Ko‘rgazmali metod va o‘rgatish usullari O’rgatish metodlari - pedagogikada qabul qilingan
ta’rifga ko‘ra qo‘yilgan masalani yechish uchun tanlangan yagona
yo‘l sifatida ta’riflanadi. U mashg‘ulotdagi bolaning va tarbiyachining
butun faoliyatini o‘rgatish usullari-ayrim yordamchi vosita bo‘lib,
mashg‘ulotdagi faoliyatning xususiyatini aniqlamaydi, u ta’limda tor
ma’nodagi ahamiyatga ega. Ayrim metodlar mashg‘ulot ishining
umumiy yo‘nalishini aniqlamay, balki usul sifatida namoyon bo‘ladi.
Masalan: mashg‘ulot boshida she’r (hikoya) o‘qish beriladigan
vazifaga bolalarning qiziqishini uyg‘otish uchun o‘qilsa, boshqa
mashg‘ulotlarda esa, she’r o‘qish tarbiyachi uchun xizmat qiladi, ya’ni mashg‘ulot boshini tashkil qilish uchun
qo‘llaniladi. Maktabgacha ta’lim muassasasida bolalarning mustaqil ishlari katta o‘rin egallaydi, faqat bu
mustaqil ishlarga bolalarning murakkab muammoli masalalarni yechishi kirmaydi, chunki bunday murakkab
masalalar uzoq vaqtni talab qiladi. Qolgan metodlar maktabgacha yoshdagi bolalar uchun murakkablik qiladi,
chunki ularning deyarli barchasi muammoli masalalarni yechish bilan bog‘liqdir. Maktabgacha ta’lim
muassasasi uchun o‘ziga xos bo‘lgan asosiy guruhni o‘yin usullari tashkil etadi va bu o‘yinlardan turli metodlar
ichida foydalanish mumkin.
Ko‘rgazmali metod va o‘rgatish usullari . Kuzatish metodi tasviriy faoliyatga o‘rgatish tizimining
umumiy asosini tashkil qiladi. Chunki, u atrof-muhitni o‘rganishda, bilish hamda uni aks ettirishda muhim
omil sifatida xizmat qiladi. Bolalarda qanchalik kuzatish, atrof-olam ko‘rinishi bilan aloqa o‘rnatish, umumiylik
va yakkalikni ajratish malakasi rivojlangan bo‘lsa, shuncha bolalar ijodiy qobiliyatining rivojlanishi bog‘liq
bo‘ladi. Lekin kuzatishning o‘zi ko‘rganni tasvirlab berishga to‘la imkon bermaydi. Bolalarni tasvirlashning
muhim usullariga, turli tasvirlash materiallaridan foydalanish yo‘llariga o‘rgatish zarur. Ko‘rgazmali metod va
o‘rgatish usullariga naturadan, rasm reproduksiyalaridan, namunadan, boshqa ko‘rgazmali qo‘llanmalardan
foydalanish, alohida predmetlarni ko‘rib chiqish, tarbiyachi tomonidan tasvirlash usullarini ko‘rsatib berish,
bolalarning bajargan ishlarini mashg‘ulot yakunida ko‘rsatish, ularni baholash kiradi.