2-rasm. Vanyukov pechining ko‘ndalang yon kesimi.
Xomashyo 5.Furma
Toshqol 6.Mo‘ri
Shteyn 7.Xampa
Zarra harakati 8.Tuynuk
Kessonlar zichligi o‘ta yuqori bo‘lgan misdan tayyorlangan. Texnologik gazlar kessonlangan shaxtadan chiqariladi. Shaxtada ajralish davriga chiqqan oltingugurt qisman yondiriladi. Gazlar qozon-sovutkichlarda sovutilib, changdan tozalanib, sulfat kislotasi olishga yuboriladi. “Norilsk – Nikel” OAJ va “Balxash mis” sanoat birlashmasi kombinatlarida ishlab turgan pechlarning texnik-iqtisodiy tavsiflari 1-jadvalda keltirilgan.
VP konstruksiyasining issiqlikni doimiy ushlab turish imkoniyati katta. Haroratning maksimal qiymati aynan furma yonida ko‘tariladi, kislorodning yuqori sarfi, haroratning ortishiga olib keladi. Kessonlar yonida eng past harorat bo‘limlarda bo‘ladi. Xomashyo yuklanadigan joyida ham harorat yanada pasayadi.
1-jadval
Vanyukov pechining ayrim texnik ko‘rsatkichlari
№
|
|
Norilsk
|
Balxash
|
1.
|
Xomashyo bo‘yicha ishlab chiqarish unumdorligi, t/(m. sut)
|
80
|
80
|
2.
|
Furma kesimida pechning eni, m
|
2,5
|
2,3
|
3.
|
Shteyn vannasining balandligi, m
|
0,5
|
0,49
|
4.
|
Toshqol vannasining balandligi, m
|
1,1
|
1,2
|
5.
|
Eritmalarning umumiy balandligi, m
|
2,4
|
2,6
|
6.
|
Kislorodning havo bilan boyitilish
darajasi, %
|
64–65
|
65–75
|
7.
|
1t boyitma uchun kislorodning sarfi, m3
|
140–300
|
140–300
|
8.
|
Pechning foydali ish darajasi, %
|
97
|
84
|
9.
|
Misning miqdori, % ;
|
|
|
|
a) shteynda
|
45–50
|
44–47
|
|
v) toshqolda
|
0,6
|
0,5–0,74
|
10.
|
SO2 ning gazdagi miqdori, %
|
20–35
|
24–30
|
11.
|
Gazning changlik darajasi, g/m3
|
1,5–2
|
2–3
|
12.
|
Changning ajralib chiqishi,
xomashyoga nisbatan, %
|
|
|
-
|
1,1
|
13.
|
Misning ajratib olinishi, %
|
97,3
|
97,1
|
14.
|
Nodir metallarning ajratib olinishi
|
99
|
99
|
Keltirilgan ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, VP jarayoni oldingi ko‘rilgan texnologiyalardan ancha afzalroqdir.
Hozirgi paytda Vanyukov jarayoni yallig‘ pechda eritish jarayoni o‘rnida qo‘llanilmoqda. Norilsk va Balxash tog‘-metallurgiya kombinatlarida jarayon to‘la tatbiq etilgan. Pechning xomashyosiga boyitma, flus va qattiq aylanuvchi moddalar kiradi. Xomashyoning umumiy namligi 6–8%. Pechga suyuq konverter toshqol quyish mumkin. Xomashyo pechning yuqori qismidan vannadagi eritmaga yuklanadi. Shteyn va toshqol pechning qarama-qarshi tomonlaridan, sifon orqali chiqariladi. 2-jadvalda 100 kg xomashyo uchun Vanyukov pechining issiqlik balansi keltirilgan.
Issiqlikning katta hajmi oltingugurtni eritmada yoqish davrida ajralib chiqadi. Oltingugurt yuqori darajali sulfidlarning ajralish jarayonida paydo bo‘ladi. Gaz hajmidagi yuqori haroratlar bunga ko‘mak beradi. Shuning uchun xomashyo pechga yuklanishi uzluksiz oqim bilan berilishi kerak.
Dostları ilə paylaş: |