Reja: kirish madaniyaning inson hayotidagi o’rni


Makonda va qiymat chegaralarida



Yüklə 33,52 Kb.
səhifə6/9
tarix07.03.2023
ölçüsü33,52 Kb.
#86953
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Madaniyatning inson va jamiyat hayotidagi o‘

Makonda va qiymat chegaralarida ham xuddi shunday xusu-siyatlar mavjud. Intensiv faoliyat chegaralarni kengaytiradi, lekin bunda vujudga keluvchi voqeliklar mavjud madaniyat uchun begona va xatarli bo‘lishi ham mumkin. Shuningdek, ushbu yondashuvga xos bo‘lgan madaniyatning tirik asosidan falsafiy abstraksiyalar

18


dunyosiga o‘tishga intilishi, hozirgi davrga xos bo‘lgan texnokratik tafakkur ta’sirining kuchayishiga olib keladi. Ushbu ta’rifning kuchli tomonlari mavjudligiga qaramasdan, amalda u tarixiy-madaniy izlanishlardan yiroq bo‘lib qolmoqda.


Axborot ta’rif madaniyatni «barcha irsiy bo‘lmagan axborotlar yig‘indisi», uni tashkil etish va saqlash uslublari sifatida ta’riflab, madaniyat axborotlar ombori emas», u nihoyatda murakkab tashkil etilgan mexanizm bo‘lib, axborotni doimiy ravishda eng foydali va qulay uslublarni ishlab chiqqan holda saqlaydi, yangi axborotlarni qabul qiladi, ularni qayta ma’lumotlarga aylantiradi, ularning belgilarini bir tizimdan boshqasiga o‘tkazadi, deb izohlaydi.

«Barcha irsiy bo‘lmagan axborotlar yig‘indisi» deganda, xotirani tushunishimiz mumkin. Chunki xotira mexanik mazmunga ega emas, balki ijodiy jarayon hisoblanadi. Xotiraning eng muhim ma’naviy ahamiyati shundaki, u vaqt to‘sig‘ini yengadi va o‘limga qarshi turadi. Umumiy xususiyatlariga muvofiq, madaniyatni xotira bilan qiyoslashimiz mumkin. Bunda alohida olingan shaxsning xotirasini emas, balki jamiyat xotirasini nazarda tutamiz.


YU. M. Lotmanning fikricha, bir qator qoidalar, cheklashlar sifatida namoyon bo‘luvchi tashkiliy vaziyat madaniyatni belgilov-chi xususiyat hisoblanadi. K. Levi Strosning fikriga ko‘ra, «qayerda qoida bo‘lsa, shu yerda madaniyat boshlanadi. Inson tabiatidagi barcha umumiylik tabiatga tegishli bo‘ladi va stixiyali avtomatizm bilan tavsiflanadi, majburlash normalari bilan belgilanuvchi sifatlar madaniyat sohasiga tegishli bo‘lib, o‘zida nisbiylik va xususiylikni mujassamlashtiradi».


YU. M. Lotman shuni ta’kidlaydiki, «madaniyat entropiyasi» axborotga aylantirishning eng mukammal mexanizmidir. Bu mexa-nizm axborotni saqlashi va uzatishi bilan birga, uning ko‘lamlarini kengaytiradi. o‘zini o‘zi doimiy ravishda mukammallashtirishi va rivojlantirib borishi uning qonunidir. Shuning uchun madaniyat bir vaqtda ham barqarorlik, ham dinamizm xususiyatlarini namoyish qilishi kerak. Shu ma’noda madaniyat tirik organizm va san’at asarlariga xos bo‘lgan xususiyatlarga ega. Madaniyatni insoniyat tomonidan yaratilgan yaxlit badiiy asar sifatida qabul qilmog‘imiz lozim.


XXI asrga kelib madaniyat ijtimoiy hayotning barcha sohalariga kirib bormoqda. Hozirgi kunda ishlab chiqarish madaniyati haqida,



19


maishiy va xizmat ko‘rsatish (servis) madaniyati haqida, boshqaruv madaniyati haqida, xulq madaniyati haqida bemalol gapirish mumkin. Madaniyatning sanab o‘tilgan har bir sohasida inson kuch-qudrati rivojining natijasini ko‘rish mumkin.

Ilmiy adabiyotlarda madaniyatni moddiy va ma’naviy madaniyatga bo‘lish rasm bo‘lgan. Madaniyatni moddiy va ma’naviy madaniyatga bo‘lish inson faoliyatining ikki asosiy sohasi – moddiy va ma’naviy ishlab chiqarish bilan bevosita bog‘liqdir. Moddiy madaniyat moddiy faoliyatning barcha sohalarini va natijalarini o‘z ichiga oladi. Moddiy madaniyatning muhim elementlari ishlab chiqarish, transport, aloqa vositalaridir. Moddiy madaniyatga uy-joy, kiyim-bosh, uy-ro‘zg‘or buyumlari, iste’mol vositalari deb ataladigan hodisalar ham kiradi. Bularsiz muayyan xalq madaniyati, uning tarixiy taraqqiyotining turli bosqichlaridagi o‘ziga xosliklari haqida to‘g‘ri fikr yuritish mumkin emas. Albatta, moddiy madaniyatni faqat ishlab chiqarish va iste’mol vositalariga taqab qo‘yish to‘g‘ri bo‘lmaydi.


Umuman olganda, ijtimoiy hayotda moddiy ishlab chiqarish sohasi bilan birga, ijtimoiy soha, siyosiy soha, ma’naviy soha faoliyatlari ham mavjud. Kishining bu sohadagi faoliyatlari madaniyatni tasniflashga asos sifatida qabul qilinadi.


Bunday tasniflash tizimining birinchi bosqichiga bir qarashda mustaqil ko‘ringan, lekin bir-biri bilan chambarchas bog‘langan quyidagi madaniyat sohalari kiradi:




1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin