Mahsulot (Product) – marketing kompleksining birinchi tashkil etuvchi hisoblanadi. Mahsulot deganda iste’molchilarning turli talab va ehtiyojlarini qondirish uchun taklif qilinadigan tovar va xizmatlar nazarda tutiladi.
Ehtiyotkor biznesmen, avvalo, iste’molchilarning talablarini aniqlashga urinadi, so’ngra, olingan ma’lumotlar asosida, kerakli tovar yoki xizmatlarni taklif etib, ularning ehtiyojini ta’minlaydi.
Iste’molchilarga kerakli bo’lgan narsani taklif eting. Boshqa korxonalar sotayotgan, tovarlarni sotish bilangina shug’ullanmang. Doimiy ravishda tovar yoki xizmatlaringiz sifatini yaxshilash ustida ishlang. Agar tovarlaringizni sotilishi yaxshi bo’lmasa, quyidagi savollarni o’ylab ko’ring:
• Sizning tovarlaringiz iste’molchilarning talab va ehtiyojlarini qondira olayaptimi?
• Tovarlaringizni siz kerakli iste’molchiga taklif qilayapsizmi?
• Tovarlaringizning sifati uning bahosiga to’g’ri keladimi?
• Sizning tovarlaringizni sotib olishdan iste’molchiga qanday afzallik bor?
Izoh:Bu savollarga javoblarni, o’zingizdan emas, istemolchilaringizdan izlang. Tovarlaringiz ko’zga tashlanishini oshirish uchun ayrim maslahatlar 1. Do’kon rastalarini tovarlar bilan to’ldirish. Tovarlarni omborxonalarda ushlab turmang, ularni iste’molchilar ko’rishi va sotib olishi mumkin bo’lgan joylarga qo’ying. Savdo rastangizda bo’shab qolgan joylar bo’lishiga yo’l qo’ymang. Ularga zudlik bilan tovarlarni qo’ying. Bo’sh joylar yoqimsiz tasavur uyg’otadi. Tovarlarni sal oldinga surib qo’ying. Bu do’koningizni tovarga to’la qilib ko’rsatadi.
2. Etiketkali tovarlarni old tomonga qo’ying. Odatda, etiketka go’zal va jozibador ko’rinadi. Bu xaridorlarga,o’zlariga yoqib qolgan tovarlarni birdaniga eslab qolish imkonini beradi hamda yangi tovarlar paydo bo’lganini ko’rsata oladi.
3. Imkon boricha narhlarni ko’rsating. Xaridorlar sotuvchidan baholarni so’rashdan ko’ra ko’proq o’zlari o’zlari ko’rishini hohlaydilar. Siz tovarlarni narx ko’rsatilgan qog’oz yoki yorliqlar ustiga qo’yishingiz mumkin. Narx ko’rsatilgan qog’oz yoki yorliqlarni do’kon tokchalarining chetlariga ham qo’yishingiz mumkin. Narx yozilgan raqamlar, xaridor ko’ziga tashlanadigan o’lchamda bo’lishi kerak.
4. Tovarlarni shunday jotslashtiringki, ular ko’zga tashlanib tursin, tokchalar o’rtasida ko’p joy qoldiring. Agar xaridor tovarlaringizni yaxshi ko’rib tursa, uni sotib olish ehtimoli yuqori bo’ladi. Mayda buyumlar (konfetlar va h.k.) ni oynavand tokchalarga joylashtiring, tugmachalarni shaffof idishlarga solib qo’ying.
5. Tovarlarni ko’zingiz balandligida joylashtiring. Xaridor uning ko’zi balandligida joylashgan tovarlarni tez ko’radi va sotib oladi. Quyi va yuqori sathlarda joylashgan tovarlarni ko’rish qiyin. Bu sathlarda iste’molchilarga yaxshi tanish bo’lgan tovarlarni joylashtirish maqsadga muvofiq.
Baho (Price) - marketing kompleksining ikkinchi tashkil etuvchisi hisoblanadi. Marketing bahoni hosil qilish quyidagilarni ko’zda tutadi:
• Bulguvsi iste’molchi to’lashga tayyor bo’lgan bahoni belgilash;
• Ishning shunday holatini ta’minlangki, bunda narx xaridor uchun qiziqarli, o’ziga jalb etadigan va shu bilan bir qatorda sizga yetarli darajada kata foyda keltirsin;
Tovarga baho belgilashdan avval siz ma’lum bir axborotga ega bo’lishingiz kerak. Siz quyidagilarni bilishingiz kerak;
• O’z xarajatlaringizni;
• Sizning tovar yoki xizmatlaringizga to’lanmoqchi bo’layotgan bahoni;
• Raqobatchilar tomonidan xuddi shunday tovarlarga belgilangan baholarni.
Siz belgilagan baholaringizning qiziqarli va o’ziga jalb etadigan qilishga harakat qiling. Buning uchun narx tushirish tizimi, maxsus takliflar va h.k. lardan foydalaning.