Plakat, afisha va varaqalar
Plakat, afisha va varaqalarni iste’molchilarga maxsus takliflar, tushirilgan narxlar, yangi tovarlar va boshqalar haqida ma’lumot berish uchun qo’llang.
Tashrif qog’ozlari, preyskurantlar, maxsus xatlar
Tashrif qog’ozlarini siz, kompaniyangiz, korxona joylashishi, taklif qilinayotgan mahsulotlar haqida axborotlarni taqdim etish uchun qo’llang.
Sizning tovar, xizmatlaringizga qiziqqan shaxslarga takliflar bilan maxsus xatlar yozing.
Mijozlaringizdan preyskurant, tashrif qog’ozlarini, sizning mahsulotlaringizga qiziqqan boshqa shaxslarga, berishlarini iltimos qilishingiz mumkin.
O’zbekistonda amaldagi xarajat va sarflar haqidagi nizomga binoan, reklama uchun xarajatlar korxonaning foydasidan amalga oshiriladi. Televedeniya, ommaviy matbuot vositalaridagi reklama narxining yuqoriligi, kichik korxonalarga, o’z faoliyatlarida, bunday reklamadan foydalanish imkonini bermaydi. Reklama sizga qanchaga tushushishi mumkin, shuni doimo yodda tuting va hisobga oling: Reklamani tashkillashtirish jarayonida, iste’molchilaringiz siz va sizning tovar laringiz haqida nimalarni bilishni hohlashi haqida fikr yuriting. Odatda, iste’molchilar quyidagilarni bilishni istaydilar:
• Qanday tovar yoki xizmatni realizatsiya qilayapsiz?
• Sizning baho va shartlaringiz;
• Sizning mahsulotingizni qaerdan sotib olish mumkin?
• Nima uchun ular sizning mahsulotingizni sotib olishlari kerak, sizning korxonangiz va ishlab chiqarayotgan tovar yoki xizmatlaringiz raqobatchilaringizning tovar yoki xizmatlaridan qanday farq qiladi?
Ko’rinib turibdiki, reklama iste’molchilarni sizning tovarlaringiz haqida xabardor qiladi, ammo ularni sotib olishga unday olmaydi. Sotishni rag’batlantirish – xaridor siz ishlab chiqarayotgan mahsulot yoki xizmatni yanada faolroq sotib olishga yo’naltirilgan harakatlaringiz. Siz sotishni rag’batlantirishning ko’p sonli yo’llarini amalga oshirishingiz mumkin.
Sizga kerak bo’lib qolishi mumkin bo’lgan maslahatlar:
Xaridorlarga yangi tovarni baholash imkonini bering.
|
Xaridorlarga yangi tovarlarni sinab ko’rish imkonini bering. Balkim bu tovarlar ularga yoqib qolar va ular bu tovarni sotib olishni hohlab qolarlar.
|
Maxsus takliflar qiling
|
Oddiy tovarlarni, mavsumiy va yangi tovarlarni sotilishini orttirish uchun maxsus takliflar qiling. Qisman nuqsonlarga ega yoki eskirib qolgan, sekin sotilayotgan tovarlarga maxsus takliflar qilishingiz mumkin.
|
Namoyishlar uyushtiring
|
Texnik nuqtai nazardan murakkab tovarlarning ishlash printsipini sotib oluvchilarga namoyish qiling. U holda xaridor, ular qanday ishlayotganligini ko’radi va ularga qiziqib qolishi mumkin.
|
Tovarlarni kompleks
holda soting
|
Ko’proq tovar sotish uchun bir-biriga yaqin va mos tovarlarni yonma-yon joylashtiring. Masalan, daftar va ruchkalar, sovun va tish pastasi, fonarchalarni batareykalar bilan birga.
Xaridorlarga bu tovarlarni ham sotib olinishi
kerakligini eslating.
|
Biroq yodingizdan chiqarmang me’yordagi narsa yaxshi bo’ladi. Sotishni rag’batlantiruvchi ko’plab turli usullarini bir vaqtda qo’llamang. Xaridorda, tovarini sotib olishga majbur qilyapti, degan fikr kelib qolishi mumkin.
Sizning korxonangizda hamma narsa quyidagidek bo’lishiga harakat qiling:
• Yaxshi uyushgan;
• Toza va tartibli;
• Jalb etuvchi, jozibali masalan, tovarlar chiroyli va to’g’ri qo’yilgan vitrina.
Yoddan chiqarmang: tovarlarning tartibli, chiroyli qo’yilishi, xaridorni o’ziga jalb etadi, ularning yaxshi ko’rinishiga sabab bo’ladi. Bu tanlash va sotib olishni amalga oshishiga yordam beradi. Bir xil tovarlarni bir-biridan uzoq joylashtirmang. Bu xaridorlarga ularni izlab topishni yengillashtiradi. Masalan, yonma-yon barcha issiq ichimliklarni joylashtirish mumkin: choy, kofe, kakao va x.k.
“Og’izma-og’iz” usuli-odamlar sizning biznesingiz haqida qanday fikr yuritishmoqda
Sizning mahsulot, xizmatlaringizni bepul ilgari surish (ommaviy takdimot)ning sinalgan usuli mavjud. Bu korxona haqida yangi xaridorlarga ma’lumot uzatishning eng ko’p tarqalgan usuli. Bu usulning nomi “og’izdan - og’iz” deb ataladi. Siz xaqingizda, korxonangiz, realizatsiya qilinayotgan tovarlaringiz haqida odamlar bir-biriga aytib beradigan usul. Og’zaki ma’lumot bir odamdan boshqasiga tez uzatiladi. Korxonangiz haqidagi fikrlarning ijobiy ekanligiga va u sizning obro’yingiz ortishiga yordam berishiga ishonch hosil qiling.
Og’zaki ma’lumot sizning biznesingizda salbiy rolь ham o’ynashi mumkin. Yoddan chiqarmang salbiy ma’lumot ijobiyga qaraganda tez tarqaladi. Yana yaxshi obro’ni tiklash uchun sizga ko’p vaqt ketadi. SHuning uchun mijozlarning fikrini qadrlang, iste’molchilarning siz, sizning xodimlaringiz, tovar va xizmatlaringiz haqida yaxshi fikr bildirishlariga erishing.
Dostları ilə paylaş: |