Natura xotira ishini yengillashtiradi, negaki tasvirlash jarayoni idrok
bilan birlashadi, predmetning
shaklini, tuzilishini, rangini to‘g‘ri tushunib, yetkazib bera olishga yordam beradi. 4-5 yoshdagi maktabgacha
ta’lim bolalarining qobiliyatlaridan qat’iy nazar, maktab ta’lim oluvchisi yoki rassomning
natura bilan
ishlashiga nisbatan qaraganda, bolalarning tasvirlangan obyektni tahlil qilishlari, shu natura bilan
ishlashlarining o‘ziga xos farqi bor. Maktabgacha ta’lim yoshdagi bolalar uchun sodda shaklli, aniq chizmali
bo‘lishi kerak. Masalan: bolalar mashinani yon tomonidan, qo‘g‘irchoqni oldidan chizadilar va bunda hajmini
yetkazib berolmaydilar. Agar guruhda bolalar soni ko‘p bo‘lsa, barchasiga teng ko‘rinishi uchun 2-3
ta bir xil
predmet qo‘yiladi. Tarbiyachi naturani bolalar bilan birgalikda qismlarga ajratib ko‘rib chiqadi, bunda u tahlil
jarayonini osonlashtirib, o‘z so‘zlari, harakatlari bilan yo‘naltiradi. Bu jarayoni ma’lum bir idrok madaniyatini,
rivojlangan analitik fikr yuritishni talab qiladi. Bunday ko‘nikmalar bolalarda 5-6 yoshda rivojlana boshlaydi.
Bu yoshda bolalar tasvirlayotgan ishlarini naturaga nisbatan taqqoslashga urinadilar. Masalan: katta guruhda
naturadagi archa shoxlarini tasvirlayotganda, bolalar shoxni fazoda joylashtiradilar (vertikal yoki qiya holatda)
va shoxdagi
shoxchalarning sonini, o‘lchamlarini chap va o‘ng
tomondan, to‘q yoki och rang bilan
chizadilar. Natura sifatida tirik qushlar, hayvonlardan foydalanish mumkin emas. Ularning
harakatlari,
tovushlari bolalarni rasm chizishdan chalg‘itadi, bolalarning predmetni kerakli holatda idrok qilishlariga,
diqqatlarini bir nuqtaga qaratishga halaqit beradi.
Shunday qilib, o‘rgatish metodi sifatida naturadan
foydalanish tasvirlashning butun jarayonini o‘z ichiga
mujassamlashtiradi:
Predmetining Birlamchi Tahlili; Tasvirni
Naturaga Nisbatan taqqoslash;
natijaning shaklini,
holatini, rangini taqqoslash;
natijadagi rasm va
naturani taqqoslash yo‘li bilan baholash.
Dostları ilə paylaş: