1-rasm.Vanyukov pechi Sulfidli shixta tarkibidagi kvarsli flus toshqolda tez eriydi, toshqolning hosil bo‘lish tezligini nihoyatda orttirib yuboradi. Jarayonda tomchilar oralig‘idagi kolessensiya (ya’ni energiya sistemasining kamayishi bilan suyuq va qattiq fazalardagi hajmlarning o‘z-o‘zidan birikishi) shteyn tomchilarini o‘rtachalashtiradi. Demakki, pechning eng ostki qismidagi shteyn tarkibidagi mis shteyn bo‘limining ustki qismiga nisbatan bor-yo‘g‘i 3–5% gina farq qilishi mumkin.
Shteyn tarkibidagi misning ortishi bilan boshqa pechlardagidek, toshqol tarkibidagi mis tarkibi ham ortib boradi, biroq juda kam miqdorda, ya’ni 45–50% misli shteyn olinganda, toshqoldagi mis 0,5–0,6% dan deyarli ortmaydi. Vanyukov pechida nafaqat misli xomashyo, balki mis-nikelli klinkerning mis shixtasini ham birdek eritib, rejalashtirilgan holda, kerakli tarkibda misli shteyn, sulfat kislota olishga mo‘ljallangan sulfid va sulfat angidridli texnologik gaz olish mumkin [20].
Vanyukov pechida har qanday misli mahsulotlar yoki ashyolarni eritib, undan misga boy shteyn olish mumkin. Shuning uchun ham ushbu risolaning oldingi boblarida ko‘rsatilganidek, metallurgik hisob yo‘li bilan ashyolar tengligi hisoblanadi. Hozirgi kunda “Olmaliq TMK” OAJdagi YaQE va KME pechlarida Olmaliq rux zavodining misli klinkerlari qayta ishlanmoqda. Shuningdek, boshqa barcha eritish zavodlarida ham misli, tarkibida qimmatbaho ma’dani bor klinkerlar Vanyukov pechida qayta ishlanib, qo‘shimcha mis va nodir metallar olinmoqda. Shuning uchun ham Vanyukov pechining metallurgik hisobida klinkerning ratsional tarkibini yechish orqali texnologik hisobni boshlaymiz. Suyuq vannada eritish jarayoni (VP)Zamonaviy, yuqori samaradorli avtogen jarayonlardan biri – suyuq vannada sulfid mis boyitmasini eritishdir. Jarayonning avvalgi nomi PJV (Suyuq vannada eritish), Moskva texnologik universitetining (ilgarigi Moskva po‘lat qotishmalar instituti) “Og‘ir rangli metallar metallurgiyasi” kafedrasi mudiri professor A.V.Vanyukov tomonidan 1951-yil mualliflik guvohnomasi bilan himoya qilingan tadqiqotni sinovdan o‘tkazib, uzoq yillar ilmiy izlanish olib bordi. Ushbu avtogen jarayoni professor Vanyukov boshchiligida yaratilgan va ko‘p davlatlarda tatbiq etilgan.
Jarayonning mohiyati sulfidlarni toshqol eritmasida, kislorod yoki kislorodga boyitilgan havo oqimida yondirishdan iboratdir. Jarayon kessonlangan shaxtali pechda, eritmaning pastdan yuqoriga qarab ko‘tarilishi sharoitida amalga oshiriladi.
Hozirgi paytda VP jarayoni yallig‘ pechda eritish o‘rnida qo‘llanilmoqda. Norilsk va Balxash tog‘-metallurgiya kombinatlarida jarayon to‘la tatbiq etilgan. Pechning xomashyosiga boyitma, flus va qattiq aylanuvchan moddalar kiradi. Xomashyoning umumiy namligi 6–8 %. Pechga suyuq konverter toshqolini quyish mumkin. Xomashyo pechning yuqori qismidan vannadagi eritmaga yuklanadi. Shteyn va toshqol pechning qarama-qarshi tomonlaridan, sifon orqali chiqariladi.
Vanyukov pechining ko‘ndalang kesimi 2-rasmda keltirilgan.