Kirish I. Bob. Basketbolchilarni tayyorlash jarayonini boshqarish. 1.1. Boshqaruv jarayoni haqida tushuncha.
1.2. Rejalashtirish va tayyorgarlik jarayoni.
1.3. Yillik rejalashtiruv hujjat.
Bob bo‘yicha xulosa.
II. Bob. Musobaqalarda jamoani boshqarish. 2.1. Pedagogik va tibbiy-biologik nazorat.
2.2.Jamoani boshqaish
Bob bo‘yicha xulosa.
Xulosa. Foydalanilgan adabiyotlar. Kirish Mavzuning dolzarbligi. Yurtimiz va xalqimiz mustaqilligini yaratgan, ona Vatanimizni buvuk davlat darajasiga yetaklagan barcha sohaiar kabi jismoniy tarbiya va sport sohasini olimp cho‘qqisiga olib chiqish yo‘ilarini ochib berganbuyuk davlat arbobi, birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov tomonidan amalga oshirilgan ulkan islohotlar qolamini kengaytirib kelayotgan bugungi yurtboshimiz Sh.M.Mirziyoyev mamlakatimiz salohiyatini yanada ko‘íarishi bu borada yo‘nalish doirasida davlatimizning global taraqqiyotini ta’miniash bo‘yicha uning rahbarligida ishlab chiqilgan va 2017-2021 -yillarda amalga oshirilgan harakatiar strategiyasi izchillik bilan o‘z ifodasini topib kelmoqda. Bugungi kunda ana shunday islohotlar tarkibidagi ilmu fan, ta’lim va raqobatbardosh kadrlar tayyorlash mezonlarini ishlab chiqarisli amaliyotiga moslashtirish ishlarini ilg‘or tajribalar va innovatsion texnologiyalar asosida jadallashtirish vazifalarini hal etish ustuvor ahamiyat kasb etadi.
Aynan qayd etilgan masalalar jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha
mutaxassis kadrlash tayyorlash borasida ham o‘z aksini topmog‘i darkor.
O‘tgan besh yilda mamlakatimizning barcha viloyatlarida namunaviy loyihalar asosida hajmi 25 metrga 12 metr bo‘lgan 14 ta yangi, zamonaviy yopiq suzish havzasi barpo etildi, 13 ta suzish havzasi qaytadan qurildi, 83 tasi kapital ta'mirlandi. Shu davrda 110 ta suzish havzasi foydalanishga topshirildi, ularning umumiy soni bugungi kunda yurtimiz bo‘yicha 203 taga yetdi.
Hozirgi vaqtda 13 ming nafardan ortiq o‘g‘il-qizlarimiz mamlakatimizda ayni shu sport turlari bilan muntazam ravishda shug‘ullanayotgani alohida e'tiborga sazovor.
Mamlakatimiz katta tennis va stol tennisi, badiiy va sport gimnastikasi, suzish, yengil atletika, basketbol, gandbol, voleybol, futbol, dzyu-do, kurash va dunyo bo‘ylab keng tarqalgan boshqa sport turlari jadal rivojlanib, tobora ommaviylashib bormoqda.
Ayni paytda, yuqorida aytilganidek, yurtimizda 1 million 800 ming nafardan ortiq bola 30 dan ziyod sport turi bilan muntazam shug‘ullanmoqda. Bu raqam, 2003 yilga nisbatan olganda, 1,4 barobar ko‘pdir. Shu davrda maktab o‘quvchilarini jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlariga jalb etish 20,4 foizdan 40,5 foizga, jumladan, qizlar o‘rtasida 16,4 foizdan 32,5 foizga o‘sgani, albatta, hammamizni quvontiradi.
Shuni alohida ta'kidlash lozimki, o‘tgan yillar davomida qishloq joylarda bolalar sportini rivojlantirish bilan bog‘liq ishlar tubdan yaxshilandi.
Agarki raqamlarga murojaat qiladigan bo‘lsak, so‘nggi o‘n yilda qishloq joylarida bolalarning sport bilan shug‘ullanishi 14,5 foizdan 39 foizga o‘sganini ko‘rish mumkin. Bugungi kunda qishloqlarda sport bilan muntazam ravishda shug‘ullanadigan bolalarimiz soni 2003 yilga nisbatan ikki barobar ko‘pdir.
Ushbu sohani samarali rivojlantirishga qaratilgan qator Prezident Farmonlari va Xuquqiy Qarorlari qabul qilindi va ular halqimiz, ayniqsa yoshlarimiz xayotida o’z aksini topmoqda. Aynan shu konseptual xujjatlar asosida yurtimizda ko’pdan-ko’p jahon standartlariga mos sport inshootlari barpo etildi, respublikamizning barcha xududlarida nufuzli xalqaro musoboqalarning muntazam o’tkazilishi an'anaga aylanib bormoqda. o’zbek sportchilari o’zlarining yuksak sport natijalari bilan millatimiz shuhratini jahon hamjamiyati oldida tarannum etmoqda.
Shu bilan bir qatorda, xalqimiz, ayniqsa yoshlarimiz sog‘ligi, yurtimiz boyligi ekanligini hamda «katta» sport «kichik» sport evaziga natija berishini chuqur bilan yurtboshimiz ommaviy bolalar sportiga alohida e'tibor qaratadi va uni yanada jadalroq, rejali maqsad asosida rivojlantirish choralarini amalga kiritdi. Ommaviy bolalar sportining jadal sur'atlar bilan rivojlanishi Davlatimiz rahbari tomonidan 2002 yil 24 oktyabrda qabul qilingan «O’zbekiston bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasini tuzish to’g‘risida»gi Farmoni va unda ko’atilgan konseptual tadbirlarning xayotga tadbiq etilishi bilan bog‘liqdir.
Mazkur Farmonda begilangan dolzarb choralar bilan bir qatorda bolalar sportini ilmiy asosda tashkil qilishga ham alohida urg‘u berilgan. Bu borada respublika miqyosida, shahar va qishloqlarda ma'lum ishlar amalga oshirilmoqda. Joylarda ilmiy anjumanlar, seminarlar o’tkazilmoqda. Murabbiy va jismoniy tarbiya o’qituvchilari malakalari oshirilmoqda. Bolalar o’rtasida olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar ko’zga tashlanmoqda. Lekin, bu tadqiqotlar mavzularini tanlash, ularni tabaqalashtirish, mamlakat bo’yicha tashkil etilayotgan tadqiqotlar mavzularini muvofiqlashtirish masalalari hali poyoniga yetmagan.
Mazkur vaziyatni e'tiborga olgan holda joylarda, ayniqsa qishloq xududlarida joylashgan BO’SM va o’rta maktab, AL, KXK larida olib borilayotgan jismoniy tarbiya darslari, trenirovka mashg‘ulotlari va musobaqalarini ilmiy asosda tashkil qilishga alohida e'tibor qaratish zarur deb o’ylaymiz.
Bu borada birinchi navbatda jismoniy rivojlanish, va jismoniy tayyorgarlikni salomatlik doirasida shakllantirishga qaratilgan ilmiy tadqiqotlarni uyushtirish maqsadga muvofiqdir. Mutaxassis – olimlarning fikriga ko’ra, jismoniy tarbiya yoki sport bilan shug‘ullanish jarayonida, ayniqsa dastlabki tayyorgarlik va ixtisoslik bosqichlarida, kuch sifatini rivojlantirish masalasiga alohida ehtiyorkorlik bilan yondoshish tavsiya etiladi.