Reja: kirish madaniyaning inson hayotidagi o’rni


Madaniyatshunoslik fani muhim tarbiyaviy vazifani ham baja-radi



Yüklə 33,52 Kb.
səhifə3/9
tarix07.03.2023
ölçüsü33,52 Kb.
#86953
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Madaniyatning inson va jamiyat hayotidagi o‘

Madaniyatshunoslik fani muhim tarbiyaviy vazifani ham baja-radi. Insonda ziyolilik hissini tarbiyalash kursning diqqat markazida turadi. Kishi qanchalik ziyoli bo‘lsa, í degan edi D. S. Lixachev, í u shuncha ko‘p tushunadi va o‘zlashtiradi, uning dunyoqarashi va

14

qabul qilish doirasi shunchalik kengayadi. Kishining madaniy saviyasi qanchalik tor bo‘lsa, u hamma yangiliklarga va «juda eski»likka nisbatan shunchalik befarq bo‘ladi. O‘zining eski odatlari bilan yashaydi. Dunyoqarashi tor bo‘lib, hamma narsaga shubha bilan qaraydi. O‘tmishning madaniy qadriyatlarini va o‘zga millatlar madaniyatlarini bilish, uni saqlash, ko‘paytirish, estetik qimmatlarini qabul qila bilishning rivojlanib borishi madaniy taraqqiyotning eng muhim vositalardan biri bo‘lib hisoblanadi. Insoniyat madaniyatining rivojlanish tarixi nafaqat yangi, balki eski madaniy qimmatlarni izlab topish tarixidir. Shuningdek, o‘zga madaniyatlarni bilish, ma’lum ma’no-da gumanizm tarixi bilan qo‘shilib ketadi. Bu boshqa xalqlarga nisbatan hurmat, to‘g‘ri ma’nodagi bardoshlilik, tinchlik tilash demakdir1.


«Ziyolilik» tushunchasi ilmiy va oddiy ong darajasida ta’rifla-nishi jihatidan farq qiladi. Oddiy ong darajasida intelegentlilik deganda, oliy ma’lumotga ega bo‘lgan, asosan, aqliy mehnat bilan shug‘ullanuvchi, bilimli kishilar tushuniladi.

Madaniyatshunoslik fanining yana bir muhim vazifasi kishida ijodiy qobiliyatni rivojlantirishdir.


Madaniyat faqatgina moddiy va ma’naviy boyliklar yig‘in-disidan iborat emas, balki ijodiy faoliyatdir. Madaniyatshunoslik yangi ma’lumotlar berish bilan birga, yoshlarda madaniyat voqelik-lari bilan munosabatda bo‘lish malakasini hosil qiladi. Xilma-xil ma’lumotlar berish bilan birga, tinglovchilarda ilmiy tafakkur qilish uslublari uzluksizligi va mantiqiylikni shakllantiradi.




Kursning tarbiyaviy funksiyasining tatbiq etilishi uni bilish funksiyasi bilan qo‘shib o‘rganishni talab etadi. Tarixiy davrlar madaniyatini o‘rganish madaniyatlarni qarama-qarshi qo‘yish, ularga baho berish, farq qilish maqsadlariga emas, balki yangilikni o‘rganish, boshqa madaniyatlar qimmatlaridan bahramand bo‘lishga xizmat qiladi. Bu vazifalarni bajarishda madaniyatshunoslik kursi tarxiy antropologiya í madaniyatga yaxlit fenomen, dunyo va hayotni idrok etish usuli sifatida munosabatda bo‘ladi.

Tarixiy antropologiyaning eng muhim tushunchalaridan biri mentalitetdir. Mentalitet – madaniyatga taalluqli bo‘lgan kishilarda u yoki bu muhitning muayyan «aqliy vositalar yig‘indisi», «psixologik moslama»lari mavjudligini bildiradi. Ular insonning tabiiy va sotsial borliqni mustaqil idrok etishiga shart-sharoit




1 Musaev N.U. Azimov H.I. Madaniyatshunoslik. í Ɍ., 2010. í 13-ɛ.

15


yaratadi. Betartib, uzuq-yuluq tushunchalar va ta’sirlar tafakkur orqali qayta ishlanishi natijasida nisbatan tartibli dunyo manzarasiga aylanadi. Bu manzara inson xatti-harakatida o‘chmas iz qoldiradi.



Yüklə 33,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin