Sivilizatsiya – bu, avvalo, madaniyat yutuqlaridir. Bir madaniyat-ning o‘zi esa bir nechta sulola va davlatlardan uzoq yashashi mumkin. O‘z navbatida, bir sivilizatsiyaning o‘zi ham shunchalik uzoq umr ko‘radiki, umri davomida bir-birini bosib olgan turli davlatlarni ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Sivilizatsiya turli hududlarga tarqalishi, ularni bosib olishi (faqat kuch ishlatish yo‘li bilan emas), yangi -yangi xalq va davlatlarni egallashi mumkin. Shuningdek, sivilizatsiya o‘z madaniy
12
qadriyat va yutuqlarini boshqa bir sivilizatsiyaga berib, o‘zi yo‘qolib ketishi ham mumkin.
Ayrim hollarda bir nechta sivilizatsiyalar birlashib, yagona sivilizatsiyani tashkil qilishi ham mumkin (masalan, grek-rim sivilizat-siyasi). Sivilizatsiyalar bir-biri bilan parallel ravishda yashashi yoki bo‘lmasa birin-ketin vujudga kelishi ham mumkin. Nima bo‘lganda ham, sivilizatsiya tarixi – madaniyat tarixidir. Sivilizatsiyani o‘rganish – undagi madaniyat rivojini o‘rganishdir.
Sivilizatsiya í madaniyatning muayyan namoyon bo‘lishini, uning real mavjud hayotini aks ettirishidir. Sivilizatsiya madaniyat-siz, madaniyatning sivilizatsiyasiz, undan tashqarida mavjud bo‘lishi mumkin emas. Chunki inson muayyan sivilizatsiya bag‘rida o‘tmish avlodlari tomonidan yaratilgan barcha moddiy va ma’naviy boyliklarni o‘zlashtirgan holda shakllanishi, kamol topishi mumkin.
Hozirgi davrdagi madaniyatning ilmiy tushunchasi insoniyat tomonidan yaratilgan va yaratilishi davom etayotgan ma’naviyat, ruhiyatning o‘ziga xosligini anglashi natijasida vujudga keldi. Insoniyat «tabiiy» turmush tarzi asosida yashagan davrda: ya’ni, terib iste’mol qilish, ov qilish, baliq tutish, chorvachilik va dehqonchilik bilan shug‘ullangan vaqtlarda madaniyat to‘g‘risidagi fikrning tug‘ilishi munozaralidir. Oddiy, bir maromda rivojlanuvchi jamiyatda inson o‘z madaniyati bilan «qo‘shilib» yashagan. Urf-odatlar, e’tiqodlar, hayotning moddiy va ijtimoiy shakllari undan farq qilmagan. Madaniyatning avtonomiyasi namoyon bo‘lishi uchun muayyan darajada texnikaning rivojlanishi va mehnatning ijtimoiy-lashuviga erishish talab etiladi. Shu asosda madaniyat asta-sekinlik bilan insoniyatdan tobora ko‘proq mustaqil bo‘lib boradi. Aksincha insonning madaniyatga tobeligi ortadi. Hozirgi postindustrial jamiyatlardagi ekologik, ma’naviy va axloqiy sohalardagi mavjud muammolar fikrimizning dalilidir. Shuning uchun madaniyatni fenomen sifatida idrok etish, uning rivojlanish qonunlarini tushunish va shu tushunchalar asosida madaniyatni boshqarishga o‘rganish zaruriyat bo‘lib qoladi.
Madaniyatshunoslik fani madaniy tarixiy davrlarni tahlil qilish-da bilishning quyidagi uch bosqichini tabiiy birlikda olib qarashga harakat qiladi:
a) muayyan davrning yaxlit qiyofasini, ya’ni uning badiiy obrazini yaratishga intiladi;
13
b) insoniyat borlig‘ining umumiy dinamikasida davrning ma’naviy o‘rnini aniqlaydi (ijtimoiy ong tarixida, fanda, san’at va falsafada o‘rganiluvchi davrga berilgan bahoning evolutsiyasini ham o‘z ichiga oladi);
v) muayyan davrning «mazmuni»ni tahlil qiladi, ya’ni uning hozirga davr tafakkurida qanday o‘ringa ega ekanligini, uning muammolari bizga qanday ta’sir etishini, bizga qaysi tomonlari bilan hozirgi vaziyatning qaysi sotsial va individual kamchiliklari unda aktuallashganligini ko‘rsatadi.
Madaniyat tiplari tarixiy davrlarga qarab o‘zgarib turadi. Davrlarning almashinishi bilan madaniyatda ham sifat o‘zgarishlari yuz beradi. Muayyan tarixiy davrda yashagan kishilarning dunyo to‘g‘risidagi tasavvurlari, bilimi, ma’naviy qadriyatlari haqida atroflicha ma’lumotga ega bo‘lishimiz uchun shu davrning mada-niyatiga murojaat qilishimiz lozim. Shuning uchun madaniyat-shunoslik fani turli xalqlarning madaniy rivojlanish tarixini jahon madaniy taraqqiyotining tarkibiy qismi sifatida o‘rganish bilan birga, muayyan tarixiy davrning ijtimoiy taraqqiyotda tutgan ma’naviy rivojlanish bosqichlari, umumiy qonuniyatlari, o‘ziga xos xususiyatlarini ham o‘rganadi.
Madaniyatshunoslik tinglovchilarni turli tarixiy davrlar mada-niyatlari va sotsial guruhlarning urf-odatlari, turmush tarzi to‘g‘risidagi bilimlar bilan boyitadi. Tarixiy va gumanitar bilimlarni tartibga keltiradi, ijtimoiy turmush voqeliklarini yagona mazmun asosida anglashga yordam beradi. Ko‘plab betakror va mustaqil madaniyatlardan tashkil topgan jahon sivilizatsiyasining birligi va xilma-xilligini ko‘rsatadi. Kishilarning fuqarolik va ma’naviy yetuklikka erishishlarida, fikrlar va qadriyatlar plyuralizmini ko‘ra bilishda fan taraqqiyotini to‘g‘ri baholash qobiliyatini hosil qilishda muhimdir.
«Inson eng oliy darajadagi tarixiy mavjudotdir. Inson tarixiy davrda, tarixiy davr insonda mujassam» (N. Berdyayev). Negaki, har qanday davrning xususiyat va darajasi madaniyat rivoji bilan o‘lchanadi.
Dostları ilə paylaş: |