Tabiat bilan tanishtirishda bolalar mehnatini tashkil etish.
Bolalarning tabiatdagi mehnati yakka topshiriq shaklida va
jamoa mehnati tarzida tashkil etiladi.
Yakka topshiriq bolalar bog‘chasidagi barcha yosh guruhlarda qo‘llaniladi. Bular tarbiyachiga bolaning xatti-harakatini puxtaroq boshqarish: yordam ko‘rsatish, qo‘shimcha
tushuntirish, maslahat berish, topshiriqning bajarilishini nazorat qilish, bolaning faoliyatini boshqarish imkonini beradi. Bularning barchasi malaka hamda ko‘nikmalarning aniq va mustahkam shakllanishiga, shuningdek, topshirilgan
ish uchun mas’uliyat his etish, g‘ayrat bilan mehnat qilish odatining tarbiyalanishiga yordam beradi.
Jamoa mehnati bir vaqtning o‘zida guruhning barcha bolalarida mehnat malakalari va ko‘nikmalarini tarbiyalashga imkon yaratadi. Mehnatning bu shakli jamoadagi munosabatlarning tarkib topishi uchun zarurdir. Bunda mehnatning umumiy maqsadini tushunish, kelishib olish, o‘z harakatlarini muvofiqlashtirish, ishni hamkorlikda rejalashtirish, o‘rtoqlarga yordam berish, ularning mehnatini baholash kabi muhim ko‘nikmalar shakllanadi.
Bolalar mehnatini tashkil etish shakllaridan biri navbatchilikdir. Tabiat burchagida navbatchilik qilishni bolalar katta
guruhda boshlaydilar. Mehnatning bu shakli mehnat malakalarini takomillashtirish, uning ijtimoiy sabablarini shakllantirish imkonini yaratadi.
Tabiat bilan inson o‘rtasidagi uyg‘unlikni ta’minlashda ekologik ta’lim-tarbiyaning roli nihoyatda katta. Ta’lim tizimining barcha bosqichlarida amalga oshiriladigan uzluksiz ekologik ta’lim va tarbiya insonning tabiatiga, qolaversa, o‘ziga nisbatan yangi munosabatlarning shakllanishini taqozo etadi. Bu o‘z navbatida barkamol insonning shakllanishida poydevor bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Tabiatga nisbatan muhabbat uyg‘otish ona Vatanga, uning tabiat yodgorliklari, tarixiy obidalari, xalqimizning an’analariga hurmat ruhida tarbiyalashga, yuksak ma’naviyatli shaxsning shakllanishiga olib keladi.
__________________________
3SH.Sodiqova, M.A.Rasulxo‘jayeva Tabiat bilan tanishtirish metodikasi- T.: 2013 yil “Fan va texnologiya
Xulosa
Tabiat bilan muloqot insonga ijobiy ta'sir qiladi, uni mehribon, yumshoq qiladi, unda uyg'onadi. yaxshiroq his-tuyg'ular. Farzand tarbiyasida tabiatning roli ayniqsa katta. “Tabiat ijodiy ilhom manbai, insonning nafaqat kattalar, balki o‘sib borayotgan barcha ma’naviy kuchlarini yuksaltirish manbaidir”. Tabiat atrofdagi voqelikning barcha in'ikoslarini hissiy ohanglarda rang berishga yordam beradi. Atrofdagi tabiatga, go'zallikning bitmas-tuganmas manbasiga ana shunday hissiy munosabat, ta'lim muassasalari tizimi bolalarni tarbiyalashi kerak.
Ajdodlarimiz ekologik o`gitlarining unutilishi, tabiat zaxiralariga o`ylamay netmay isrofgarchilik bilan munosabatda bo`lish O`zbekiston hududida ham yuz bergan. Buning oqibatida ko`plab ekologik muammolar yuzaga keldi. Shuning uchun ekologik tarbiyadagi eng muhim yo`nalish, Respublika hududidagi hozirgi zamon ekologik bo`hronlarni ilmiy asoslash va uni maqsadga muvofiq tarzda ilmiy-amaliy jihatdan o`rganish, Bolalardagi ekologik nuqsonlarni bartaraf etish va ularni ekologik muammolarni hal etishga qodir ekologik madaniyatli insonlar qilib shakllantirish muhim pedagogik muammo bo`lib hisoblanadi. Xulosa qilib aytganda, O`zbek xalqi tarixi yosh avlodlarni tabiat bilan tanishtirishga doir boy ijodiy merosga ega bo`lib, bu merosni o`rganish, hayotga tatbiq etish hamda kelajak avlodlarga yetkazish shu kunning eng muhim vazifasidir.