Hen party ( Kelin ziyofat) - nikoh to‘yidan oldin bo‘lajak kelining barcha dugonalari yig‘ilib uyushtiriladigan ziyofat. Bugungi kunda har ikkala bazm turli ko‘rinishda va turli joylarda, xususan, restoran yoki ko‘ngilochar joylarda tashkillanadi. Bu odatning ahamiyati shundaki, bo‘lajak kelin – kuyov o‘zlarining turmush qurmagan so‘nggi onlarini eng yaqin do‘stlari davrasida mustaqil tarzda o‘tkazib , zavq oladilar.110 Something old, something new…111 Eski ingliz to‘rtligiga asoslangan bu mashhur to‘y an’anasi ingliz to‘ylarida muhim qadriyat sanaladi.
Bu an’ana ingliz xalq og‘zaki ijodidagi quyidagi she’rga asoslanadi va to‘y kuni kelinda albatta shu narsalar bo‘lishi kerak:
Something old, something new, Something borrowed, something blue And a (silver) sixpence in her shoe. O‘zbek tilida:
Nimadir eski, nimadir yangi,
Nimadir olib turilgan , nimadir moviy
Va (kumush) olti penni uning tuflisida.
“Nimadir eski”- bo‘lajak kelinning o‘tmishi, oilasi va uning qadriyatlarining ramzi bo‘lib, bu taqinchoq yoki tumor bo‘lishi mumkin.112 “Nimadir yangi”- kelinning oila a’zolari tomonidan yoki kuyovdan berilgan sovg‘a bo‘lib, kelinning tole’ va baxtga boy hayotidagi yangi sahifa ramzi sanaladi.113 “Nimadir ( qarzga) olib turilgan” – bu turmushda omadi kelgan baxtli do‘st yoki qarindoshdan olib turilgan narsa. Bu bo‘lajak kelin –kuyovning turmushi ham xuddi ulaniki kabi baxtli bo‘lishiga ishora qiladi.
Havorangli nimadir ingliz xalqida pokizalik, hayo va sadoqat ramzi hisoblanadi. U qurilayotgan yangi oilada bu qadriyatlarni o‘zida mujassam etgan moviy lenta yoki to‘g‘nog‘ich bo‘lishi mumkin.114Shuningdek, ba’zi manbalarda ko‘rsatilishicha, kuyovning onasi kelinga avloddan avlodga o‘tuvchi to‘r yoki bog‘ich sovg‘a qiladi. Undan kelinning nikoh yopinchig‘ini bezashda yoki kelinning o‘zini nikoh to‘yiga yasantirishda foydalaniladi. Bu moviy to‘r yoki bog‘ich tabiiy indigo bo‘yog‘i bilan bo‘yalgan bo‘lib , Irish linen – “irland kanopi”( “polotno”, “parusina”) deb ataladi.115 Kelinning tuflisidagi olti pens esa farovonlik bo‘lib, ikki yosh uchun davomiy boylik tilab qadrlanadi. 116