moddiy madaniyat;
Moddiy madaniyatga texnika madaniyati, ishlab chiqarish madaniyati, rejalashtirish madaniyati, taqsimlash va ayirboshlash madaniyati kiradi.
Ijtimoiy madaniyatga oila va nikoh masalalari madaniyati, ijtimoiy-demografik guruhlar madaniyati, maishiy madaniyat, maorif va ta’lim madaniyati, shaxslararo muloqot madaniyati, ekologik madaniyat kiradi.
Siyosiy madaniyat sohasiga huquqiy madaniyat, fuqarolik madaniyati, siyosiy faoliyat yuritish madaniyati, ijtimoiy guruhlar, davlat, xalq kiradi.
Ma’naviy madaniyat sohasiga dunyoqarash, mafkura, ilm-fan, din, badiiy madaniyat, san’at, milliy an’analar, axloqiy madaniyat, estetik madaniyat va boshqalar kiradi.
Uzoq vaqtlar fanda madaniyat deganda, faqat ma’naviy madaniyat nazarda tutildi. Negaki, borliqni haqiqat, yaxshilik, go‘zallik belgilaydi, deb hisoblashgan. Shuning uchun, birinchi o‘rinda, ilmiy tadqiqotlarning asosi axloq, nafosat bo‘lib keldi. Natijada, jamiyatning moddiy hayotini, uning iqtisodiyotini o‘rganishga e’tibor berilmadi. Moddiy madaniyat tadqiqot uchun qiziqarsiz hisoblangan.
Industrial jamiyatning vujudga kelishi, uning texnikaviy taraqqiyoti va texnologiyalarining tezda almashishi madaniyatshunoslarni insoniyatning barcha moddiy madaniyatini o‘rganishga majbur qildi. Shuningdek, hozirgi kunda madaniyat tizimlaridan bo‘lmish moddiy va ma’naviy madaniyat bir-biriga shunday ta’sir qilishyaptiki, bir tomondan, ma’naviy madaniyat moddiy madaniyatning yaralishiga sabab bo‘lsa, ikkinchi tomondan, moddiy madaniyatning boyishi ma’naviy madaniyatning yangi qirralari ochilishiga sabab bo‘lmoqda.
Eng qizig‘i bo‘lmish uchinchi tomondan esa, moddiy madaniyatda ma’naviy madaniyat va, aksincha, ma’naviy madaniyatda moddiy madaniyatni uchratish mumkin. Masalan, ilmiy-texnik taraqqiyot bo‘l-mish ommaviy axborot vositalari, radio, televideniya, kino, magnitafon, videotexnika, kompyuter – moddiy madaniyat bo‘la turib, ma’naviy madaniyat oshishiga xizmat qilishadi. Ma’naviy madaniyat bo‘lmish ilm-fan esa texnikaning rivojiga xizmat qiladi. Hattoki, texnikani ma’naviylashtirish asri boshlandi (masalan, texnik estetika...).
Moddiy madaniyat insoniyat mehnati bilan yaralgan barcha qadriyatlar yig‘indisini bildiradi. U jamiyat hayoti darajasini, moddiy ehtiyoj va moddiy qondirilish imkoniyatini yaratadi. Moddiy madaniyatga, avvalo, mehnat qurollari va ishlab chiqarish, ijtimoiy-maishiy xizmat turlari (bular: transport, aloqa vositalari, kommunal uy-joy xo‘jaligi xizmati va boshq.). kiyim-kechak, uy-ro‘zg‘or buyumlari kiradi. Demak, moddiy madaniyat – insonning tabiatni qay darajada egallay olganligini ko‘rsatadi.
Madaniyatshunos olim YU. V. Rojdestvenskiy o‘zining madaniyat-shunoslik faniga bag‘ishlangan asarlaridan birida moddiy madaniyat haqida qimmatli ma’lumotlar bergan.
Dostları ilə paylaş: |