6. Aloqa va aloqa vositalari. Moddiy madaniyatning bu sohasi pochta, telegraf, radio, televezion tarmoq, telefonli va radiotelefonli tizimni o‘z ichiga oladi.
Texnologiya. Texnologiya mehnat san’ati sifatida moddiy madaniyatning barcha sohalarida mavjud.
Texnologik madaniyatda eng asosiy narsa ta’limdir. Ta’lim inson shaxsiga mo‘ljallangan. Ta’lim olgan insongina texnologik madaniyatni egallaydi.
22
Ma’naviy madaniyat moddiy madaniyatga nisbatan ancha avvalroq o‘rganila boshlangan. Insoniyat tarixining boshlaridan kishilar ma’naviy madaniyatni belgilashga, uning shakllanish sabablarini aniqlashga, ma’naviy boylik ijodkorlari va yaratuvchilari qanday sifatlarga ega bo‘lishlari kerakligi va ma’naviy ijodkorlik jarayoni qanday bo‘lishini tushuntirishga uringanlar.
Ma’naviy madaniyat ma’naviy ishlab chiqarish, ijtimoiy ongshakllarini yaratish bilan bog‘liq faoliyatning barcha sohalarini qamrab oladi. Ma’naviy madaniyat namoyon bo‘lishining turli ko‘rinishlari mavjud: har xil tasavvurlar va g‘oyalar, nazariyalar va ta’limotlar, ilmiy bilimlar va san’at asarlari, axloqiy va huquqiy normalar, falsafiy, siyosiy qarashlar, mifologiya, din va boshq.