Joylashish (Place) – marketing kompleksining uchinchi elementi. Joylashish deganda, sizning korxonangiz joylashgan yoki tovarlaringiz sotiladigan, ular taqsimlanadigan ya’ni tovar yoki xizmatlarni iste’molchilarga yetkazish joyi tushuniladi. CHakana savdo bilan shug’ullanuvchilar yoki xizmat ko’rsatish xodimlarining joylashishi iste’molchilarga qulay bo’lgan yerda bo’lishlari kerak.
Ishlab chiqaruvchilar, o’zlari ishlab chiqarayotgan tovarlarni, qiyinchiliklarsiz sotib olishlari mumkin bo’lgan joylarda, eng samarali taqsimlash yo’l va kanallarini topishlari kerak.
To’g’ridan-to’g’ri taqsimlash-bevosita iste’molchilarning o’ziga sotish, o’ta qimmat va maxsus tovarlarni ishlab chiqarganingizda hamda sizda bor-yo’g’i bir necha, ishlab chiqarayotgan tovarlaringiz va servis xizmatiga muhtoj, istemolchilar bo’lgan hollarda qo’llash maqsadga muvofiq.
CHakana va ulgurcha savdo kanallari bo’ylab taqsimlash standart keng ehtiyoj tovarlarining katta partiyalarini ishlab chiqarishda hamda sizda katta hudud bo’ylab sochilgan xaridorlar bo’lgan hollarda qo’llash maqsadga muvofiq.
Ilgari surish (ommaviy taqdimot) (Promotion) - marketing kompleksining to’rtinchi elementi. Ilgari surish (ommaviy takdimot) - mahsulot yoki xizmatlarni realizatsiya qilish uchun istemolchilarni xabardor qilish va ularni jalb etishni bildiradi.
Siz iste’molchilarning o’zlarini kelishlarini kutib o’tirmasligingiz kerak. Tovarni ilgari surish(ommaviy takdimot) bilan shug’ullaning, sotishning kata hajmini ta’minlang va o’z faoliyatingizni quyidagi yo’llar bilan ko’paytiring:
• Iste’molchilar tomonidan qiziqishni rag’batlantirish uchun reklamadan foydalanish;
• Xaridorlarni sizning tovarlaringizni sotib olishga undash uchun sotishni rag’batlantirish;
• Korxonangiz va siz ishlab chiqarayotgan tovarlar haqida bepul xabardor qilish uchun pablisiti tashkil qilish;
• Sotuvchi sifatidagi ko’nikmalaringizni takomillashtirish.
Reklama haqida bir necha og’iz so’z. Reklama – odamlarga batafsil, siz ishlab chiqarayotgan tovar yoki ko’rsatayotgan xizmatlar haqida, iste’molchilarni sotib olishga qiziqtirish maqsadida, axborot berish.
Korxonangizni yaxshi reklamasini tashkil qilishning bir necha shakllari mavjud:
Peshtoq yozuvi Shunday peshtoq yozuvi ni qo’llangki, odamlar sizning korxonangiz nomini, joylashishini, taklif qilayotgan tovarlarni bilishlari va eslab qolishlari kerak.
Yorqin bo’yoqlar, chiroyli shriftlarni qo’llang. Ikkinchi darajali ma’lumotlarni kiritmang, chunki ko’p axborot yodda qolmaydi.