Reja: Og'zaki metod va o'rgatish usullari


Mashg'ulot davomida tarbiyachining ko'rsatmalari va tushunchalari



Yüklə 0,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/16
tarix20.11.2023
ölçüsü0,92 Mb.
#164732
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
1404462608 53524

Mashg'ulot davomida tarbiyachining ko'rsatmalari va tushunchalari
Tarbiyachining ko'rsatmalari barcha ko'rgazmali usullarni o'z ichiga oladi 
hamda o'zi mustaqil o'rgatish usuli sifatida xizmat qiladi. Bu bolalarning yoshi va 
topishmoqlariga bog'liqdir. Kichik yoshdagi bog'cha bolalari uchun og'zaki 
ko'rsatmalar kamdan-kam beriladi. Uolalarning tasviriy malakalari yetarli 


bo'lmay, 
sezgi 
analizatorining 
ishtirokisiz 
tarbiyachining 
ko'rsatmasini 
tushunmay-dilar (ko'rish, cshitish, qo'l, ta'm bilish sezgilari). Agarda bolalar 
mustahkam ko'nikmaga ega bo'lsalar, tarbiyachi ko'rgazmani ko'rsatmasiz 
tushuntirishi mumkin. 5-6 yoshli bolalar uchun bir so'zning o'zi xotiradagi chizish 
usuli haqidagi tasavvurni eslashga yordam beradi. Tarbiyachining ko'rsatmalari 
butun guruh bolalariga va alohida bolalarga qaratilgan bo'lishi mumkin. Butun 
guruh uchun beriladigan ko'rsatmalar mashg'ulotning boshida beriladi. Ular qisqa, 
lo'nda, tushunarli bo'lishi kerak. O'rta va katta guruhlarda tarbiyachi bolalar 
topshiriqlarini qanday o'zlashtirganliklarini bilish uchun biror boladan 
topshiriqning ketma-ketligini va qaysi usullardan foydalanib bajarish kerakligini 
so'raydi. Bunday qayta so'rash yaxshi tushunishlariga yordam beradi. 
Kichik guruhda tushuntirib, ko'rsatgandan so'ng, tarbiyachi yana ishni 
nimadan boshlash kerakligini qayta esga soladi. Katta guruhda esa bolalarga: 
nimani chizishini yoki yasashini, asosiysi nimadan iborat, predmetlarni qanday 
joylashtirish kerakligi haqida o'ylashni taklif qiladi. Bolalar ishga kirishgandan 
so'ng, tarbiyachi har bir bolaga ko'rsatmaberishga kirishmasdan, balki ishga 
kirisha olmayotgan bolalarga nima narsa tushunarli bo'lmaganini so'rashi lozim, 
bunday bolalarga qaytadan vazifa tushuntiriladi va ko'rsatma beriladi. Hamma 
bolalarga ham ko'rsatma berish zarur emas. Ko'rsatma ikkilanuvchan, uyatchan, 
o'ziga ishonmaydigan bolalarga kerakdir. Yuzaga keladigan qiyinchiliklarni 
tarbiyachi har doim ham oldindan aytib berishi kerak emas. Ba'zi bir bolalar o'zi 
mustaqil bajarishiga tarbiyachining ko'zi yetsa, u holda tarbiyachi ko'rsatma 
berishdan bosh tortishi ham mumkin emas. Asosiysi, tasviriy faoliyatda bola 
qiyinchilikka duch kelib, uni echishga yo'l topa olishi kerak. Ko'rsatma shakllari 
hamma bolalar uchun har xil bo'lishi kerak. Ayrim bolalarga maqtovli ton bilan 
ko'rsatma 
berilsa, 
o'ziga 
ishongan 
bolalarga 
esako'proqtalabqo'yiladi. 
Tarbiyachining ko'rsatmalari to'g'ridan-to'g'ri, buyruq shaklida bo'lishi kerak 
emas. U bolani o'ylashga, fikrlashga undashi kerak. Bola qilgan xatoni ko'rsatish 
bilan birga, tasvirning ma'nisi o'zgarayotganiga diqqatni qaratish lozim. Masalan, 
«Qizchaning ko'ylagi xuddi g'ijimga o'xshaydi» (yaxshi bo'yalmagan), «Daraxtlar 


yiqilib ketayotganga o'xshaydi» (yaxshi joylashtirilmagan), «Bu odam biram 
katta, shu bois uyga kira olmayapti». Shu bilan birga, xatoni qanday qilib 
to'g'rilash kerakligini aytib bermaslik lozim. Bolaning o'zi fikr yuritsin. Ko'rsatma 
yoqimli tovush bilan berilishi bolalarning qiziqishini orttiradi. Individual 
ko'rsatmalar boshqa bolalarning diqqatinijalb qilmasligi uchun pastroq tovush 
bilan beriladi. Mashg'ulot davomida qachon ko'rsatma beriladi? Qachonki, 
ko'pchilik bolalar xatoga yo'l qo'ysalar va tarbiyachi barcha bolalarning diqqatini 
o'ziga jalb qiladi va qaytadan tushuntiradi. Bunday mashg'ulot davomida 
beriladigan ko'rsatmalarni kamroq berish kerak, negaki u ijodiy faoliyatini 
buzadi. 

Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin