rsatadi. Bu qonuniyatlarni tan olish, ularni o`rganish, shu asosda o`quvchilar jismoniy tarbiyasi jarayonini yaxshilash imkonini beradi.
Jismoniy tarbiya va jismoniy madaniyat jarayonini boshqaradigan, inson vujudiga, jismoniy o`sishga ta`sir qiladigan tabiat qonunlari jismoniy tarbiya nazariyasivauslubiyotidaprintsip-tamoyilnominiolgan.Organizmrivojlanishining umumiy tamoyillarini bilish va ularni amaliyotda qo`llash, o`quvchilar jismoniy tarbiyasi jarayonini yanada samarali darajaga olib keladi.
Jismoniy tarbiya va pedagogikaga oid adabiyotlarda tamoyillar har xilta`riflangan, lekin manbalarning tahlili shuni ko`rsatadiki, har xil nomlar bilan ta`riflangan bir printsip quyidagi mazmunlarni bildiradi:
-jismoniytarbiyadarslarijarayonidao`quvchilarninghartomonlama rivojlanishlari uchun jismoniy mashqlarni ongli, tushungan holda tashkil etish;
-o`rgatayotgan mashqlarni yaxshio`zlashtirilishi uchun ko`rgazmalilikningturli xilshakllaridan foydalanish;
-har bir o`quvchiga taklif qilinadigan muayyan maqsadga yo`naltirilgan va psixologik og`irliklarning soddaligini, tushunarliligini ta`minlash;
Shug`ullanuvchi o`quvchilar avvalgi mashg`ulotlarda o`zlashtirib olganlarini mustahkamlashlarida talabni kuchaytirish va keyingi mashg`ulotlar uchun zamin yaratishni ta`minlash.
Pedagogika fanida bu printsiplarni o`rgatishda taalluqligini hisobga olib, didaktiktamoyillardebataymiz.Jismoniytarbiya,jismoniymashqlargao`rgatishva shug`ullanuvchilarni bilimlar bilan qurollantirish, jismoniy sifatlarni tarbiyalashni o`zichigaqamrabolganligiuchuntamoyillarnididaktikemas,metodik-uslubiydeb
atash qonuniyroqdir. Ko`nikma va malakalarni shakllantirishda qo`llaniladigan asosiyuslubiytamoyillar o`quvchilarning yoshlariqandaybo`lishidanqat`iy nazar, barcha uchun bir xil va zarurdir. Har bir tamoyilning mohiyatini va o`quvchilar jismoniy tarbiyasi jarayonida uni amalga oshirish yo`llarini alohida ko`rib chiqish maqsadga muvofiqdir.