Tеmur o`zining uch yillik (1386-1388), bеsh yillik (1392-1398), yеtti yillik (1399-1405) yurishlari davomida Ozarbayjonda jaloyirlar,
Sabzavorda sarbadorlar davlatini,
Uirotda kurdlar davlatini tugatib,
Eron va Xurosonni uz tasarrufiga oladi.
1394-1395 yillarda Oltin O`rda xoni To`xtamishga qarshi yurish qilib, uning ko`p sonli qo`shinini mag`lubiyatga uchratadi va Oltin O`rda hududini egallaydi.
Amir Tеmur 1398 yilda Hindistonga qilgan yurishida Dеhli shahrini, 1400 yilda Suriyaga qilgan yurishida Ualab va Bayrut shamarlarini,1401 yilda Damashq shahrini egallaydi.
1402 yilda usmoniylar impеriyasining sultoni Yildirim Boyazidga qarshi yurishida uni mag`lubiyatga uchratdi
XULOSA. Yakuniy xulosam o`rnida shuni aytishimki mumkinki Amir Temurni quyidagi„Buyuk shaxsning milliy ma`naviyatimizdagi tutgan o`rni.” haqida quyidagicha fikr bildirishimiz mumkin ,ya`ni
Amir Temur — buyuk shaxs: kuragi yerga tegmagan sarkarda, yirik davlat arbobi, qonunshunos, talantli me`mor, notiq, ruhshunos, shu bilan birga, el-yurtini sevgan va uni mashhuri jahon qilgan inson. U Buyuk insonning murakkab va tashvishlar bilan to`lib-toshgan hayoti va faoliyatini kichik bir maqolada, hatto juda qisqa va umumiy tarzda bo`lsa-da, bayon qilib bo`lmaydi. Amir Temurning tarixi ko`p jilddik kitoblar yozishga arziydi. Lekin ming afsuski, bizlar — buyuk amirning vatandoshlari, bu ishni hozirgacha eplolmadik. To`g`risi, buni qilish imkoniga ega bo`lmadik, chunki ko`hna tariximiz, ulug` ota-bobolarimiz haqida bizlarni churq ettirmay qo`ygan kommunistik g`oya bunga yo`l bermadi. Amir Temurning o`zi esa tahqirlandi, tuhmatu malomatlarga qoldi. Vaholanki, Angliya, Frantsiya, Germaniya, Amerika Qo`shma Shtatlaridagi hamkasblarimiz uning hayoti va faoliyatiga bag`ishlab juda ko`p ko`lamdor kitoblar yozib, o`z tillarida chop etdilar. Angliyalik sharqshunos olima Hilda Hukhem, germaniyalik Gans Robert Ryomer, frantsuz Jan Pol Roks, amerikalik Jon Vuds va Beatrisa Mans shular jumlasidan. Xorijlik dramaturg va artistlar o`z teatrlarining sahnalarida Amir Temurning yorqin obrazini yaratdilar. Frantsiyalik haykaltaroshlar uning haykalini oltindan quyib, muzeylarda namoyish qildilar. Biz-chi?..
Tangri taologa shukrlar bo`lsinki, shu kunlarga kelib ko`p ming yillik boy tariximizni surishtirish va o`rganish imkoniyatiga endi ega bo`lyapmiz. Biz keksa tarixchilar bu ishni umr yetganicha qilarmiz. Biz ulgurmasak, buni shogirdlarimiz davom ettirishar. Har holda shuni unutmaslik kerakki, bizlar nafaqat Amir Temur to`g`risida, balki ota-bobolarimiz tarixi borasida ham xalqimiz oldida qarzdormiz.
Amir Temur 1336 yilning 9 aprelida o`sha paytlarda Kesh (Shahrisabz)ga qarashli Xo`ja Ilg`or (bu qishloq hozir Yakkabog` tumaniga qaraydi) qishlog`ida tavallud topdi. Otasi Amir Tarag`ay — o`ziga to`q, badavlat kishi edi. Temur tug`ilgan paytda u Qozonxon (1333—1346) huzurida mas`ul bir mansabda turardi. Kesh va unga tobe` yerlarning bekligi esa Amir Tarag`ayning og`asi Hoji barlosning qo`lida edi.
Temurning yoshligi va yigitlik yillari Chig`atoy ulusi og`ir ijtimoiy-siyosiy bo`hron iskanjasiga tushib qolgan bir davrda kechdi. Ulus ichidagi notinchlik Qozonxon davriga kelib o`zaro feodal urushlarning avj olib ketishiga sabab bo`ldi. Hokimiyat uchun kurash ayniqsa xon bilan uning bosh amiri (amir ul-umarosi) Qazag`an o`rtasida kuchli bo`ldi. O`zaro nifoq va kelishmovchilik urushga aylandi. Mamlakat mo`g`ullar istilosi ostida qolgan o`sha og`ir sharoit ikki iste`dodli amirni — amir Temur bilan amir Husaynni bir qadar yaqinlashtirdi. Lekin amir Husayn mamlakatda feodal tarqoqlikka barham berish, raiyatni chet el bosqinchilaridan himoya qilish xususida Amir Temur bilan yakdil bo`la olmadi. Oqibatda yurt ozodligi uchun kurash bevosita Amir Temur zimmasiga tushdi.
Amir Temurning tarix oldidagi xizmati benihoyat katta.
Birinchidan, u mamlakatda kuchayib ketgan feodal tarqoqlikka barham berib, el-yurtni o`z tug`i ostiga birlashtira oldi, markazlashgan yirik davlatga asos soldi. Bu bilan ziroatchilik, hunarmandchilik, savdo-sotiq va madaniyat rivojiga mustahkam zamin yaratib berdi. Bugun «Temur va temuriylar davlati», «temuriylar madaniyati», «Ulug`bek va Samarqand astronomiya maktabi», «Navoiy» va «Bobur» kabi qutlug` so`zlarni nafaqat o`zbeklarning, balki butun dunyo xalqlarining tarixi sahifalarida uchratar ekanmiz, ularning zaminida
Amir Temurning ulkan xizmatlari yotishini nazarda tutishimiz lozim.
Ikkinchidan, Amir Temur, taqdir taqozosi bilan bir qator xalqlar va yurtlarga mustamlakalikdan ozod bo`lishda yordam berdi. Masalan, o`sha davrning eng qudratli podshohlaridan hisoblangan Boyazid Ildirimni (1389—1402) tor-mor keltirishi natijasida (1402 y.), bir qator Yevropa xalqlari ozodlikka erishdi; Oltin O`rda xoni To`xtamishni (1376—1395) ikki marta (1391 va 1395 y.) tor-mor keltirib, Rossiyaning mo`g`ullar hukmronligidan qutulishini tezlashtirdi.